Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
402 subscribers
6.12K photos
405 videos
53 files
1.29K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Yangiliklar

⚡️Sun'iy intellekt buyuk bobokalonlarimiz - Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy obrazlarini yaratdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#yangiliklar

Prezident qarori bilan:

Usman Sharifxodjayev maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

Temurjon Komilov maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;

Dilshod Kenjayev maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;

Uzokboy Begimkulov maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;

Alisher Ubbiyev maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

🔹 Baxodirjon Onorboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;

🔹 Nodir Muslitdinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim vazirining o‘rinbosari lavozimidan;

🔹 Ibroxim Djurayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan xalq taʼlimi vazirining o‘rinbosari lavozimidan;

🔹 Voxobjon Rajapov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan xalq taʼlimi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar

11-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Hukumat farmoyishiga (91-F, 04.03.2023 y.) asosan Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023-yil 11-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Yangiliklar

YANGI NASHR

🖋 Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi ingliz tiliga tarjima qilindi
!

Tarjimon Feruzabonu Bekmurodova tomonidan tayyorlangan ushbu tarjima asarga bir yildan ortiq vaqt sarflangan va unga angliyalik yozuvchi va tarjimon Jonatan Champion taqriz bergan.

⚡️ Oʻylaymizki, bu kitob Oʻtkir Hoshimov ijodini xorijliklarga tanitish yoʻlidagi muhim qadam boʻladi.

🌐 Telegram | Facebook
👏3
#Yangiliklar

Mohir sarkarda va ijodkor, boburiylar sulolasi asoschisi, Amir Temur avlodi — Zahiriddin Muhammad Boburning xotiralarini sun’iy intellekt yordamida tasvirlaydigan “Boburnoma” loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

“Boburnoma” loyihasi tariximizda o'cmas iz qoldirgan Amir Temur, Alisher Navoiy, Bibxonim, Husayn Boyqoro kabi shaxslarning suratlarini yaratmoqda. Bu tarixni o'rganishda ham yangi yo'nalishlarni ochib beradi.

Zamon bilan hamnafas yashayotgan yoshlarga Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzodek buyuk ajdodimiz haqida ko‘proq eslatish va o‘rgatish uchun mana shunday zamonaviy usullardan keng foydalanish juda ham samarali bo‘ladi, nazarimizda.

♦️Albatta obuna bo’ling va do’stlaringizga ulashing:👇👇👇

https://t.iss.one/boburnama
👍5
#Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi

❗️Markaziy saylov komissiyasining 5-iyun kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi.
😢1
#Yangiliklar

Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 13 mln 625 mingdan ortiq (87,05%) ovoz olgan.

Qolgan nomzodlarning natijalari quyidagicha:

«Adolat» SDPdan nomzod Robaxon Mahmudova — 4,43 foiz;

XDPdan nomzod Ulug‘bek Inoyatov — 4,2 foiz;

Ekopartiyadan nomzod Abdushukur Hamzayev — 3,74 foiz.

MSK raisi rasman Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Saylovda davomat 79,8 foizni tashkil etgan.

🌐 Telegram | Facebook
👍9🤣51
#Yangiliklar
#melonfestival2023

XORAZMDA ANʼANAVIY QOVUN SAYLI RESPUBLIKA FESTIVALI YAKUNLANDI

🍈 13-avgust kuni Xiva shahrida Anʼanaviy Qovun Sayli Respublika Festivalining taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

💥 Barcha g‘oliblarni taqdirlash marosimidan so‘ng mehmonlar hamda tashrif buyuruvchilarga sahnalashtirilgan chiqishlar va Ozarbayjonlik sanatkorlar hamda O‘zbek estradasining yulduzlari tomonidan gala konsert dasturi namoyish qilindi, bayram salyuti otildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#yangiliklar

Maktablarda kuzgi ta'til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yilgi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, o‘quvchilar uchun ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:

• kuzgi ta’til – 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

• qishki ta’til – 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

• bahorgi ta’til – 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

• yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan) boshlab 1-sentabrgacha.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

🌐 Telegram | Facebook
#yangiliklar

Maktablarda kuzgi ta'til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilgi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, o‘quvchilar uchun ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:

• kuzgi ta’til – 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

• qishki ta’til – 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

• bahorgi ta’til – 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

• yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan) boshlab 1-sentabrgacha.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

🌐 Telegram | Facebook
#yangiliklar

Bu yil davlat OTMlariga qabul ertaroq boshlanadi

▪️Joriy yildan boshlab, abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtishi belgilab qoʻyildi.
👍1
#yangiliklar

O‘zbekistonda “N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti” federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasining filiali tashkil etiladi.

Bu haqda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi o‘rtasida memorandum imzolandi.

📌 Ma’lumot uchun: mazkur oliygoh QS xalqaro reytingida 319-o‘rinda, THE xalqaro reytingida esa TOP-500 talikda qayd etilgan.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Yangiliklar

🔺“Chilla iste’dodlar mavsumi”ga start berildi!

👥 Xorazmlik yoshlar diqqatiga!

16-31-IYUL KUNLARI Sizni yozning eng yorqin va iste’dodli “Chilla iste’dodlar mavsumi” madaniy tadbirida kutib olishdan mamnunmiz. Bu yerda san’at va madaniyat birlashib, unutilmas lahzalarni yaratadi.

Mazkur tadbir doirasida:
🟡Madaniyat-san’at;
🟡Modalar namoyishi, ko‘rgazmalari;
🟡Yozgi kinoteatr namoyishi;
🟡Oshpazlik mahorati yo‘nalishi;
🟡Tasviriy san’at;
🟡Yozgi chodirlar yarmarkasi tashkil qilinadi.

📍Manzil: Urganch shahar A.Temur istirohat bog‘i
🔻Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi


P/s: 16-31-iyul kunlari “Yoshlar markazi” binosida mazkur loyiha doirasida Xorazm estradasining yorqin yulduzlari ishtirokida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.


💻“Chilla iste’dodlar mavsumi”da yangi iste’dodlarni kashf eting va unutilmas tajribalardan bahramand bo'ling!

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiliklar

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan birgalikda Xiva shahridagi Ichan qalʼa majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga
tashrif buyurdilar.

🌐Telegram | Facebook
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar

O'zbekiston va Qirg'iziston Prezidentlarining samimiy muloqoti Xivada davom etdi

🌐Telegram | Facebook
#Yangiliklar

Yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi. O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanishi belgilangan.

“1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik kuni” 2024-yilda yakshanba — dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2024-yil 2-sentabrga ko‘chirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-son Farmoniga ko‘ra, 3-sentabr, seshanba ham ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

31-avgust, shanba ham olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.


Shunday qilib, 2024/2025-o‘quv yili 4-sentyabrdan boshlanadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiliklar

📣 Maktablarda III chorak darslari 13-yanvardan boshlanadi


Ota-onalar, o‘quvchilar va pedagoglarga qulaylik yaratish hamda o‘quv jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida qishki ta’til kunlari 2024-yil 29-dekabrdan boshlanib, 2025-yil 11-yanvarga qadar davom etadi.

Bunda maktablarda 2025-yil 11-yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024-yil 28-dekabr (shanba) kuniga o‘tkaziladi hamda o‘quv yilining 3-choragi 2025-yil 13-yanvar (dushanba)dan boshlanadi.
👍4
#yangiliklar

30-mart Ramazon hayiti bayrami kuni etib belgilandi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori tasdiqlandi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiliklar

⚡️Kirish imtihonlari boshlandi!
📹 Test sinovlarini jonli kuzating!

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida ko'ngillilar tomonidan @test2025uzbot ishlab chiqildi.

Bot orqali telegramdan chiqmasdan, hechqanday brauzerga kirmasdan test sinovlarini jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin!

Barchasi juda oson:
1⃣. Ro'yxatdan o'ting;
2⃣. Viloyatni belgilang;
3⃣. Test binosini tanlang.


📹 @test2025uzbot

🌐 Telegram | Facebook