Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
414 subscribers
6.16K photos
409 videos
53 files
1.3K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
Forwarded from Sardor Bazarbaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Viloyat hokimi olimpiadasining 8-turi 14-sentabr kuni Gurlan tumanida o‘tkaziladi.


Olimpiada quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi:
Matematika fanidan (5-6-sinf va 7-8-sinf o‘quvchilari uchun)
🧲 Fizika fanidan (7-8 sinf o‘quvchilari uchun).

📢 Olimpiadada 12-sentabr kuni 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilargina qatnasha oladi.

✍️ QOIDALAR va RO‘YXATDAN O‘TISH: ➡️ HAVOLA

❗️Unutmang: Sinflar yangi o‘quv yiliga nisbatan belgilangan. Masalan, siz 6-sinfni tugatgan bo‘lsangiz 7-sinf hisoblanasiz!


🏫 Olimpiada Gurlan tumanidagi 5-maktab binosida bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada soat 9:00 da boshlanadi, kech qolganlar va ro‘yxatdan o‘tmaganlar qat'iy ravishda kiritilmaydi!

Olimpiadalar haqida muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga ulanish ➡️ @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 10-sentyabr sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!

Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Grantlar.uz
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatordan oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2024-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
#Tafakkur_qiling

Hurmatli ota onalar farzandingiz taqdiriga e'tiborliroq bo'ling! Zero, nima eksangiz shuni o'rasiz.
👏3👍1
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun juda muhim, oʻziga xos tarixiy marosimda ishtirok etdik. Toshkent shahrida ochilishi rejalishtirilgan Pedagog kadrlar malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun tamal toshi qoʻydik. Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Janubiy Koreyaning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligidagi ushbu yirik loyihani ikki davlat doʻstligining yuksak namunasi deyish mumkin.

Loyihada katta natijalar kutilmoqda. Jumladan, erta yoshda taʼlim olish imkoniyatlarini yaxshilash, shaxsga-yoʻnaltirilgan yondashuv dasturlari boʻyicha tayyorlangan pedagoglar sonini koʻpaytirish, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish kabi koʻrsatkichlarda sezilarli natijalarga erishish rejalashtirilmoqda.

Umumiy qiymati 11 million AQSh dollari boʻlgan mazkur loyiha 500 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, yiliga 4000 pedagogning malakasini oshirishga xizmat qiladigan markazni oʻz ichiga oladi. Natijada 66 ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Oʻylaymanki, bugun tamal toshi qoʻyilgan ushbu loyiha keyingi tashabbuslar uchun namuna va butun tizimimiz uchun manfaatli boʻladi. Koreyalik hamkorlarimizning bu boradagi boy tajribalarini oʻrganishga doimo tayyormiz🇺🇿🤝🇰🇷

@hilola_umarova
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi


🏢 Bugun Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tadbirlari doirasida o‘quvchilar bilan hamkor tashkilotlar o‘rtasida davra suxbati bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Tuproqqal'a tuman FVB rahbari podpolkovnik Bekturdiyev Bunyod Bog‘ibekovich o‘quvchi yoshlarni sohaga oid yangiliklar bilan tanishtirib, qiziqarli ma‘lumotlar taqdim etdi.
🖇Suhbat davomida favqulotda hodisalar sodir bo‘lganida qanday harakatlar qilish haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.

🤣6👏4
#test_jarayon

🏢  Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 13-sentabr sanasida maktab ichki olimpiadasiga start berildi.

📚2024-2025 o‘quv yilidan boshlab maktab rahbariyati tashabbusi bilan an‘anaga aylantirilgan ushbu jarayon har oyning ikkinchi jumasida muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


⚡️Test jarayonlari maktabdagi jami o‘quvchilar, yani 5-11 sinflar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Test savollari sinflar kesimida DTM testalaridan tuzildi.

🎯 Muntazam ravishda o'tkaziladigan ushbu olimpiadadan maqsad o‘quvchilarni bilimlarini mustahkamlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda o'z ustida ishlash uchun sharoit yaratish hamda OTMga qay darajada tayyorliklarini diagnostika qilish.

🌟 Natijalar tez orada e‘lon qilinadi va monitoring doskasidan o‘rin oladi.

💫 Barcha o‘quvchilarga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️☀️
👍10👏3🥰1💯1😇1
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor

🏢 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-A sinf o‘quvchisi Sa'dullayeva Yulduzxon ingliz tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat  IELTS 6.5 ballni qo‘lga kiritdi.

Yutuq bilan Yulduzxonni, uning ota-onasini hamda fidoiy ustozlarini tabriklaymiz.


🏆WE CONSTANTLY PROUD OF YOU!

📊May you achieve your personal best!


🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
🎉13👍85👏3
#Amaliy_seminar
#Maktab_maslahatchisi

MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN AMALIY-SEMINAR O‘TKAZILDI

🔘 Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabi maslahatchisi Sarvar Sharipov tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Xorazm viloyatidagi maktablarda “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan  amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida maktab maslahatchisining umumiy vazifalari va xorijiy universitetlarga hujjat topshirish haqida ma'lumotlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍4