Talaba.uz | Rasmiy kanal |
8.78K subscribers
3.34K photos
1.24K videos
251 files
8.65K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
Download Telegram
⚡️ Keyingi yildan chet tili 1-blok bo'lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo'ladi

🏛 Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi eslatdi.

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

✉️ Abituriyentlarga tarqating.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat imtihonida abituriyent qachon imtihondan chetlatilishi mumkin?  

Milliy sertifikat test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga va auditoriyaga har qanday qo‘llanma, adabiyotlar, telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish qat’iyan man etiladi.

Test sinovini o‘tkazish jarayoniga turli xatti-harakatlar bilan salbiy ta’sir qilish: boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish, savollar kitobi varaqlarini yirtish, savollar kitobini boshqa talabgorlarga berish, test sinoviga ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng yozishda davom ettirish, boshqa talabgorga birorta buyum uzatish taqiqlanadi. Ushbu talablarga rioya qilmagan talabgor sinovdan dalolatma bilan chetlatiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

📆 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2024-yil 17-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqt (soat 08:30)dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahallada duv-duv gap

Aytishlaricha vazir o‘rinbosari “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanibdi

Hay mayli, murokobod etamiz 🙋‍♀️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlarga kirish imtihonida nechta savol tushadi?

Amaldagi tartibga ko'ra, abituriyentlarga 5 ta fandan jami 90 ta savol tushadi. Maksimal ball – 189 ball

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹Matematika x 10 ta;
♦️O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i berildi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun davlatimiz ramzlaridan biri bo'lgan bayrog'imizni qabul qilingan kuni. Ijtimoiy tarmoqlarda bayroq haqida bir qancha videoroliklar va maqolalar chop etildi.

Bular ichida eng ahmoqonasi, saviyasiz va fitna kelib chiqishaga sabab bo'ladigani esa shu kadr deb o'ylayman.

Ha biz uchun bayroq muhim, ha biz uchun millat muhim, ha biz uchun davlat muhim, ammo, lekin, biroq boshqa bir millatni ezg'ilash evaziga yuksaltirish bu pastkashlik.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Prezidentimiz 2025-yilni  “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi

El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.

Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'qishga kira olmagan abituriyentlarning shiori:

- Men maktabni bitirganda o'qish bilan kelishib olganman "ortiq bir-birimizni bezovta qilmaymiz" deb.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy gvardiya xodimi bo'lish uchun qayerda o'qish kerak?

👮‍♀️ Buning uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida o'qish mumkin. Institut kursanti bo'lish uchun bir qancha talablarga javob berish kerak.

1️⃣ Yoshlar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar o‘z xizmat o‘tash joyiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 1-apreligacha qabul qilinadi.

2️⃣ Keyin nomzodlarni dastlabki tanlash o'tkaziladi. Bu 2 bosqichda bo'ladi. 1-bosqichda hujjatlar o'rganiladi, suhbat, tibbiy ko'rik, 2-bosqichda individual-psixologik o‘rganish, jismoniy tayyorgarlikni ko'rish, takror tibbiy ko'rik bo'ladi.

3️⃣ Keyin yana bir bosqich bor. Bunda hujjatlar ko'riladi, nomzod bilan AKT savodxonligi bo'yicha suhbat, diktant o'tkaziladi.

4️⃣ Va nihoyat, test.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jurnalistika universitetida talabalar liftga chiqarilmayapti

"O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti binosi 9 qavat. Liftdan faqat professor-o‘qituvchilar va xodimlar foydalanishi mumkin.

Talabalarga esa zinadan foydalanib mashq qilish taklif qilinmoqda. Universitet ma’muriyati har qadamda "jonli burchak" va "kinoteatr" kabilarga mablag‘ sarflamasdan 4-5 ta tezkor lift o‘rnatish haqida o‘ylaganmi?

Shu o‘rinda ma’lumot: zinadan chiqib-tushish kardiologik mashq ekanligi to‘g‘ri. Lekin bu 1-5 qavatli zinalar uchun to‘g‘ri ma’lumot. Bundan balandga piyoda ko‘tarilib tushish hatto yosh organizmga ham ortiqcha va zararli yuk.

Aynan shu sababdan 5 qavatdan baland uylarga ham lift o‘rnatiladi va bu jahon miqyosida qabul qilingan standart. Jurnalistika universiteti ham hech bo‘lmasa shu tavsiyaga amal qilib 5-9 qavat uchun alohida lift qatnovini yo‘lga qo‘yishi kerak."

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
“Kamerani ko‘rib, bemorlarni tarqatib yuborishdi” – muxbirlar farg‘onalik tabib ko‘chasiga kiritilmadi

Farg‘onalik tabib Iqboljon Soliyev bilan suhbatlashish uchun borgan muxbirlar tabibning ko‘chasiga kiritilmagan. Muxbirlar bilan ko‘chada gaplashgan bemorlar tabibdan foyda ko‘rmaganini aytishgan. O‘zbekiston tabobat akademiyasi mutaxassisi tabibni Toshkentga chaqirib sinab ko‘rgani, u insult bemorni tuzata olmaganini ma’lum qilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💰 Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari:

🛡 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov-kontrakt muddatlari quyidagicha belgilandi:

📝 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini to'lash muddati barcha kurs talabalari uchun davlat komissiyasi tomonidan 2024-yil 1-dekabrgacha etib belgilangan;

🤔 Shuningdek: barcha kurs talabalari uchun to'lov miqdorining 50 foizini to'lash muddati 2025-yil 1-yanvar etib belgilanganini eslatib o'tamiz.

📝 Belgilangan muddatlarda to'lov-kontrakt mablag'larini o'z vaqtida amalga oshirmagan talabalar, Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt va undan tushgan mablag'larini taqsimlash tartibi to'g'risidagi 2431-sonli Nizomning 3-bob 27-bandiga binoan, o'qitish uchun belgilangan to'lov-kontrakt mablag'ini o'z vaqtida amalga oshirmaganli sababli talabalar safidan chetlatilishi haqida ma’lum qilamiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-396-son, 18.11.2024) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.

Avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, toʻqimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar tayyorlash Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

🗓 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab:

🔠energetika muhandisligi, sunʼiy intellekt, mexatronika va robototexnika kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash hajmi oshiriladi;
🔠talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichi va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
🔠talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi;
🔠bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlarda darslarni xorijiy tillarda oʻtkazish belgilandi.

Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Institutda davom ettiradi.

Bitiruvchi kurs talabalariga 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab Institut diplomi beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Vaqt"ni "Naqd"ga aylantiring

Iloji bormi, deysizmi?! Ha, bor...

Buning uchum avvalo, vaqtingizga qiymat bering. Agar biror sohaning zo'r mutahassisi bo'lsangiz, ana shunda vaqtingiz qiymatli bo'ladi.

E'tibor bersangiz, qurilishda loy tayyorlovchi va o'sha loy bilan devorga bezak beruvchi odamlarning topadigan puli bir necha barobarga farq qiladi. Kompyuterda matn teruvchi va dasturchi, samolyot va poyezd boshqaruvchisi, oddiy sartarosh va zamonaviy stilist...

Yuqorida nomi keltirilgan kasb egalari bir xil ishni, bir xil vaqtda qilsa-da, daromadlarida juda katta farq bor.

Tushunyapsizmi?!

Biror sohada kam yoki ko'p pul topishingiz qilayotgan ishingiz hajmiga doim ham bog'liq emas. Ishga yondashuv va mahoratingiz darajasi muhim omil hisoblanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.iss.one/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM