Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
409 subscribers
6.37K photos
425 videos
53 files
1.38K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14-dekabrdagi 79-sonli Farmoyishiga asosan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari qudratiga bo‘lgan ishonch va faxrlanish tuyg‘ularini yanada oshirish hamda vatan himoyasidek sharafli kasbga qiziqtirish maqsadida shu yilning 27-dekabr kuni 🏢Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari bilan 9203-harbiy qism harbiy xizmatchilari hamkorligida "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!" shiori ostida ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi.

Tadbirda maktab direktori
L. Matyaqubova, katta serjant S. Xaitov boshchilik oddiy askarlar, maktab VRYoTBDO‘-HChT rahbari rezervdagi podpolkovnik
X. Eshchonovlar ishtirok etishdi.


🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
👏7👍3❤‍🔥21
#Sarhisob

HILOLA UMAROVA: “O'TGAN YIL DAVOMIDA ERISHGAN BARCHA YUTUQLARIMIZDA SOHA FIDOYILARINING O'RNI BEQIYOS”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida vazirlikning joriy yil faoliyati sarhisobi hamda kelgusi yildagi istiqboldagi rejalarni amalga oshirishga doir kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❗️Vazir Hilola Umarova rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik hamda tizim tashkilotlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi va kelgusi faoliyat rejalari belgilab olindi.

Vazir vazirlik muassisligidagi nashrlarga noutbuk va fotoapparat jamlanmalarini topshirdi


🖥 Tadbir doirasida vazirlik muassisligidagi bosma nashrlar — “Ma’rifat” – “Учитель Узбекистана”, “Tong yulduzi”, “Класс!” gazetalari, “Xalq ta’limi”, "Til va adabiyot ta'limi" – " Преподавание языка и литературы " – "Language and literature teaching”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallari tahririyatlariga noutbuk va fotoapparat jamlanmalari taqdim etildi.

👏 Shuningdek, joriy yilda faol va samarali mehnat qilgan vazirlik hamda tizim xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#xavfsiz_yangiyil

⚠️ Pirotexnika vositalaridan noqonuniy foydalanish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflardan ogoh bo‘ling!

↪️ Batafsil infografikada.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🔵 Unutmang!!!

Pirotexnika vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
💘2🤣1
🔴 “Prezident archasi” tadbirining birinchi seans dasturi bo‘lib o‘tdi

Yangi yil bayrami munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Prezident archasi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

  “Yangi yil ertaklari” mavzusida o‘tkazilgan bayram tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda bolajonlarni Yangi yil shodiyonasi bilan tabrikladi.

👨‍👧‍👧 Poytaxtimizdagi “Tomosha” bolalar teatr studiyasida tashkil etilgan bayram dasturida Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uylari tarbiyalanuvchilari, yetim bolalar va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalari qatnashdi.

👏 Tadbir davomida bir guruh bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” berildi.

❗️“Prezident archasi” tadbirining takroriy seanslari joriy yilning 29-30-dekabr kunlari soat 10:00 va 14:00 larda bo‘lib o‘tadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1415

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍2