Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
378 subscribers
5.19K photos
347 videos
52 files
1.1K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
Forwarded from Ta’lim xabarlari
Pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish vaqti belgilandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi.

Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/3787/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_baholash_tizimi
#Tuproqqala_IM
#Bajarilgan_ishlar

✔️Ma'lumki, "O‘zbekiston-2030"  strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturini keng yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimini qo‘shimcha 1000 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarida joriy qilish, fanlardagi amaliy mashg‘ulotlar ulushini 60%gacha oshirish belgilangan.

🔸Bu tizimni Xorazm viloyatida 87 ta maktabda joriy qilish amalga oshirila boshlandi. Tuproqqal'a tumanidagi 2 ta maktabga Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan 6 nafar mas'ullar biriktirildi. Ular tomonidan joriy o‘quv yilining boshidanoq tegishli maktablarda o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun o‘quv seminarlari tashkil qilindi.

▫️Seminarlarda yangi baholash tizimining mohiyati, afzalliklari, BSB va ChSB nazoratlarining o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

🛎Bizni kuzatishda davom eting.
      https://t.iss.one/T2022PIMA
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
“Raqamli avlod qizlari — 2024” respublika ko‘rik-tanlovining finali qizlarimiz raqamlar olamida ham naqadar kuchli ekanligini yana bir karra isbotladi.

Barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiraman. Ularning qat’iyati, professionallikka intilishi gender stereotiplarini yo‘qqa chiqaradi.

-

Финал республиканского конкурса «Девочки цифрового поколения — 2024» ещё раз доказал, как изящно справляются девушки с миром цифр.

Я благодарю всех участниц. Их уверенность и стремление стать профессионалами разрушает гендерные стереотипы.
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDAGI ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o‘quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o‘qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi nihoyasiga yetdi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilgan ushbu tadbir ishtirokchilari uchun ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar professor jalb etildi.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligining yopilish marosimida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har biringizda noyob isteʼdod, o‘ziga xos qobiliyat borki, ular dunyoni o‘zgartirib yuborishga qodir. Shunday ekan, erishgan yutuqlaringizda to‘xtab qolmay, faqat olg‘a qadam bosing, ijod qiling, boshqalarni ham ilhomlantiring!

Qatʼiyatingiz, azm-u qaroringiz uchun tashakkur aytaman!

-

Ваш труд и достижения в мире технологий не только вдохновляют, но и демонстрируют, что мир IT может быть местом для всех, независимо от пола.

Спасибо за ваше стремление и решимость!