Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
373 subscribers
5.1K photos
342 videos
52 files
1.08K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun juda muhim, oʻziga xos tarixiy marosimda ishtirok etdik. Toshkent shahrida ochilishi rejalishtirilgan Pedagog kadrlar malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun tamal toshi qoʻydik. Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Janubiy Koreyaning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligidagi ushbu yirik loyihani ikki davlat doʻstligining yuksak namunasi deyish mumkin.

Loyihada katta natijalar kutilmoqda. Jumladan, erta yoshda taʼlim olish imkoniyatlarini yaxshilash, shaxsga-yoʻnaltirilgan yondashuv dasturlari boʻyicha tayyorlangan pedagoglar sonini koʻpaytirish, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish kabi koʻrsatkichlarda sezilarli natijalarga erishish rejalashtirilmoqda.

Umumiy qiymati 11 million AQSh dollari boʻlgan mazkur loyiha 500 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, yiliga 4000 pedagogning malakasini oshirishga xizmat qiladigan markazni oʻz ichiga oladi. Natijada 66 ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Oʻylaymanki, bugun tamal toshi qoʻyilgan ushbu loyiha keyingi tashabbuslar uchun namuna va butun tizimimiz uchun manfaatli boʻladi. Koreyalik hamkorlarimizning bu boradagi boy tajribalarini oʻrganishga doimo tayyormiz🇺🇿🤝🇰🇷

@hilola_umarova
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi


🏢 Bugun Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tadbirlari doirasida o‘quvchilar bilan hamkor tashkilotlar o‘rtasida davra suxbati bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Tuproqqal'a tuman FVB rahbari podpolkovnik Bekturdiyev Bunyod Bog‘ibekovich o‘quvchi yoshlarni sohaga oid yangiliklar bilan tanishtirib, qiziqarli ma‘lumotlar taqdim etdi.
🖇Suhbat davomida favqulotda hodisalar sodir bo‘lganida qanday harakatlar qilish haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.

#test_jarayon

🏢  Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 13-sentabr sanasida maktab ichki olimpiadasiga start berildi.

📚2024-2025 o‘quv yilidan boshlab maktab rahbariyati tashabbusi bilan an‘anaga aylantirilgan ushbu jarayon har oyning ikkinchi jumasida muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


⚡️Test jarayonlari maktabdagi jami o‘quvchilar, yani 5-11 sinflar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Test savollari sinflar kesimida DTM testalaridan tuzildi.

🎯 Muntazam ravishda o'tkaziladigan ushbu olimpiadadan maqsad o‘quvchilarni bilimlarini mustahkamlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda o'z ustida ishlash uchun sharoit yaratish hamda OTMga qay darajada tayyorliklarini diagnostika qilish.

🌟 Natijalar tez orada e‘lon qilinadi va monitoring doskasidan o‘rin oladi.

💫 Barcha o‘quvchilarga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor

🏢 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-A sinf o‘quvchisi Sa'dullayeva Yulduzxon ingliz tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat  IELTS 6.5 ballni qo‘lga kiritdi.

Yutuq bilan Yulduzxonni, uning ota-onasini hamda fidoiy ustozlarini tabriklaymiz.


🏆WE CONSTANTLY PROUD OF YOU!

📊May you achieve your personal best!


🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
#Amaliy_seminar
#Maktab_maslahatchisi

MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN AMALIY-SEMINAR O‘TKAZILDI

🔘 Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabi maslahatchisi Sarvar Sharipov tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Xorazm viloyatidagi maktablarda “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan  amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida maktab maslahatchisining umumiy vazifalari va xorijiy universitetlarga hujjat topshirish haqida ma'lumotlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from XORAZMIYLAR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hasan_va_Husan_sarguzashtlari
#8_qism

Atrofimizdagi yana bir muammoga e'tibor bering!

Biz ba'zida o'z hayotimizga ham to'g'ri investitsiya kirita olmaymiz

Oldingi qismlarimiz:
1-qism.
2-qism.
3-qism.
4-qism.
5-qism.
6-qism.
7-qism.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
| Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |
Forwarded from ELDP
💫 Amerika Qo‘shma Shtatlari Taʼlim sohasida rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturini ishga tushirish orqali O‘zbekistonning taʼlim sohasida olib borayotgan islohotlarini qo‘llab-quvvatlaydi

2024 yil 16 Sentabr sanasida AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Xalqaro taʼlim bo‘yicha Amerika Kengashlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston bo‘ylab 300 nafardan ortiq maktab rahbarlarining malakasini oshirishga mo‘ljallangan Educational Leadership Development Program (ELDP) “Taʼlim sohasida rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” dasturining birinchi o‘quv modulini ishga tushirdi.

Ikki hafta davomida O‘zbekistonning barcha 14 hududidan 28 nafar maktab rahbarlari maktab faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli rejalarni yaratish, ijobiy maktab muhitini shakllantirish hamda direktorlarning taʼlim jarayoni rahbarlari sifatida imkoniyat va vakolatlarini oshirishga mo‘ljallangan AQSHning Jorj Meyson Universiteti tomonidan ishlab chiqilgan kurs orqali o‘zlarining rahbarlik va taʼlim sohalaridagi ko‘nikmalarini oshirish maqsadida intensiv treningda ishtirok etishadi. Ushbu 28 nafar ishtirokchi o‘quv yili davomida butun mamlakat bo‘ylab davlat maktablarining yana 280 nafar direktor va direktor o‘rinbosarlari uchun trener sifatida faoliyat olib borishadi.

AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik dasturning ochilish marosimida qutlov so‘zi bilan ishtirok etdi. “AQSH O‘zbekiston hukumatining yoshlar bandligini taʼminlash hamda mehnat bozorida o‘zlarining munosib o‘rinlarini topishlari uchun amalga oshirayotgan saʼy-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu dastur orqali maktab rahbarlari bugungi global iqtisodiyotda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga eʼtibor qaratish asnosida, o‘quvchilarning o‘zlashtirish va yutuqlarini qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratishga oid o‘z salohiyatlarini oshiradilar”, deydi u.

Ochilish marosimida Maktabgacha va Maktab ta‘limi vazirligidan vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov ham qatnashib, ta‘limda liderlikning ahamiyati haqida so‘z yuritdi va seminar ishida omad tiladi.

Birinchi Modul mashg'ulotlari 27 Sentabrga qadar davom etadi.