TUPROQSIFATTAHLIL DUK
804 subscribers
10.7K photos
1.7K videos
103 files
8.33K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
AGROTEST

Bilimingizni biz bilan sinab ko‘ring. Savol: Suratdagi qaysi o‘simlik ekanligini bilasizmi? Uning vatani Yaponiya.
Anonymous Poll
9%
A) Jungar agoniti
23%
B) Belladonna
57%
C) Akebia -shokoladli uzum
11%
D)  Diffenbaxiya
1
TUPROQSIFATTAHLIL DUK pinned «AGROTEST

Bilimingizni biz bilan sinab ko‘ring. Savol: Suratdagi qaysi o‘simlik ekanligini bilasizmi? Uning vatani Yaponiya.
»
AGROTAVSIYA

Bog‘larni shamoldan himoya qilishda nimalarga eʼtibor qaratish kerak?

Adir cho‘qqilari, tepaliklar va daralarda bog‘larni shamoldan himoya qilish uchun yetarli choralar ko‘rilishi kerak. Shamol odatda aniq bir tomondan esadigan joylarda ihota bog‘ning shamol yo‘liga nisbatan qarshi tomoniga tiklanadi.
Shamol yo‘lini to‘suvchi daraxtlar yorug‘lik, suv va ozuqalar uchun bog‘ daraxtlari bilan raqobat qilmasligi kerak. Shamoldan himoya sifatida daraxt tanlashda ortiqcha parvarish talab qilmaydigan hamda bog‘ daraxtlari bilan quyosh nuri va tuproq namligi uchun kurashmaydigan yaxshi himoyaviy daraxt turlariga eʼtibor qaratish zarur. Yevropaning ko‘p qismlarida qandag‘och (Alnus) turkumidagi daraxtlardan shamol himoyasi sifati da foydalanish tol (Salix) va terak (Populus) turkumidagi daraxtlarga nisbatan afzal ko‘riladi.

Shamoldan himoya qatorini barpo qilishda sovuq havo chiqib ketishi uchun bo‘shliqlar (darchalar) qoldirish bog‘ hayoti uchun muhim ahamiyatga ega.
1
📊 O‘zbekistonga 2 oyda 8,5 mln AQSh dollarlik choy import qilingan



Milliy statistika qo‘mitasi
ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 8,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 5,8 ming tonna choy import qilingan.



O‘zbekistonga 2025-yilning 2 oyida eng ko‘p choy import qilgan davlatlar:




Xitoy — 4 720,5 tonna;



Eron — 360,3 tonna;



Keniya — 160,6 tonna;



Rossiya – 130,9 tonna;



Hindiston — 99 tonna;



BAA — 72,6 tonna.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
4-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌦Havo
biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

🌬Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

🌙Harorat kechasi
10-15° iliq

🌝 Kunduzi 25-30° iliq bo‘ladi. 

🟠O‘rtacha magnit bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi: 6:06

🪐Quyosh botishi: 18:52

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
AGROTAVSIYA

BODOM KO‘CHATI QANDAY YETISHTIRILADI?


Bodom urug‘idan ko‘paytiriladi, ammo urug‘idan ko‘paytirilgan bodomning nav sifati yaxshi saqlanmaydi, shuning uchun payvandlash yo‘li bilan madaniy navlarini yetishtirish lozim bo‘ladi.Bodomning madaniy navlarini yetishtirish uchun oddiy taxir bodom eng sifatli urug‘ (payvandtag) hisoblanadi”.Ayrim hollarda bo‘yi past (pakana), kurg‘oqchilikka nisbattan chidamli ko‘chatlar yetishtirishda payvandtag sifatida bodomning “Buxoro” va “Tikonli” turlaridan ham foydalaniladi. Taxir bodom urug‘lari sog‘lom, yirik daraxtlardan tayyorlanadi. Urug‘larni yerga kuzda yoki erta bahorda maʼlum chuqurlikda ekiladi. Bahorda ekish uchun urug‘ stratifikatsiya kilinadi. Ekish miqdori gektariga 300- 350 kg.
****
АГРОТАВСИЯ

БОДОМ КЎЧАТИ ҚАНДАЙ ЕТИШТИРИЛАДИ?


Бодом уруғидан кўпайтирилади, аммо уруғидан кўпайтирилган унинг нав сифати яхши сақланмайди, шунинг учун пайвандлаш йўли билан маданий навларини етиштириш лозим бўлади.Бодомнинг маданий навларини етиштириш учун...

Батафсил👉
1
KUN HIKMATI


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Aholi tomorqalari va yer maydonlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi

“Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (191-son, 28.03.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, “Online mahalla” platformasida dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqasidagi mavjud yer maydonlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar onlayn rejimda shakllantiriladi.

📃2025-yil 1-iyungacha aholi tomorqalarining yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi yakunlanib, ularning alohida hisobi yuritiladi.

☑️ 2025-yil 10-aprelgacha ekiladigan ekin turlari va mahsulotlarni yetishtirish reja grafigi tasdiqlanadi.

📌 2025-yil 20-aprelgacha aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida yetakchi tadbirkorlar yordamida yuqori daromadli, sifatli urug‘ va ko‘chatlarni tizimli yetkazib berish, ekish va har bir tomorqadan samarali foydalanish tashkil etiladi.
O‘limga sabab bo‘luvchi 10 ta zaharli o‘simlik

Baʼzi o‘simliklar ko‘rinishidan beozorgina bo‘lsa ham, aslida ularga tegishning o‘zi o‘lim xavfini chaqiradi. Mana ular:

Sambitgul — Ko‘pincha landshaft dizayni uchun ishlatiladigan chiroyli pushti gulli manzarali o‘simlik. Va ayni paytda — dunyodagi eng zaharli o‘simliklardan biri. Sambitgul sharbati kuchli qayd, ichburug‘, markaziy asab tizimi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Oxiri yurakning urishdan to‘xtaydi.


*****
Ўлимга сабаб бўлувчи 10 та заҳарли ўсимлик

Баъзи ўсимликлар кўринишидан беозоргина бўлса ҳам, аслида уларга тегишнинг ўзи ўлим хавфини чақиради. National Geographic мана шундай ўсимликлар ҳақида хабар берди.

Самбитгул — Кўпинча ландшафт дизайни учун ишлатиладиган чиройли пушти гулли манзарали ўсимлик. Ва айни пайтда — дунёдаги энг заҳарли ўсимликлардан бири. Самбитгул шарбати кучли қайд, ичбуруғ, марказий асаб тизими билан боғлиқ муаммоларни келтириб чиқаради. Охири юракнинг уришдан тўхтайди.

Батафсил👉
TUPROQ SHO‘RLANISHIGA QARSHI ENG SAMARALI CHORALAR

Tuproqning sho‘rlanishiga qarshi kurashishning asosiy vositalari sizot suvlarining yer yuzasiga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaydigan agromeliorativ tadbirlarni qo‘llash va yerning o‘simlik ildizi joylashgan qatlamidagi tuzlarni pastga ketkazish maqsadida sho‘r yuvishdan iborat.

Kuchsiz sho‘rlangan yerlarda bir qator meliorativ tadbirlarni amalga oshirgandan so‘ng kartoshka o‘stirishga imkon beruvchi agrotexnologik tadbirlar:

1. Ekinlarning sho‘rga nisbatan chidamli navlarini tanlash.

2. Urug‘ni sho‘rlangan yerlarda o‘stirilgan ekinlardan tayyorlash.

3. Sho‘r ko‘tarilishgacha yetarli hosil olish (to‘plash) uchun iloji boricha erta muddatda nishlatilgan urug‘lik tuganaklarni ekish.

4. Mulchalash namning bug‘lanishiga, sho‘rning ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

5. Ekinlarni zich qilib ekishda tuproq yuza soyalanib, bug‘lanish kamayadi.

6. Qator oralarini yumshatish (kultivatsiya qilib turish) sho‘rning ko‘tarilishiga imkon
bermaydi.
5-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌦Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

🌬Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi
12-17° iliq

🌝 Kunduzi 23-28° iliq bo‘ladi. 

🟠O‘rtacha magnit bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi: 6:05

🪐Quyosh botishi:
18:53

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Qulupnay mavsumi boshlanmoqda: qaysinisini iste‘mol qilish yoki saqlash mumkin emas?

🍓Qulupnay tanlash va saqlashda muhim jihatlarga e‘tibor berish lozim. Avvalo, sifatli qulupnay quruq, butun, shikastlanmagan va iloji boricha yashil qalpoqchali bo‘ladi.

⚠️Qulupnay sotib olayotganda uning hidini tekshirish muhim. Yetilgan tabiiy qulupnay yoqimli va aniq seziladigan hidga ega bo‘ladi. Agar qulupnay hech qanday hidsiz bo‘lsa yoki kimyoviy moddalar hidi sezilsa, xarid qilish tavsiya etilmaydi.

Bundan tashqari, mevaning tashqi yuzasi haddan tashqari yaltiroq va sun‘iy namlantirilgan ko‘rinsa, bu uning nitratlar yoki boshqa zararli moddalar bilan yetishtirilganidan darak berishi mumkin.

 ⏲️Qulupnayni uzoq muddat saqlash tavsiya etilmaydi, chunki u juda nozik bo‘lib, tezda sifatsizlanadi. Agar uni muzlatgichda saqlash kerak bo‘lsa, qulupnay quritilib, keng idishda havo o‘tkazmaydigan sharoitda joylashtirilishi lozim.

Qulupnayni sotib olingan kunning o‘zida yoki bir necha soat ichida iste‘mol qilish lozim.
#Suyunchi_tarvuzpishdi🍉🍉

Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanida yangi tarvuz pishgani aytilmoqda 👍

Xirmonga baraka!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
7-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌦Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

🌬Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

🌙Harorat kechasi10-15° iliq

🌝 Kunduzi 25-30° iliq bo‘ladi. 

🟠O‘rtacha magnit bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi: 5:58

🪐Quyosh botishi:
18:57

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Bahorda organizmga qaysi mahsulotlar kerak?

Bahorda, yaʼni uyg‘onish davrida A, С, E kabi antioksidant vitaminlar inson tanasining doim yosh va go‘zal bo‘lishini ta'minlaydi.

С vitamini naʼmatak, bulg‘or qalampiri, karam, limon, ko‘katlar tarkibida bo‘lsa, A va E vitamini baliq, tuxum, sut va sut mahsulotlari, o‘simlik moylari, yong‘oqlar tarkibida mavjud. Bular taomnomaga qo‘shganda organizm darmondorilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplaydi, teri va soch, tirnoqlar sog‘lom bo‘ladi.

Shuningdek, temir mineraliga boy bo‘lgan go‘sht mahsulotlari, ismaloq, qovoq urug‘i, dukkakli mahsulotlar, rux elementiga boy bo‘lgan bug‘doy maysalari, don mahsulotlari, quritilgan mevalar, selen mineraliga boy baliq, tuxum, don mahsulotlari, urug‘lar, tvorog isteʼmoli foydalidir.

Bahordagi charchoq, tana vaznining ortishi, kayfiyatning tushkunligi, immun tizim faoliyatining susayishi yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadi. Dengiz mahsulotlari, karam, dukkakli mahsulotlar, qulupnay, yangi uzilgan kartoshka ushbu ehtiyojni qoplaydi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KUN HIKMATI

💁‍♂️ Siz harakat qilayapsizu, lekin o‘xshamayapdimi?!

⚡️Kutilmaganda joydan albatta, yordam keladi, ishoning!

🏃‍♂️Faqat siz qatʼiyatli bo‘ling va harakatdan to‘xtamang!

Ushbu videorolikni ko‘rib, bunga o‘zingiz amin bo‘lasiz.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda bog‘dorchilik fermerlari uchun davlat-xususiy sug‘urta dasturi ishga tushirildi

🟢Bugun Toshkentdagi “Panarams” mehmonxonasida agrosug‘urta mahsulotlarini joriy etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari hosil sug‘urtasini rivojlantirish va bozor xabardorligini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Loyiha BMTTD, IDF, Europa RE, Swiss Re va BMZ tomonidan InsuResilience Solutions Fund (ISF) ko‘magida amalga oshirilmoqda.

🗣Ushbu sug‘urta beshta hududda olti asosiy ekinni qamrab oladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mukofot summasining 50 foizini subsidiyalab, fermerlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi va iqlim o‘zgarishidan aziyat chekayotgan bog‘dorchilik xo‘jaliklari uchun qulaylik yaratadi.

🎞Batafsil ma'lumotni yuqoridagi videorolik orqali bilib olishingiz mumkin.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
TUPROQ SHO‘RLANISHIGA QARSHI SAMARALI CHORALAR

Sho‘rlanishga qarshi
kurashishdagi asosiy meliorativ usullarga qo‘shimcha, kuchsiz sho‘rlangan yerlarda bir qator meliorativ tadbirlarni amalga oshirgandan so‘ng kartoshka o‘stirishga imkon beruvchi agrotexnologik tadbirlar:

1. Ekinlarning sho‘rga nisbatan chidamli navlarini tanlash.

2. Urug‘ni sho‘rlangan yerlarda o‘stirilgan ekinlardan tayyorlash.

3. Sho‘r ko‘tarilishgacha yetarli hosil olish (to‘plash) uchun iloji boricha erta muddatda nishlatilgan urug‘lik tuganaklarni ekish.

4. Mulchalash g‘oyat samarali tadbir hisoblanib, namning bug‘lanishiga, sho‘rning ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

5. Ekinlarni zich qilib ekish. Bunda tuproq yuza soyalanib, bug‘lanish kamayadi.

6. Qator oralarini yumshatish (kultivatsiya qilib turish) sho‘rning ko‘tarilishiga imkon bermaydi.

7. Kam meʼyorda (400-500 m²/ga) tez-tez sug‘orish kabilarni o‘z ichiga
oladi.
8-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo
biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol
sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi
13-15° iliq

🌝 Kunduzi
26-28° iliq bo‘ladi. 

🔴 Kuchli magnit
bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi:
5:55

🪐Quyosh botishi:
18:59

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
🍒 Nega gilos ko‘p gullab, lekin kam hosil beradi?

🌿 Gilos daraxti bahorda gullab, go‘zal manzara yaratadi. Lekin baʼzida shuncha gul bo‘lsa-da, hosil deyarli ko‘rinmaydi. Bu holatning bir nechta sabablari bor.

  🌱 Ko‘pchilik gilos navlari o‘zini  o‘zi changalatmaydi. Agar atrofda changalanish uchun boshqa navlar bo‘lmasa yoki asalarilar kam bo‘lsa, gullar mevaga aylanmay qoladi.

🌱 Gullash davridagi sovuq, yoki meʼyoridan ortiq issiq havo, shamol yoki yomg‘ir changalanish jarayonini buzadi. Bu esa kam hosilga olib keladi.

🌱 Fosfor, kaliy, bor kabi moddalarning yetishmasligi meva to‘kilishini oshiradi. Azotning ortiqcha berilishi esa daraxtni faqat barg chiqarishga majbur qiladi.

🍒 Gilosdan yaxshi hosil olish uchun to‘g‘ri nav tanlash, payvandlangan ko‘chatlar ekish, changalanuvchi navlar yaqinida bo‘lishi va zarur agrotexnik choralar ko‘rilishi shart.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
KUN HIKMATI

Har bir bo‘ron hayotingizni buzish uchun kelmaydi, baʼzilari yo‘lingizni tozalash uchun keladi.


Paulo Koelo



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt