Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
427 subscribers
6.17K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI

Bu yil Agentlik tizimidagi maktablarimizga oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.

Maktablar kesimida aytadigan boʻlsak,
– Prezident maktablariga 62 062 nafar;
– Ijod maktablariga 5 512 nafar;
– Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 42 785 nafar;.
– Hududiy ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 134 019 nafar o‘g‘il-qizlarimiz hujjat topshirishgan.

Mazkur imtihon jarayonlariga Agentlik tizimidagi maktablardan jami 2 616 nafar pedagog jalb etildi.

Ushbu imtihonlarni shaffof, adolatli, xavfsiz oʻtkazishda yaqindan yordam bergan 14 ta hudud rahbarlariga, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar, Bilim va malakalarni baholash agentliga hamda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaqin hamkorlik uchun alohida rahmat aytmoqchiman.

Shuningdek, Call-markaz hamda Agentlik va joylarda tashkil etilgan shtab vakillariga, kuzatuvchi-nazoratchilarga, umuman olganda ushbu imtihonlarda xizmatda boʻlgan barcha-barchaga oʻz minnatdorligimni bildiraman!

Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga omad yor bo‘lsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️Ma'lumki, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi.

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

⚡️ Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

⭐️ Barcha abituriyentlarga test sinovlarida omad tilaymiz!!!


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ Ertaga, 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ta’lim xabarlari
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar (to‘liq ro‘yxat + lokatsiya)

Saytimizga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

👉 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;

👉 Hududga kirish joylari;

👉 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;

👉 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;

👉 Bino raqami;

👉 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;

👉 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).


Batafsil: https://talimxabarlari.uz/5620/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
👍1
⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

14-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Tuproqqalʻa_IM

🏢
Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari

▪️Ollayorov Usmonbek

▪️Odamboyev Otabek
▪️Matniyozov Javohir

muddatidan oldin Westminister Universiteti talabasi bo'ldilar!


🎁HAYOT YO'LLARINGIZ NURAFSHON BO'LSIN, QADRLI BITIRUVCHILAR!

🌐 Telegram | Facebook
👍17👏5🎉4🤣2
#Yangiliklar

🔺“Chilla iste’dodlar mavsumi”ga start berildi!

👥 Xorazmlik yoshlar diqqatiga!

16-31-IYUL KUNLARI Sizni yozning eng yorqin va iste’dodli “Chilla iste’dodlar mavsumi” madaniy tadbirida kutib olishdan mamnunmiz. Bu yerda san’at va madaniyat birlashib, unutilmas lahzalarni yaratadi.

Mazkur tadbir doirasida:
🟡Madaniyat-san’at;
🟡Modalar namoyishi, ko‘rgazmalari;
🟡Yozgi kinoteatr namoyishi;
🟡Oshpazlik mahorati yo‘nalishi;
🟡Tasviriy san’at;
🟡Yozgi chodirlar yarmarkasi tashkil qilinadi.

📍Manzil: Urganch shahar A.Temur istirohat bog‘i
🔻Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi


P/s: 16-31-iyul kunlari “Yoshlar markazi” binosida mazkur loyiha doirasida Xorazm estradasining yorqin yulduzlari ishtirokida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.


💻“Chilla iste’dodlar mavsumi”da yangi iste’dodlarni kashf eting va unutilmas tajribalardan bahramand bo'ling!

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from TUPROQQALʼALIKLAR
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyat bo'limi “KITOBXON MAHALLA” onlayn tanlovi"ni e'lon qiladi.

Viloyat bosqichida eng ko‘p ovoz olgan 3 ta mahalla 1-, 2-, 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hisoblanadi.
G‘olib mahallalar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin – Yengil konstruksiyali kutubxona, 3 mln. so‘mlik kitoblar to‘plami va diplom;📚
🥈2-o‘rin – Kitob javoni, 2 mln. so‘mlik kitoblar to‘plami va diplom;📚
🥉3-o‘rin – Kitob javoni, 1 mln. so‘mlik kitoblar to‘plami va diplom.📚

📌Ovoz berish jarayoni 22-iyul kuni soat 09:00 da yakunlanadi. Shoshiling sizning ovozingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega.
👍3
#ishchi_guruh

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARINI JOYLARGA BORIB OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Navoiy viloyatidagi Prezident maktabi, Navoiy shahar 1-son, Navbahor, Konimex hamda Nurota tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari koʻzdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Agentlik direktori taʼlim maskanlardagi oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍2
To’rtinchi kun natijalari e’lon qilindi

17-iyul
kungi kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;

3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:

@e_dtm_mandatbot || @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot || @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor

🏢
Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Xudayberganov Akbar muddatidan oldin Westminister Universiteti talabasi bo'ldi!

🎁ILK MUVAFFAQIYAT MUBORAK BO'LSIN!

🎯Ma'lumot tariqasida shuni ta'kidlash joizki, Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2024-yil bitiruvchilaridan 4 nafari Westminister Universiteti talabasi bo'ldilar.

💠💠💠💠💠💠💠💠💠
👍13❤‍🔥5💘42