Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
427 subscribers
6.17K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
Forwarded from Nodirbek Maxmudov
#BU_MUHIM

📝 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI HAQIDA MA'LUMOT BERAMIZ.

📊 Unga ko‘ra, kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1-Bosqich: SARALASH bosqich
2-Bosqichi: ASOSIY bosqich

🟠1-Bosqichda faqat Matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test savollari beriladi.

❗️1-Bosqich testida umuman INGLIZ TILI dan test savollari bo‘lmaydi

🔹Ushbu 30 ta test topshiriqlarini bajarish uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi.

🔹Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra, qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar (1-bosqichdan eng yuqori 480 ta bola) 2-bosqichda qatnashadi.
(Umumiy talabgorlar soni 4000 tadan ham ortiq bo‘lishi mumkin)

📌2-Bosqich ASOSIY bosqich imtihonlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 24 ta o‘quvchi PREZIDENT MAKTABI ga qabul qilinadi.

🟠2-Bosqichga o‘tgan talabgorlar uchun esa alohida maxsus test sinovlari o‘tkaziladi:

🔹TANQIDIY FIKRLASH - Axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha – 16 ta masala;

🔹MANTIQIY MASALALAR - Muammoni hal qilishdan – 24 ta masala;

🔹INGLIZ TILI - Grammar & Reading dan – 40 ta test.

2-Bosqich imtihonida o‘quvchilarga test topshiriqlarini bajarishlari uchun 2 soat 10 daqiqa vaqt ajratiladi.

🔹2-Bosqichda umumiy ballning 20% i INGLIZ TILI faniga, 80% i esa TANQIDIY FIKRLASH va MANTIQIY VA MUAMMOLI MASALALAR YECHISH bo‘yicha beriladi

🔹Shu bois nomzodlar INGLIZ TILI dan mukammal tayyorgarlikka ega bo‘lmay, TANQIDIY FIKRLASH va MANTIQIY MASALALAR YECHISH qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘lsa ham, PREZIDENT MAKTABLARI ga qabul qilinish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Yoki aksincha, INGLIZ TILI dan mukammal tayyorgarlikka ega bo‘lib, TANQIDIY FIKRLASH va MANTIQIY MASALALAR YECHISH bo‘yicha yetarlicha bilim darajaga ega bo‘lmasa PREZIDENT MAKTABLARI ga kirish imkoni deyarli yo‘q...

▶️ Imtihon savollari talabgorlarni xohishiga qarab: O‘zbek, Ingliz va Qoraqalpoq tillarida bòlib òtadi.


‼️Kirish imtihonlari 2-bosqichning natijalariga ko‘ra bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda, eng yuqori 24 talikka aynan Matematika (Tanqidiy fikrlash va Mantiqiy masalalar) bo‘yicha to‘plagan ballari asosida Prezident maktabiga qabul qilinadi.

⚠️Barcha ko‘rsatkichlar yana teng kelgan taqdirda talabgorlarning yoshi inobatga olinib, eng yoshi kichigidan boshlab tanlab olinadi.

🎯Shuning uchun ingliz tilini ham imkon qadar puxta o‘rgangan holda, bor e‘tiborni to‘liq MATEMATIKA: Tanqidiy fikrlash, Mantiqiy va Muammoli masalalar yechishga qaratish lozim.

🔰Ustoz: ISLOMJON IBRAGIMOV


      👉 @Online_Prmaktab 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Таъсирли_видео

Хитой мактабларида, ўқувчиларга уларнинг таълим олишлари учун шароит яратиб бераётган ота-оналари қандай шароитда ишлаб пул топаётганини кўрсатиб беришибди.

Оталарининг қилаётган ишларини кўриб, болалар чидаб туролмади😭
😢9👍1
# OCHIQ_DARS
# Tabiyatni_asrash_bizning_burchimiz

🦆🐦‍⬛️🦅🪼🐛
🔰🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-D sinf o'quvchilariga malakali biologiya fanlari o‘qituvchisi Rajabova Munisa tomonidan 🦚🦢🕊🦩 " Qushlarning rivojlanishi, ko'payishi va kelib chiqishi "
🐣🐥🦅🦤 mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o'tkazdi. Darsni yanada qiziqarli bo‘lishi uchun bir necha metodlardan foydalanildi.
🔴 Raqamli diktant
🟣Ochiq va yopiq test
🟢Vitamin metodi.


Mashg‘ulot o‘quvchilarga yangi bilimlar bilan birgalikda ko‘tarinki kayfiyat ham ulashdi.
👍10
#ochiq_dars
#Biologiya_olamiga_sayohat
🏫 Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi ochiq dars mashg‘uloti.

👩‍🔬Biologiya fani o‘qituvchisi Yeshmuratova Munojat tomonidan 8 Blue sinf o‘quvchilariga 🧿" Ko‘zning ko‘rish o‘tkirligi, ko‘rish maydoni " mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o'tkazdi. Mashg‘ulotda o‘quvchilarga yanada qiziqarli bo‘lishi uchun interfaol metodlardan foydalanildi. Jumladan:

1."Kerakli jixozni sotib ol " texnologiyasi.
2.Nilufar guli.
3. Moychechak metodidan foydalanildi.


🦋Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
👍8
#ingliz_tilidan_ochiq_dars

🔰Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 9-A sinf o‘quvchilari bilan ochiq dars o'tkazildi.

👨‍💻 Dars malakali, oliy toifali ingliz tili fani o‘qituvchisi Abdullayev Xurshid tomonidan o'tkazildi.

❇️
Mashg‘ulotda o‘quvchilar 3 ta jamoaga bo‘linib musobaqa tarzida o'tkazishdi. Topshiriqlarda faol qatnashgan 2 ta jamoaning a'zolari maxsimal 10 ball bilan baholandilar.
👍15🤣1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#biz_siz_bilan_faxrlanamiz!
🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9 Blue sinf o'quvchisi Ro'zibayev Jamshid matematika fanidan loyiha ishida kondisioner yaratdi.

O'quvchimizning o'qishlarida omad tilaymiz.

Ustozi: Oliy toifali matematika fani o'qituvchisi Xajixonova Kumush
👍15
Forwarded from Zaripov Qahramon Erkinovich
​​❗️Ota-onalarning taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 28-maydagi 131-sonli buyrugʻiga muvofiq ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishi mumkin emas.

Tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan har qanday bahsli vaziyatlar faqatgina maktab rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) hamda maktab psixologi bilan dars jarayoniga halaqit bermagan holatda hal etilishi lozim.

Taʼlim muassasasi hududida jamoa aʼzolarining ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan munosabatlari oʻzaro hurmat va hushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim, biror bir taraf tomonidan boshqasining shaxsiyatiga kamsituvchi hatti-harakatlarning sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tomonlar yuqoridagi talablarga rioya etmagan holatlarda vaziyatni barqarorlashtirish uchun mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish va hududiy ichki ishlar organlariga murojaat etishlari kerak.

❗️Eslatib oʻtamiz, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasiga koʻra taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish holatlari uchun:

👉fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

Agar xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:

👉 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining etti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

👇👇👇👇
https://t.iss.one/ustozlar_uchun
🤣1