Тошкент вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси
10.1K subscribers
11.7K photos
1.48K videos
10 files
4.54K links
Тошкент вилояти Ҳокимлиги Соғлиқни сақлаш бошқармаси расмий телеграм канали — t.iss.one/tvhssb
Официальный телеграм канал.
Вилоят Соғлиқни сақлаш бошқармаси Жамоатчилик билан алоқалар хизмати томонидан юритилади.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiy_ko'rik

📍Toshkent viloyati Angren shahrida bo'lib o'tgan tibbiy ko'rikda yurak qon-tomir kasalliklari bilan og'rigan bemorlar ko'rikdan o'tkazildi.

🫀 Zamonaviy ko‘chma kardiojarrohlik majmuasida turli xil yurak qon-tomir kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni tekshiruvdan o'tkazildi.

📹 Angren shahridan tayyorlagan yuqoridagi videolavhada shu haqda so‘z yuritiladi.

Telegram | Facebook
#TIbbiy_ko‘rik

⚡️Bugun Quyi Chirchiq tumani Ko‘ksaroy, Beshkent MFY hududlari aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

📍Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassislari tomonidan, Quyi Chirchiq tuman Tibbiyot birlashmasi bilan birgalikda, tumandagi Ko‘ksaroy, Beshkent MFYlarida 200 dan ortiq fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

📍Tibbiy ko‘rik davomida imkoniyati cheklangan bemorlarga shifokorlar tomonidan uylariga borib tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

Telegram | Facebook
#tibbiy_ko’rik

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Toshkent viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida o’tkazilayotgan tibbiy ko’rik tadbirlari davom etmoqda.

Bugun viloyatning yigirmadan ziyod tor doiradagi shifokorlari tomonidan tumandagi “Sanam”, “Telov”, “Ovjazsoy” MFYlari aholisi tibbiy ko’rikdan o’tkazilmoqda.

Shuningdek, tibbiy ko’rik jarayonida soha mutaxassislari davolanish zarurati bo’lgan  fuqarolarga tegishli tibbiy maslahatlar berib, sog'lom turmush tarzini yaxshilash xususida targ'ibot ishlarini olib bordilar.

Telegram | Facebook
#tibbiy_ko’rik

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Toshkent viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida tibbiy ko‘rik tashkil etilib, tuman aholisi bepul  ko’rikdan o’tkazilmoqda.

Ayni paytda tumanning “Uvak” va “Alisher” MFY larida tibbiy ko’rik jarayonlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiy_ko`rik

Hududlarda "Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida
tibbiy ko`riklar tashkil etilmoqda

Qibray tumanidagi "Beruniy" mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirildi.

Mazkur loyihasi doirasida mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Tibbiy ko‘rik jarayoniga 107 nafar mahalla aholisi jalb etildi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha 94 nafar aholiga  25 turdagi dori-darmonlar tarqatildi. 27 nafar bemor fuqaroga tuman va viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim qilindi.

Tibbiy ko‘rik doirasida mahalla ahlining tibbiy-ijtimoiy muammolari muhokama qilindi. Shifokorlar tomonidan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, fuqarolarning tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik-targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazildi.

Telegram | Facebook