Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
419 subscribers
6.29K photos
416 videos
53 files
1.35K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi ayni vaqtda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib turishibdi.

❗️Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida vazirlik delegatsiyasi BAA Milliy maktabi hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bilan tanishdi.

Unda BAA Milliy maktablari bilan xorijiy tillarni o‘rgatish hamda kasbga yo‘naltirish borasidagi kelgusidagi hamkorlik ishlari muhokama qilindi.

📍Shuningdek, delegatsiya vakillari uchun Milliy maktab hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

Mazkur markaz o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish kasb tanlashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍2
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Diqqat, Telegramda virus tarqaldi!

Iloji bo’lsa, bu xabarni ko’pchilikka yetkazing.

Telegramda shu kunlarda yangicha firibgarlik xabarlari tarqaldi. Sxema juda oddiy:

Sizga biror tanishingizdan qisqa xabar keladi. Mazmuni turlicha, masalan:

So’rovnomada qatnashayotgandim, sizning yordamingiz kerak;

Mahalladan pul beryapti ekan, o’zim oldim;

Men falon raqamdaman, menga ovoz bering va h.k.


Siz bunga ishonib, xabar tagidagi tugmani bosasiz. Ovoz berishingiz uchun profilga kirishingizni so’raydi. Raqamingizni yozasiz, keyin kelgan SMS-kodni ham kiritasiz. Shu bilan tamom! Telegram profilingizga begonalar buzib kiradi. Va maxsus botlar hamma do’stlaringizga sizning nomingizdan xabar yuboradi. Sizni bundan xabaringiz ham bo’lmaydi.

Tekin pul olaman degan xomxayol ortidan plastik karta raqamingizni kiritsangiz, unda hamma pullaringizni yechib olishadi.

‼️Qayta va yana qayta ta’kidlaymiz:

duch kelgan xabarga ishonavermang, shubhali linklarni ochib ko’rmang, tekin pul desa yugurib ketavermang, telefon raqamingizni har qayoqda yozib qoldirmang, SMS-kodni hammaga aytavermang yoki shubhali joylarga kiritmang, o’zingizni ehtiyot qilishga o’rganing, sodda bo’lmang.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2💩1
☀️Assalomu alaykum!
2023 yil 15-mart kuni
Tuproqqal'a tuman 20-son maktabida tuman  maktablari "Vatan tayanchi" otryadlari o‘rtasida
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri kubogi uchun "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining "Xorazmiylar"  jamoasi g‘oliblikka erishdi(otryad rahbari rezervdagi podpolkovnik
X. Eshchonov),

7-son maktab 2-o‘rinni (otryad rahbari iste'fodagi katta serjant S.Matyaqubov), 20-son maktab 3~o‘rinni(direktor o‘rinbosari O.Toxirov) egalladi.

Tadbirda
tuman MMTB amaliy fanlar metodisti
A. Rajabov,
9203-h/q komandirining o‘rinbosari serjant
S. O‘razmetov, tuman MIBB o‘rinbosari QK x-si B.Allanazarov, Ixtisoslashtirilgan maktab direktori o‘rinbosari
M.Kenjayev, "Vatanparvar" tashkiloti tuman bo‘limi xodimi
A. Raxmonovlar ishtirok etishdi.
👍10🖕3🔥1👌1🤡1🏆1🫡1