#Seminar_trening
#Zamonaviy_maktab_liderlar_nigohida
#3_kun
SEMINAR-TRENINGLAR DAVOM ETMOQDA
♦️ Ayni paytda Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Tuproqqal'a tumani umumiy o'rta ta'lim maktablari direktorlari uchun seminar-treninglar o'tkazilmoqda.

February 9, 2023
#ochiq_dars_mashg'uloti
Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktab 8-"A" sinf o'quvchilari bilan Adabiyot fanidan "Ufq" romanida obrazlar tahlili mavzusidagi ochiq darsdan lavhalar.

February 10, 2023
Forwarded from Tuproqqal'a ma'naviyati
Бир ҳаким зот айтади:
Ҳар қандай нарса кичик бўлиб бошланиб, сўнг вақт ўтиши билан катталашиб боради. Лекин мусибат ундай эмас. У бошида катта бўлиб, сўнгра кичрайиб кетади.
Исталган нарса борки, кўпайгани сайин нархи тушиб кетаверади. Лекин одоб бундан мустасно. У қанча кўпайса, шунча нархи ошади.

February 11, 2023
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Ijod_maktablari
VAZIR IJOD MAKTABINING YANGI BINOSI BILAN TANISHDI
✅ Jizzax shahrida joylashgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashrif buyurdi.
Tashrif davomida:
🔹 Maktab bitiruvchilarining xorijiy tillarni o'rganganlik darajasi,
🔹 ijod maktabining viloyat fan olimpiadasidagi ishtiroki,
🔹 kasbga yo'naltirilgan to'garaklar faoliyati,
🔹 3 nafar ijodkor o'quvchining ilk she'riy kitoblari taqdimotlari bilan tanishdi.
Shundan so'ng vazir maktabning ta'mirlangan binosi bilan yaqindan tanishib, o'z taklif va tavsiyalarini bildirib o'tdi.
❗️Ma'lumot o'rnida, mazkur maktabda 186 o'ringa ega yotoqxona, oshxona, kutubxona, sport zali - markazlashgan yangi o'quv binosi foydalanishga topshirilgan.
✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Forwarded from XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
📆 11-FEVRAL – ILM-FAN SOHASIDAGI XOTIN-QIZLAR XALQARO KUNI
“Xotin-qizlarga – ilm-fan, ilm-fanga esa xotin-qizlar kerak”
💠 YUNESKO Bosh direktori Odre Azule 11 fevral – Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni munosabati bilan yo'llagan murojaatnomasida ushbu g'oyani yana bir bor qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.
✔️ Uning qayd etishicha, “bilimlar va iste'dodlarning barcha manbalaridan birdek foydalana olsak, o'shandagina ilm-fanning salohiyatini to'la namoyon etishga va yangi davr oldimizga qo'ygan muhim maqsadlarga erishishga tom ma'noda musharraf bo'lamiz”.
🌐 Telegram | Facebook

Forwarded from IMA Hazorasp
Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.
Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?
✅Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
✅Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
✅Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik, ota-onalar, o'qituvchilar va barcha manfaatli tomonlar bilan kommunikatsiya o‘rnatish.
“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.
Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.
Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.
Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!

February 12, 2023