TUPROQSIFATTAHLIL DUK
804 subscribers
10.7K photos
1.7K videos
103 files
8.34K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
11-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 12-17° iliq

🌝 Kunduzi 26-31° iliq bo‘ladi. 

🔴 O‘rta magnit bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi
: 5:51

🪐Quyosh botishi:
19:02


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
AGROTAVSIYA

Qulupnayning yer ustki poyasi nega kesiladi?


Qulupnay hosildorligini uzoq muddat saqlash va oshirish uchun uning yer ustki qismini muntazam ravishda kesish muhim agrotexnik tadbirdir. Bu o‘simlikning tabiiy yangilanishiga yordam berib, meva berish muddatini uzaytiradi.

 Vaqt o‘tishi bilan qulupnayning eski barg va poyalari zaiflashib, yangi meva berish qobiliyatiga salbiy ta‘sir qiladi. Barglarning qalinlashishi va eski poyalarning to‘planishi o‘sish jarayonini sustlashtirib, tuproqdagi namlik va oziq moddalarning samarali taqsimlanishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada, o‘simlik zaiflashib, hosildorligi pasayadi. Yer ustki qismini kesish o‘simlikning resurslarini yangi barg, poya va ildiz tizimini rivojlantirishga yo‘naltiradi.
Eski barglarni olib tashlash zararkunanda va kasalliklar tarqalishining oldini oladi.

Kesishdan so‘ng, sug‘orish va o‘g‘itlash tizimli amalga oshirilsa, o‘simlik tezda tiklanib, yangi kurtaklar hosil qila boshlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |
KUN HIKMATI

Oson qo‘lga kiritilgan baxt uzoq davom etmaydi.

 Gabriel Garsia Markes


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Limonchilik sohasi qo‘llab-quvvatlanadi


“Respublikada limonchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (198-son, 02.04.2025 y.)
qabul qilindi

🔰Qarorga ko‘ra
, quyidagilar belgilandi:

🔸limon yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarda aholi xonadonlarida va ijaraga berilgan yer maydonlarida ixcham issiqxonalar qurib berish hamda 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish;

🔸xorijiy davlatlardan limon mevasidan murabbo, jem va limonad ishlab chiqarish uskunalarini olib kelish, o‘rnatish hamda tadbirkorlarga lizing asosida berishni yo‘lga qo‘yish;

Shuningdek, Norin, Shahrisabz, Uchko‘prik va Denov tumanlaridagi 1 tadan mahallani ilmiy asoslangan yondashuv asosida limon ko‘chatlari yetishtirishga ixtisoslashtirish hamda ushbu tumanlarda 1 mln dona sifatli limon ko‘chati yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.
1👍1
Forwarded from TUPROQSIFATTAHLIL DUK
Bizda tuproq tahlilini o‘tkazishning asosiy afzalliklari

“Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tuproq tahlillari xizmatlari o‘tkazilishining quyidagi afzalliklari mavjud:

1. Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga bo‘lgan umumiy talablar 17025 standarti talablari asosida ish olib borish;

2. Tahlillarning yuqori aniqlikda bajarilishini ta’minlash maqsadida doimiy 17043 standarti asosida xalqaro va milliy laboratoriyalararo solishtiruvlar o‘tkazilishi;

3. Tuproqni sifatli tahlil qilish uchun barcha zamonaviy jihozlar mavjudligi;

4. GOST va ISO talablarini qat’iy hisobga olgan holda tahlillarni olib borish;

5. 17034 standart namunalaridan foydalanish;

6. Tajribali va malakali mutaxassislar;

7. Tahlil natijalari qog‘oz, elektron va har qanday formatda taqdim etilishi;

8. Tahlil natijalari buyurtmachiga qulay tillarda berilishi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Odamlar orasida sho‘r yerga hech bir ekin ekib bo‘lmaydi, hosil olish amrimahol degan gaplar yuradi. Ammo har bir yer maydonining o‘ziga xos xususiyati borki, unga mehr berib, o‘simlik ekilsa, albatta, kutilgan natijani olish mumkin.

Sho‘r yerlarga qanday ekinlar ekish mumkinligi to‘g‘risida ushbu videolavhadan bilib olishingiz mumkin.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
14-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌨Havo biroz bulutli bo‘ladi,kechasi va ertalab ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.

🌬Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

🌙Harorat
kechasi 12-17° iliq

🌝 Kunduzi
24-29° iliq bo‘ladi. 

🔴 O‘rta magnit
bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi: 5:45

🪐Quyosh botishi: 19:05

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
🪱 Ekinlarga zarar yetkazuvchi zararkunanda lichinkalar

🔸 Karam lichinkasi (Cabbage Worm) – karam va boshqa bargli sabzavotlarning barglarini yeydi.

🔸 Makkajo‘xori lichinkasi (Corn Earworm) – makkajo‘xori boshoqlariga kirib, donlarini teshib buzadi.

🔸 Armiya lichinkasi (Armyworm) – piyoz, pomidor, beda, bug‘doy
kabi ko‘plab ekinlarni bargidan yeydi.

🔸 Barg yeb yashaydigan lichinka (Cabbage Looper) –
karam, ismaloq va boshqa bargli sabzavotlarni yeydi.

🔸 Kartoshka lichinkasi (Potato Tuber Worm) – kartoshkaning ildiz qismiga kirib, ichini buzadi va chirishga olib keladi.

🔸 Sitrus barg lichinkasi (Citrus Leaf Miner) – limon, apelsin kabi daraxtlarning barglari orasida yo‘l ochib, ularni quritadi.

🔸 Meva lichinkasi (Fruit Fly Larva) – meva ichiga kirib, uning chirishiga sabab bo‘ladi.

🔸 Avakado lichinkasi (Avocado Borer) – avakado mevasini teshib, ichini buzadi va sifatsiz qiladi.

🔸 Tikanli lichinka
(Buck Moth Caterpillar) – daraxt barglarini katta miqdorda yeydi, daraxtni zaiflashtiradi.
KUN HIKMATI

Bizning eng katta kamchiligimiz taslim bo‘lishdir. Muvaffaqiyatga erishishning eng aniq usuli—har doim yana bir bor urinib ko‘rish.


Tomas Edison




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Piyoz narxi nega qimmatlashdi?

O‘zbekistonda aprel oyining boshida ertapishar piyoz narxi keskin qimmatlashib ketdi. EastFruit narxlar 2024-yilning mos davriga nisbatan 10 barobargacha oshganini qayd etib, ekin maydonlarining qisqarib ketganligini sabab sifatida keltirdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, bu vaqtinchalik holat bo‘lib, 15-apreldan keyin narxlar barqarorlashadi.


Batafsilda o‘qing
👉



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
🥜 Yeryong‘oq eksporti hajmi 47,6 %ga oshgan

🤩 Milliy statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 2,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 956 tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 954 tonnaga yoki 47,6 %ga oshgan.

🌍 2025-yilning dastlabki 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

🇰🇿 Qozog‘iston – 984,8 tonna;

🇵🇰 Pokiston – 496,9 tonna;

🇦🇿 Ozarbayjon – 371,8 tonna;

🇨🇳 Xitoy – 268,1 tonna;

🇷🇺 Rossiya – 244,5 tonna;

🌎 Boshqa davlatlar – 589,9 tonna.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦗 O‘zbekistonda zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlariga deltaplan ham jalb etishini bilarmidingiz?


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
15-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol
g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi
12-17° iliq

🌝 Kunduzi 24-29° iliq bo‘ladi. 

🔴 Kuchsiz magnit bo‘roni
kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi:
5:43

🪐Quyosh botishi:
19:06

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
👍1
AGROTAVSIYA

🥒Ochiq maydonlarga bodring ekish

☑️ Yer tayyorlash.
Bodringni unumdor, gumus miqdori yuqori bo‘z va o‘tloqi bo‘z tuproqlarga ekish maqsadga muvofiq. Urug‘ ekiladigan maydonlar o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan yaxshilab tozalanadi. 1 sotixga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan go‘ng solinadi. Chirigan go‘ng bilan birgalikda mineral o‘g‘itlar solinadi. Tuproq 30–35 sm chuqurlikda chirigan go‘ng va mineral o‘g‘itlar bilan aralashtirilib yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalangach, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari olinadi.

☑️ Ekish muddati va sxemasi. Ertagi bodring janubiy mintaqalarda ochiq maydonlarda 1–10 aprelda, markaziy mintaqada joylashgan va vodiy 27 viloyatlarida 10–20 aprelda, shimoliy mintaqalarda 20–30 aprelda; o‘rtagi muddatda janubiy viloyatlarda 20 aprel–5-may, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 1–10-may, shimolda 1–15- may, kechki bodring janubda 10–20 iyulda, markaziy mintaqalarda 15–30 iyun ekiladi.

Parvarishlash, o‘g‘itlash batafsilda👉
KUN HIKMATI

Muvaffaqiyatni saʼy-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda, baloni tilda, halovatni esa sukutda ko‘rdim.


Najmiddin KUBRO



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Archa havoni tozalash uchun eng qulay bo‘lgan o‘simlikdir. Biroq archaning to‘satdan qurib qolishi nafaqat moddiy zararni, balki havoning tozalanishiga ham taʼsir qiladi.

Archalarni bevaqt va sababsiz qurib qolishini oldini olish uchun quyidagi videoni tavsiya etamiz.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
🌿 O‘simliklarda Kaltsiy va Azot o‘zaro ta’siri

🌱 Kaltsiy va azot almashinuvi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘simliklarda ozuqa moddalarining o‘zlashtirilishi, ildiz rivojlanishi va foydali mikroorganizmlar bilan hamkorlikni ta’minlaydi.

1️⃣ Kaltsiy nitratni ammiakka aylantiradigan birinchi ferment – nitrat reduktaza (nitrate reductase) faolligini kuchaytiradi. Bu azotni o‘zlashtirish uchun zarur bosqichdir.

🧪 Yon mahsulot sifatida hosil bo‘ladigan azot oksidi (NO) o‘simlik o‘sishi va oziqlanishini boshqaruvchi signal modda sifatida xizmat qiladi.

2️⃣ Glutamin sintetaza (glutamine synthetase) – ammiakni aminokislotalar tarkibiga kiritishda ishtirok etadi. Kaltsiy bu ferment faoliyatini kuchaytiradi va aminokislota sintezini rag‘batlantiradi.

3️⃣ NRT1.1 nitrat transseptori (NRT1.1 nitrate transceptor) kaltsiy orqali faollashadi.

4️⃣ Kaltsiy ildizdan ajraladigan moddalarni (root exudates) o‘zgartirib, foydali mikroorganizmlarning ildiz atrofida joylashishini osonlashtiradi.
2 oyda qancha paxta yog‘i ishlab chiqarilgan?

📊Milliy statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 13,6 ming tonna tozalanmagan paxta yog‘i ishlab chiqarildi.

📈Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha:


2023-yil – 7 568,3 tonna;

2024-yil – 6 363,6 tonna;

2025-yil – 13 628,9 tonna.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
👍1