Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
372 subscribers
5.13K photos
342 videos
52 files
1.09K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#dars_jarayoni
https://t.iss.one/T2022PIMA/271
📌Bugun Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabda ingliz tili fani o'qituvchisi Axmedova Shoira "Adventure holidays" mavzusida 8 Green sinfida ochiq dars tashkil qildi.
♻️Darsda turli xil interfaol metodlar - Majic hat, Flying planes metodlaridan samarali foydalandi.
🔰 Darsga xalqaro trener amerikalik Maureen Rooney tashrif buyurdi va kerakli maslahatlar berdi.
#Chorak_yakuni

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova boshchiligida Agentlik tizimidagi maktablardagi 1-2-o'quv choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig'ilish bo'lib o‘tdi.

Yig'ilishda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar direktorlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

📍Unda choraklar davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, o'quvchilarning CHSB (Choraklik summativ baholash) natijalari har bir maktab kesimida ko'rib chiqildi. Ko'rsatkichlari past bo'lgan maktablarga Agentlik tomonidan amaliy yordam berilishiga kelishib olindi.

❗️Shu bilan birgalikda Agentligimiz tizimidagi o'quvchilarning xalqaro va mahalliy fan olimpiadalarida ishtirok etishi va yuqori natijalarni qayd etishi bo'yicha yo'nalishlar muhokama qilindi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorazm
#Zakovat

🔰  O‘QITUVCHILAR "ZAKOVAT" BELLASHUVINING 4-TURNURI BO‘LIB O‘TDI

5-dekabr kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xorazm viloyatida joylashgan ta'lim muassasalari  o'qituvchilari o'rtasida “Zakovat”  intellektual o'yinining navbatdagi 4-turniri o'tkazildi.

♻️ Unda Agentlik tizimidagi 11 ta jamoa qatnashdi.

💠 "Zakovat" musobaqasining bugungi turniri natijalariga ko‘ra:

🔸 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi - 17 ball;
🔸 Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi - 13 ball;
🔸 Qo‘shko‘pir  tuman ixtisoslashtirilgan maktabi - 13 ball;
🔸Urganch shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati - 11 ball yig‘ib yetakchilik qilishdi.


📌 Ma'lumot uchun:
G'oliblar 5 bosqichdan iborat bellashuvlardan keyin aniqlanadi.

🌐 https://t.iss.one/piima_xorazm
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_kuni
🇺🇿 8- dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

🏢Prezident ta'lim muassasalari agentligi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi respublikamizda ahil va inoq istiqomat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizni 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuni bilan muborakbod etadi.
⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️
#jarayon
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi


🔰 2022 - yil 7- martdagi PF-87- sonli Farmoni 2-ilovasi 16- bandi ijrosini taminlash maqsadida 25 noyabrdan 10-dekabrga qadar "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" turkum tadbirlari tashkil etildi va davom etmoqda.