Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
410 subscribers
6.35K photos
423 videos
53 files
1.37K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Cambridge_munosabati

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablariga kirish imtihonlarida Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti qatnashmasligi haqida turli xabarlar yuzasidan Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta’lim tashkilotining RASMIY MUNOSABATI:

🌐 https://www.cambridge.org/partnership/cambridge-helps-deliver-admissions-testing-for-presidential-schools-in-the-republic-of-uzbekistan

🗣Eslatib o‘tamiz, ushbu xabarning asossiz ekanligi haqida oldinroq Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta’lim tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi Steve King RASMIY MUNOSABAT bildirgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🤣1
Forwarded from Xushnudbek.uz
2️⃣ Prezident maktablari uchun testlarni tuzish, o‘tkazish, javoblarni tekshirish tartibi qanday?

Jarayonni qisqaroq tushuntirishga harakat qilaman:

1) Dastlab shartnoma tuziladi. Joriy yilgi mavsum uchun shartnoma 2023-yil 24-mart kuni tuzilgan;

2) Agentlik har yili Cambridge Assessment‘ga imtihonga kiradigan 4-sinflar o‘tgan barcha kerakli darsliklar hamda o‘quv dasturlarini yuboradi. Cambridge Assessment ular asosida savol tuzadi;

3) Savollar tayyor bo‘lgach, ichki yopiq kanal orqali savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bilimlarni baholash agentligi (sobiq DTM)ga yuboradi. Savollar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga berilmaydi;

4) BBA (DTM) savollarni yopiq rejimda chop etadi va maxsus feldyegerlik xizmati orqali imtihon kuni joylarga yetkazadi;

5) Imtihondan so‘ng, BBA javob varaqalarini skaner qilib, tekshirish uchun yana qayta Britaniyaga yuboradi. Chunki savollarning kaliti BBAga berilmaydi;

6) Cambridge Assessment barcha javob varaqalarini Britaniyada tekshirib chiqadi. Bunda testologiya qonun-qoidalariga qay darajada mos kelishini ham o‘zlari tekshiradi;

7) Test natijalari tahlili normal standartlarga mos kelgandan keyin, Cambridge Assessment o‘tkazilgan testlarni haqiqiy deb topadi va natijalarini o‘zining rasmiy saytiga joylaydi;

8) Prezident maktablari uchun 1-bosqich testini o‘tkazish uchun Britaniyadan vakillar qatnashmaydi, ammo ular onlayn nazorat qilib turadi. 2-bosqich uchun esa har bir hududga Cambridge Assessment‘ning 1 tadan vakili yetib keladi, o‘zi imtihon oladi, natijalarni ham o‘zi bilan yig‘ishtirib, yana qayta Britaniyaga olib ketadi;

Qisqacha tartibi shunaqa.

❗️Aytgancha, Cambridge Assessment bugun o‘zining rasmiy saytida Prezident maktablarining 1-bosqichida ham, 2-bosqichida ham ishtirok etayotganini tasdiqlab bayonot berdi. Xodimlari noto‘g‘ri javob qaytargani uchun uzr so‘radi va bu boshqa qaytarilmasligiga vaʼda berdi.


👉 @xushnudbek 👈
🤣1
#Seminar_trening
#2_kun

🔴 “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi Respublika o‘quv-seminari davom etmoqda.

📍 Bugun tadbir avvalida ishtirokchilar o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” o’yinining g’oliblari taqdirlandi.

✔️Shundan so’ng, boshqaruv xodimlarida ijobiy va samarali boshqaruv usullarini shakllantirish, faoliyat doirasida nizoli vaziyatlardan chiqish, strategiyalarni tanlash va xodimlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish yuzasidan amaliy trening boshlandi.

Shuningdek, o’quv seminari davomida spikerlar tomonidan quyidagi yo’nalishlarda ma’ruzalar bo’lib o’tdi:

✔️ Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan kompetensiyalar to‘g‘risida
✔️ Umumta’lim maktablarida diniy-ma’rifat va dunyoviy axloq asoslarini o‘qitish masalalari
✔️ “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni elektron platformaga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish.

❗️ Ishtirokchilar umumta’lim maktablarining yangi tahrirdagi “Odob-axloq qoidalari” muhokama qilib, o’z takliflarini bildirishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣1
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi

✔️ Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
✔️ Biologiya fani o‘qituvchisi
✔️ Matematika fani o‘qituvchisi

Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini C1 darajada bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🔹Ishga ma'suliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📌 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
@ToshkentPM_bot

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4🤣1
#Seminar_trening
#Zakovat

✔️ 20-22-iyul kunlari Toshkent shahrida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan "Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari bo'lib o'tdi.

⚡️Mazkur seminar hududiy boshqarma va bo‘lim rahbarlari uchun taassurotlarga boy bo‘ldi.

◾️Jumladan, ishtirokchilar o‘rtasida tashkil qilingan "Zakovat" intellektual bellashuvida Xorazm viloyati MMTB boshlig‘i o‘rinbosari S.Abdullayev sardorlik qilgan Xorazm jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va sovg‘alarga ega bo‘ldilar.

▪️Shuningdek, o‘quv-seminari jarayonlarida faol ishtiroki uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri tomonidan sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
👏2🤣21
📣 25-iyuldan 31-iyulga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi o‘quv muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori va mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida qabul va imtihon jarayonlari haqida ma’lumot berildi:

✔️ Qayd etilishicha, joriy yilning 25-26-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga, 28-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga, 30-iyul kuni Ijod maktablariga hamda 31-iyul kuni Prezident maktablari uchun 2-bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari katta sig‘imli 58 ta yopiq binoda o‘tkazilishi belgilangan.

📂 Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun 56 745 ta hujjat, Ijod maktablariga 4 684 ta, hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga 142 212 ta hujjat, Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga jami 18 831 ta hujjat qabul qilingan.

❗️Hozirda maktablarda imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimliklari, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🔥 100% lik davlat granti.

Xususiy universitetda to'liq davlat granti asosida o'qishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat. UMFT universitetida quyidagi ikki yo'nalish uchun jami 10 ta davlat granti ajratildi:

🟢Dasturiy injiniring (5 ta grant)
🟢Infokommunikatsiya (5 ta grant)

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

📩 Hujjat topshirish uchun ilova https://umft.uz/admit

☎️ Telefon +998555068888
📩 Murojaat uchun: @umft_support
🌐 Veb-sayt: umft.uz