Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
427 subscribers
6.17K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#ochiq_dars

📣 Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabda navbatdagi ochiq dars mashg‘uloti 8-Green sinf o‘quvchilari bilan matematika fanidan bo‘lib o‘tdi. 
📊 Darsda o‘quvchilar 2 jamoaga bo‘linib bellashdilar. Jami 16 ta topshiriqdan iborat shartlarni bajarishdir.


📌Mavzu: O‘tilgan mavzular bo‘yicha misol va masalalar yechish.

❇️ Natijalar:
🥇Al-Murodiy jamoasi 14 ta to‘g‘ri javov
🥈Al-Sulaymoniy jamoasi 10 ta to‘g‘ri javob.

O‘qituvchi: Oliy toifali matematika fani o'qituvchisi Matmurotov Izzatbek.

🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
🤣5👍2❤‍🔥1
#ochiq_dars

🕌Tarixiy xotirasiz kelajak .

Joriy yilning 9 fevral sanasida Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 9-Green sinf o‘quvchilari bilan tarix fanidan ochiq dars mashg‘uloti o'tkazildi.

🏟Mavzu: XIX asr oxiri XX asr boshlarida Italiya
.

📊Darsda o‘quvchilar 3 jamoaga bo‘linib bellashdilar. Shartlarni bajarishda o‘quvchilarning aktual,vizual,kinesetik qobiliyatlari inobatga olgan holda  metodlardan keng foydalanildi.

🥇 Semurg‘ jamoasi 44 ball
🥈Feniks jamoasi 42 ball
🥉Humo jamoasi 30 ball


O‘qituvchi: Madaminov Javlonbek - oliy toifali tarix fani o'qituvchisi.

🏵🏵🏵🏵🏵🏵🏵🏵🏵🏵
👍5🎉1
#Ajdodlarga_ehtirom
🏢Tuproqqal‘a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi va Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan " Ikki buyuk daho" nomli adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.

🏆Tadbirda ‘‘ Tarix qa‘ridagi ikki yulduz " tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
.

📚 Maktab o‘quvchilari ishtirokidagi badiiy chiqishlar, kuy -qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari tadbir qatnashchilarini xushnud etdi.
👏7🤣5🤗1
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022 yil 2-martdagi
PQ-150 -sonli qaroriga asosan,
☀️2024 yil 10-fevral kuni


🏢Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
"Vatan tayanchi" otryadining a'zoligiga 2023/24-o‘quv yilida qabul qilingan 14 nafar 10-sinf o‘quvchilar bilan "Tantanali va'da" berish tadbiri o‘tkazildi hamda ularga "Vatan tayanchi" otryadi ko‘krak nishonlari topshirildi.


Tadbirda "Veteran" faxriy jangchilar va nogironlar birlashmasi Tuproqqal'a tumani bo‘linmasi raisi
A. Otajonov boshchiligidagi bo‘linma a'zolari, 9203-harbiy qismdan serjant S. Xaitov va oddiy askarlar, tuman maktablari VRYoTBDO‘-HChT rahbarlari, maktab direktori L.Matyaqubova,  maktab psixologi S. Saparova va VRYoTBDO‘-HChT rahbari rezervdagi podpolkovnik
X. Eshchonovlar ishtirok etishdi.
👍13🤣10👏2🎉1