Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
371 subscribers
5.16K photos
345 videos
52 files
1.09K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#bugun

15-may - Xalqaro Oila kuni

☀️ Xalqaro oila kuni har yili 15-mayda oilalarning ahamiyati va jamiyatdagi o‘rnini targ‘ib qilish maqsadida nishonlanadi.

BMT Bosh Assambleyasi 1993-yilda oilalar bilan bog'liq muammolardan xabardorlikni oshirish va ularga ta'sir ko'rsatadigan ijtimoiy, iqtisodiy va demografik jarayonlar haqidagi bilimlarni oshirish maqsadida Xalqaro oila kuni deb e'lon qildi.

Shu kuni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan oilalarni qutlash, ularning farovonligini oshirish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog (Tursunbek Nurmetov)
20240426_191435.jpg
2.4 MB
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi.

Xorazm viloyatidan "Vazir jamg'armasi"dan ustama olishga 57 nafar pedagoglar munosib deb topildi.

Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdori (hozirda 5 775 000 soʻm)da har oylik ustama toʻlab boriladi.

@T_Nurmetov
#CHSB
#4_CHORAK

15. 05. 2024
🏢 IV chorak imtihonlari onlayn tarzda davom etmoqda.


🗓2-smena soat 12:00 da boshlandi. Fotolavhalarda 8-Blue sinf o‘quvchilari.

🖇 Eslatib o‘tamiz, onlayn va oflayn imtihon jarayonlari 17-maygacha davom etadi.

May you achieve your personal best!
#CHSB
#4_chorak

🏢 IV chorak imtihonlari onlayn tarzda davom etmoqda.

3-smena soat 14:30 da boshlandi. 8-Green sinf o‘quvchilari.


🖇 Eslatib o‘tamiz, onlayn va oflayn imtihon jarayonlari 17-maygacha davom etadi
.

🎯WE BELIEVE IN YOU!
#Jarayon
#CHSB
#3_KUN_1_SMENA

Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 16-may sanasida 5-6-sinf o‘quvchilariga IV chorak yakuni bo'yicha choraklik summativ baholash sinovlari davom qilmoqda.

🖇 Eslatma, ertaga oflayn ChSB jarayonlari bo‘lib o'tadi.

🌹WE ARE SURE THAT YOU WILL DO YOUR PERSONAL BEST!

Forwarded from School English Teachers
⚡️ O'zbekistonda 10 yoshli bola ingliz tilidan CEFR oldi

Farg'ona viloyati olis So'x tumanidagi 4 sinf o'quvchisi Musoev Komronbek Asrorjon o'g'li Multi level CEFR imtihonidan ingliz tili bo'yicha B2 sertifikatiga ega bo'ldi.
E'tiborlisi shundaki, hatto ko'p o'qituvchilar qiynaladigan bu imtihonda u osonlik bilan, yosh bo'lishiga qaramay uddaladi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
#Bizning_faxrimiz
#Tuproqqala_IM

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11 Green sinf o‘quvchilari aprel oyida ingliz tili Multilevel imtihonini topshirib , quyidagi natijalarni qayd etishdi:

Maqsudov Artur Po‘lat o‘g‘li B2
Sailov Olimboy  Rashidbek o‘g‘li  B2

🖇 Ma‘lumot o‘rnida aytib o‘tamizki , Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilarining 80% Xalqaro IELTS va CEFR sertifikatlari mavjud.

🔆 O‘quvchilarimizning kelgusi ishlariga ulkan omadlar tilab qolamiz.

⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️
#Kun_qahramoni
#5_sinf

🏆 Bugungi CHSB imtihonlari kun qahramoni 5-Green sinf o‘quvchisi Sadullayev Bexruzbek ikki fan - matematika va ingliz tili fanlaridan maksimal 40 ballni qo‘lga kiritdi.

🎉 Hamisha omad yor bo‘lsin!
💫WE ARE JUST PROUD OF YOU!


🏆🎊🏆🎊🏆🎊🏆🎊🏆🎊🏆
#Farmon_ijrosi_amalda
#amaliy_seminar

MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN AMALIY-SEMINAR BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy seminar oʻz ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur seminar sessiyalarida maktab maslahatchilarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻrin olgan. Shuningdek, ishtirokchilar uchun poytaxtimizning maʼnaviy-maʼrifiy maskanlariga sayohat rejalashtirilgan.

Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universiteti mezbonlik qilayotgan ushbu maʼrifiy tadbir joriy yilning 17-mayiga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube