Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
414 subscribers
6.16K photos
409 videos
53 files
1.3K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#shaxmat_toʻgaragi_oʻquvchilarining_yutuqlari

🔰27-dekabr 2024-yil sanasida Tuproqqalʼa tumanida sportning shaxmat turi boʻyicha "Hokim kubogi" 🏆 musobaqasi oʻtkazildi.

Unda Tuproqqalʼa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining shaxmat toʻgaragiga aʼzo oʻquvchilar ham faol qatnashishdi, hamda faxrli 🥇🥈🥉 oʻrinlarni qoʻlga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etish uchun  yoʻllanmaga ega boʻldi.

🏵 Oʻquvchilar bilan tanishing:

🥇oʻrin 11-B sinf oʻquvchisi Arkayev Mansurbek.
🥈 oʻrin 5-A sinf oʻquvchisi Tursunboyev Axrorbek.
🥉 oʻrin 6-A sinf oʻquvchisi Rustamov Abdulloh.

Shaxmat toʻgaragi murabbiysi : Rahmonov Alisher.

👍3🎉1
#Yangi_yil_tadbiri

☃️Tuproqqalʼa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁

Yana bir yilni shirin xotiralar va bir olam yutuqlar bilan ortda qoldirib yangi 2025-yil ham eshik qoqmoqda.


🎄Shu munosabat bilan Tuproqqalʼa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi yil" bayramiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

🎄 Tadbirda maktabning 5-6 sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan kuy va qoʻshiqlar, bayramona raqlar barchaga pozitiv kayfiyat bagʻishladi.

🎄 Yangi yilni yangi kuch-gʻayrat va oʻzgacha shijoat bilan kutib olish maqsadida oʻtkazilgan tadbirda maktab direktori L.Matyaqubova soʻzga chiqib barchani bayram bilan tabrikladi.

❄️☃️YANGI YILINGIZ MUBORAK BO‘LSIN⛄️❄️

🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄
12👏3👍1
#bugun

28-dekabr – O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavallud topgan kun

🎖O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 1936-yil Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Toshqo‘rg‘on ko‘chasida tavallud topgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan.

Uning o‘ttizdan ortiq nazmiy asarlari chop etilgan. Shuningdek, Gyotening «Faust» asarini, Sergey Yeseninning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, alohida kitob holida nashrdan chiqqan.

Erkin Vohidov dramaturg sifatida «Istanbul fojiasi», «Oltin devor» asarlari muallifi hisoblanadi. Shoir 2016-yil 30-may kuni 80 yoshida vafot etgan.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Prezidentimiz Yangi Toshkent shahrida ilk inshootlar qurilishini borib koʻrdi.

Shaharda Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda “Yangi Oʻzbekiston” universiteti uchun zamonaviy majmualar ham bunyod etilmoqda. Prezidentimiz ularning qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi.

Hozirgi kunda Toshkent davlat pedagogika universitetining yettita fakulteti tarqoq joylashgan. Binolarning aksariyati eskirgan.

Shu bois universitet uchun qirq gektarlik maydonda 20 ming talabaga moʻljallangan oʻquv binolari quriladi. Shuningdek, 5 ming oʻrinli yotoqxona, 300 oʻrinli bogʻcha, 616 oʻrinli maktab, 588 oʻrinli akademik litsey, sport va madaniyat saroylari, amfiteatr va boshqa inshootlarni oʻz ichiga oladi. Bir soʻz bilan aytganda, yuqori reytingli xorijiy oliygohlar tajribasi asosida “bogʻcha – maktab – universitet” yaxlitligidagi innovatsion pedagogik klaster tashkil etiladi.

Majmuada pedagog va talabalar uchun eng zamonaviy qulayliklar hozirlanadi. Darslar bir smenaga oʻtkazilishi, dual taʼlim yoʻlga qoʻyilishi evaziga oʻqish va amaliyot sifatida oʻsish boʻladi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekiston” universiteti oliy taʼlim tizimida yangi daraja boʻldi. Uning oʻquv dasturlari dunyo reytingida yuqori oʻrinda turuvchi universitetlar professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda, Germaniya standartlari asosida ishlab chiqilgan.

Bu yerda oʻqish istagida boʻlgan yoshlar soni yildan yilga ortmoqda. Bugungi kunda muassasada ming nafardan ortiq talaba taʼlim olmoqda.

Universitet uchun yangi majmua qurilishi uch bosqichda olib boriladi. Dastlab oʻquv obyektlari va rektorat binosi bunyod etilishi koʻzda tutilgan.

Yakunda oʻn ming nafar talabani qamrab oladigan beshta fakultet, bir vaqtning oʻzida sakkiz ming nafar talabaga xizmat koʻrsatadigan rektorat binosi qad koʻtaradi. Kutubxona, muzey, koʻrgazma zali, multimedia xonasi, sport majmuasi, suzish havzasi tashkil etiladi.

Shuningdek, oʻqituvchilar uchun 286 oʻrinli turar joy, talabalar uchun 2 ming oʻrinli yotoqxona qurilishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari bu majmualarning kelgusidagi ahamiyatiga toʻxtalib, oʻquv jarayonini oqilona tashkil etish muhimligini taʼkidladi.

- Bu maʼrifat maskanlari - yoshlarimizga investitsiya. Ulardagi yoʻnalishlar, dasturlar, taʼlim sifati va kasblarda Yangi Oʻzbekistonimizdagi marralar mujassam boʻlishi kerak. Bugun bilim olayotgan yoshlar kelajakda mamlakatimizni oldinga boshlaydigan, muammolarni hal etadigan “kalit”, - dedi Prezident.


@hilola_umarova
#Bilasizmi

YIL NOMLARINI BILASIZMI?

🔸 1991-yil — “Alisher Navoiy yili”
🔸 1992 yil — “Hamshiralar yili”
🔸 1993-yil — “Ahmad Yassaviy yili”
🔸 1994-yil — “Mirzo Ulugʼbek yili”
🔸 1995-yil — “Abu Ali ibn Sino yili”
🔸 1996-yil — “Amir Temur yili”
🔸 1997-yil — “Inson manfaatlari yili”
🔸 1998-yil — “Oila yili”
🔸 1999-yil — “Ayollar yili”
🔸 2000-yil — “Sogʼlom avlod yili”
🔸 2001-yil — “Ona va bola yili”
🔸 2002-yil — “Qariyalarni qadrlash yili”
🔸 2003-yil — “Obod mahalla yili”
🔸 2004-yil — “Mehr-muruvvat yili”
🔸 2005-yil — “Sihat-salomatlik yili”
🔸 2006-yil — “Homiylar va shifokorlar yili”
🔸 2007-yil — “Ijtimoiy himoya yili”
🔸 2008-yil — “Yoshlar yili”
🔸 2009-yil — “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”
🔸 2010-yil — “Barkamol avlod yili”
🔸 2011-yil — “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”
🔸 2012-yil — “Mustahkam oila yili”
🔸 2013-yil — “Obod turmush yili”
🔸 2014-yil — “Sogʼlom bola yili”
🔸 2015-yil — “Keksalarni eʼzozlash yili”
🔸 2016-yil — “Sogʼlom ona va bola yili”
🔸 2017-yil — “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”
🔸 2018-yil — “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʼoyalar va texnologiyalarni qoʼllab-quvvatlash yili”
🔸 2019-yil — “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”
🔸 2020-yil — “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”
🔸 2021-yil — “Yoshlarni qoʼllab- quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”
🔸 2022-yil — "Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili"
🔸 2023-yil — "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim" yili
🔸 2024-yil — "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash" yili

2025-yil — Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili


🌐 Telegram | Facebook
👍2😇1
#yil_sarhisobi

🤩 2024-YIL OYLAR KESIMIDA AGENTLIK FAOLIYATIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

📆 YANVAR
📆 FEVRAL
📆 MART
📆 APREL
📆 MAY
📆 IYUN
📆 IYUL
📆 AVGUST
📆 SENTABR
📆 OKTABR
📆 NOYABR
📆 DEKABR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Tuproqqal'a ma'naviyati (Xorazm Ovoz)
Tuproqqal’a tumanidagi ma’naviy va ma’rifiy ishlarni samarali yo‘lga qo‘ygan maktabga ovoz bering. 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Tuproqqal’a tuman bo‘linmasi tomonidan kitoblar jamlanmasi va diplom bilan taqdirlanadi.
#Xiva_Prezident_maktabi
#Seminar
#1_kun

🪧 3-yanvar kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘qituvchilari uchun matematika, fizika va informatika fanlaridan maxsus seminarlar tashkil qilindi.

Tadbirning asosiy maqsadi pedagoglarning malakasini oshirish, yangi taʼlim usullarini joriy qilish va o‘quv jarayonini yanada sifatli tashkil etishga qaratilgan.

📚 Seminar davomida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashib, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion metodikalarni taʼlim jarayonida qo‘llash bo‘yicha fikr-mulohazalarini bo‘lishdilar, taʼlim olish samaradorligini oshirish yo‘nalishida yangicha yondashuvlarni o‘rgandilar.

🌐 Telegram | Facebook