Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
372 subscribers
5.12K photos
342 videos
52 files
1.09K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Qizlar_olimpiadasi
#viloyat_bosqichi
#natijalar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o'quvchi qizlari o'rtasida matematika fanidan "QIZLAR OLIMPIADASI" ning Xorazm viloyati hududiy bosqichi g'oliblari bilan tanishing:

5-6-SINF
🥇Nuraddinova Muxlisa - Urganch shahar 1-son IMI - 1-o’rin
🥈Axmedova Zilola - Urganch shahar 1-son IMI - 2-o’rin
🥉G‘afurjonova Nafisa - Xiva shshar 1-son IMI - 3-o’rin

7-8-SINF
🥇Xudoyberganova Go'zalxon- Tuproqqal'a IM - 1-o‘rin
🥈Farxodova  Zeboxon - Yangiariq tuman IM - 2-o’rin
🥉Qo‘shnazarova Farida - Urganch shahar 1-son IMI - 3-o’rin

9-10-11-SINF
🥇Boyjonova Dilnura - Xiva shahar 2-son IM - 1-o’rin
🥈Sodiqova Shodiya - Urganch shahar 1-son IMI - 2-o’rin
🥉Sharifboyeva Sevara - Hazorasp tuman IM - 3-o’rin

📌 G'oliblar "Qizlar olimpiadasi"ning keyingi - Agentlik bosqichida ishtirok etadilar.

🌐 Telegram | Facebook
#seminar-trening

🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktabda akademik salohiyatni oshirish uchun seminar tashkil qilindi.

Treningda:
Normalar
Uzoq muddatli reja
Vazifalar haqida alohida mushoxada yuritildi.


Seminar o'tkazuvchi maktab direktori L.Matyakubova

🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
Forwarded from Digital.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi

Ko'rsatmada Yangi yil bayrami munosabati ta’lim muassasasi hududini bayramona bezatish, ota-onalar o‘rtasida qilinadigan targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda qat'iy taqiqlangan qoidalar o'rin olgan.

Ushbu ko‘rsatmalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim, ixtisoslashtirilgan, ijod va Prezident maktablariga nisbatan tatbiq etilishi belgilandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1003

Telegram I Facebook I YouTube
#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, Agentlik ishchi guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

ZOOM platformasi orqali oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda Agentlikning Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda taʼlim samaradorligi, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqaro murojaatlari bilan ishlash singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻquv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish masalasi ham yigʻilish kun tartibidan o‘rin olib, ayni yo‘nalishda monitoring yuritib borish va o‘quvchilarning bilimlari natijalaridan kelib chiqib qoʻshimcha kurslar va toʻgaraklar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablarda boʻsh ish oʻrinlariga xodimlarni ishga qabul qilayotganda malaka talablariga rioya qilish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qo‘ymasdan belgilangan tartibga muvofiq mehnat munosabatlarini oʻrnatish taʼkidlandi.

Qolaversa, ijro intizomi, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilish, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablagʻlardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Agentlikning 2025-yildagi (KPI) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilab olish hamda shu asosida tegishli ishlarni amalga oshirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Yig‘ilishda Agentlik direktori tomonidan tegishli mas’ullarga ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat samaradorligi tahliliga bagʻishlangan yigʻilishlar boshqa hududlar kesimida ham boʻlib oʻtadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube