Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
428 subscribers
6.17K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
Dunyoni yaxshilik qutqarishiga ishontiruvchi 3 ta surat

Atrofda boʻlayotgan baʼzi salbiy voqea-hodisalar umidsizlikka tushish uchun sabab boʻlolmaydi. Sizga taqdim qilinayotgan quyidagi fotosuratlar esa insoniyatga boʻlgan ishonchingizni tiklashga xizmat qilsa ajab emas.
😢10👍1
#Rasmiy_manbaa

Savol: Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o'quvchilar nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

Javob: Ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yo'nalishiga o'quvchilar 4-sinfni tugatib 5-sinfdan qabul qilinadi. Bunda o'quvchilarga matematika, ingliz tili va mantiqiy fikrlashga oid savollar beriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarning tabiiy fanlar yo'nalishiga o'quvchilar 6-sinfni tugatib 7-sinfdan qabul qilinadi. Bunda o'quvchilarga tabiiy fanlar, ingliz tili va mantiqiy fikrlashga oid savollar beriladi.
👍12
Odamlar nima deydi?

Tan olavering, ko'pchiligimizga shunday o'y doim hamroh bo'ladi. Biron ishni boshida turganda, kiyim tanlayotganda va boshqa mayda-chuydalarda...

🔹 Aslida bu "Odamlar men haqimda nima deb o'ylaydi" deb o'ylash tanamizdan katta energiyani chiqarib yuborar ekan.

🔸 Bilsangiz, ayollar hissiyotga boy bo'lgani uchun ham erkaklarga nisbatan energiyali bo'ladi. Biz esa shunday kuch-quvvatimizni shu kabi uncha muhim bo'lmagan narsalarni o'ylashga sarflab yuborar ekanmiz...

Unutmang, odamlar yaxshi bo'lsangiz ham, yomon bo'lsangiz ham nimalarnidir gapiradi. Shunday ekan, energiyangizni oilangizni yanada go'zal va farovon qilishga, ishingizni rivojlantirishga hamda atrofdagilarga yaxshilik ulashishga sarflang!
💯5👍3
#Ochiq_dars

25.04.2023-yil sanasida
🏢Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 7-A sinf o‘quvchilari bilan navbatdagi ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Dars o‘quvchilar 2 jamoaga bo‘lib musobaqa tarzida o'tkazildi. Natijada do‘stlik g‘alaba qozondi.
🏆Arximed jamoasi 🤝 Evrika jamoasi.
🔰Mavzu: Elastiklik kuchi. Guk qonuni.
👨‍💻 O‘qituvchi : oliy toifali fizika fani o‘qituvchisi Jabborov Vohidjon.
👏9👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o‘tolmagan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan ma’lumot berdi:

📑Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5 – 11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7 –11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi.

📈 Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.

📺 Kirish imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e’lon qilinadi.

👩🏻‍🏫 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

‼️Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

➡️ Boshqa qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi havolada batafsil tanishing
✍️✍️✍️✍️✍️

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidagi brifingda berilgan savollarga javoblar:

👉 00:18 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida qanaqa yoʻnalishlar tashkil etiladi va qaysi sinflarga necha nafar oʻquvchilar qabul qilinadi?

👉 00:48 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qachon va qanaqa hujjatlar topshiriladi?

👉 01:18 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshirish uchun oʻquvchining baholariga qanaqa talab qoʻyiladi?

👉 01:33 Oʻquvchi Respublikadagi xohlagan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshira oladimi?

👉 02:12 Kirish imtihonalarining natijalari qachon eʼlon qilinadi? 

👉 02:37 Qanday holatlarda hujjatlarni qabul qilish rad etiladi?

👉 03:10 Kirish imtihonlari takroran o‘tkaziladimi?

Agentlik axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bormi?

Yangilanayotgan Konstitutsiyada ta’lim olish huquqlarga oid 9 ta eng muhim yangiliklar belgilanmoqda

1. Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

2. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

3. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

4. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.

5. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

6. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

7. Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.

8. Oliy ta’lim tashkilotlari akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.

9. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🔰Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan.

🔰O’rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978 yilda bitirdi.

🔰Shoir 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillarda «O’zbekiston ovozi» gazetasida, O’zbekiston Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o‘qidi.

🔰1997 yildan boshlab O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari lavoshmida ishladi.  M. Yusuf O’zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998) hisoblanadi. Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan edi.

🔰 Xalq shoiri Muhammad Yusuf 2001-yil 30-iyulda dunyodan ko’z yumdi. Garchi u vafot etgan bo’lsada, lekin u odamlar yuragida mangu yashaydi, Muhammad Yusuf xalqning qalbida...
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_69_yilligi

26-aprel O‘zbek xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi 69 yilligi munosabati bilan Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida   ,,Ulug'imsan,Vatanim! ,,   mavzusida  adabiy -badiiy  kecha o'tkazildi.

Tadbirda maktabning 8-,,A,,  sinfning ,,Lolaqizg'aldoq,, va 8-,,B ,,sinfning ,,Vatanim ,,jamoalari o'rtasida shoir hayoti va ijodidan ,,Zakovat,, intellektual o'yini o'tkazildi.

Jamoalar shoir ijodiga doir ma'lumotlardan jami 10 raund  davomida 30ta  savolga javob berishdi.
Jamoalar o'rtasidagi qizg'in bilimlar bahsida ,,Lolaqizg'aldoq,, jamoasi faxrli 1-o'rinni egallashdi

Tadbir davomida o'quvchilar shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma‘lumotlar aytishdi,  shoir ijodidan she'rlar o‘qishdi.


Shoirning o'lmas satrlari o'quvchilar qalbidan chuqur joy oldi.
👍11
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Xorazm
#Bogʻot

📍Xorazm viloyatida yana bir Ixtisoslashtirilgan maktab foydalanishga topshirildi

🗓 Bugun, 26- aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📌Ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi Xorazm viloyati boshqarmasi, Tuman hokimligi, Tuman xalq deputatlari kengashi hamda faol jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

✔️Mehmonlar maktabda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar.

⚡️Ushbu maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, unda bugungi kunda 447 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

💡Ma'lumot uchun, ushbu maktablar 106-sonli Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🥰5👍1