Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
427 subscribers
6.17K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#eslatma

📣 Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas!

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida mo‘maygina daromad orttirayotgan tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda. Bunday yolg‘on xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga o‘quvchilar Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan testlar asosida shaffof tarzdagi imtihonlar orqali tanlab olinadi. Yuqorida ta’kidlangan tayyorlov kurslarida aniq qo‘llanmalar mavjud emas.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda. Bu kabi telegram kanallarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q.

📌 Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy kanallari orqali berib boriladi.

🔹 Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan shu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi;
Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari;

🔹 Imtihon bosqichlari.

Ona tili va adabiyot yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona-tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.

Xorijiy til yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona-tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
📣 📣 MAKTAB BITIRUVCHILARI DIQQATIGA!

⚡️
Sizlar uchun yana bir qulaylik yaratilganini maʼlum qilamiz.

📍 Endilikda Siz e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali o‘z shahodatnomangizni joriy yilning 20-iyun kunidan boshlab onlayn tarzda yuklab olishingiz mumkin!

❗️ Ma’lumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarning shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.

Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo'q
.

📍 Ma'lumot o'rnida, joriy o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarini 390 mingdan ortiq bitiruvchilar tamomlaydi.

Shu o'rinda eslatib o'tamiz, e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma ma'lumotlari kiritilgan:

✔️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari;
✔️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;
✔️ Yoshlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
✔️ Nodavlat ta'lim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.

❗️ Akademik litseylar va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining diplom ma'lumotlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining elektron tizimiga kiritiladi.

☎️ Qo'shimcha maʼlumotlar uchun (71) 203 07 04 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1
Summativ baholash tizimi bosqichma-bosqich barcha maktablarda amalga oshiriladi

To‘g‘ri tanlangan va adolatli baholash tizimi ta’lim sohasini isloh qilishning eng muhim omillardan biri hisoblanadi. O‘quvchining bilimini obyektiv baholash uni to‘g‘ri yo‘naltirishga zamin yaratadi.

❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar yangi mezonlarga asoslangan ushbu baholash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazilganidan xabaringiz bor.

Ushbu baholash tizimining amaldagi tizimdan farqi — baholash jarayonlarida inson omilining minimallashtirilganida.

⚡️ Summativ baholash tizimini ishlab chiqishda Agentlik tizimidagi mutaxassislar tomonidan Yevropa va Markaziy Osiyoning 30 dan ortiq davlatlari tajribasi o‘rganildi.

✔️ 2023-2024-o'quv yilidan boshlab respublikaning har bir tumanidan tanlab olingan maktablarda tajriba-sinov tariqasida yangi baholash tizimi joriy etiladi. Bunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablar tayanch maktab sifatida belgilangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
😢4
#Summativ_baholash

PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI ASOSIDAGI BAHOLASH TIZIMI UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA HAM JORIY ETILADI

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimi” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.

❗️ Unda 60 dan ortiq umumta’lim maktabidan 100 nafardan ortiq rahbar kadrlar ishtirok etishdi.

✔️ Trening doirasida ishtirokchilarga summativ-formativ baholash tizimi va uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi hamda interaktiv mashg’ulotlar tashkil etildi.

❗️Ma’lumot o’rnida, ushbu baholash tizimi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda tajriba-sinovdan o’tkazilgan bo’lib, yangi o’quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tarzda tanlab olingan umumta’lim maktablarida joriy etish ko’zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#bitiruvchi_2023

⚡️ Prezident maktablari bitiruvchilari uchun tashkil etilgan madaniy tadbirlar doirasida o‘quvchilar “G‘alaba bog‘i”da bo‘ldi.

Bitiruvchilar xalqimizning ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan beqiyos jasoratini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdi.

📌 Ma’lumot uchun, bugun agentlik tomonidan Prezident maktablarining 326 nafar bitiruvchilari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tadbir o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jonli_efir
#bitiruvchi_2023

Ayni damda 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv oqshomi boshlandi.

❗️Tadbirni ONLAYN tarzda quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin:

🎞 JONLI EFIR

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bitiruvchi_2023

❗️Agentligimiz tizimidagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv oqshomi bo’lib o‘tdi.

Ushbu kechada Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi va o‘quvchilarga katta hayot yo‘lida porloq parvozlar tilashdi. 

Tadbirda Prezident maktablarining bitiruvchilari sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Har bir maktab ozlari tomonidan tayyorlab kelgan badiiy chiqishlari tadbirga yigilganlar tomonidan davomli olqishlar bilan kutib olindi.

🗣Eslatib oʻtamiz, bu yil Prezident maktablarini 326 nafar oʻquvchi bitirmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM