Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
428 subscribers
6.17K photos
410 videos
53 files
1.31K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#onlayn_vebinar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan onlayn vebinar tashkil etildi

Unda Agentlik tizimidagi 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Onlayn vebinar bevosita ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, reytingi va akademik o‘zlashtirishi tizimli pasayib ketgan o‘quvchilar bilan individual ish olib borish, o‘quvchini maktabdan chetlatish tartibi va unga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda bob va chorak bo‘yicha summativ baholash tahlillari natijalari asosida o‘quvchilarning ta’lim olishdagi ehtiyojlarini belgilab olishga qaratildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2