Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
374 subscribers
5.14K photos
343 videos
52 files
1.09K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#OCHIQ_DARS
#Agentlik_maktabi

🏢 Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 7-B sinf o‘quvchilari bilan 🧬🧬 kimyo fanidan ochiq dars mashg‘uloti o'tkazildi.

Mavzu : 🧪🧪 KISLOTALAR
Dars jarayoni qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tdi.

🎯O‘quvchilar muhitni yanada yaxshiroq his qilishlari uchun maxsus kiyimlar ham kiyishdi
. 🩺🩺🥼🥼

Kimyo fani o‘qituvchisi :Ollayorov Bahodir.
Laborant: Sobirova Salomat.


🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Hurmatli ustozlar, tizim xodimlari!


Avvalo, barchangizni bugungi unutilmas sana – davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Shuni faxr bilan aytish lozimki, jonajon Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir inson, har bir fuqaro uchun bu qutlug‘ sana o‘zgacha intiqlik, cheksiz g‘urur va iftixor bilan nishonlanadigan unutilmas kundir.

Bosh Qomusimiz bizga farzandlarimizni bilimli va barkamol avlod qilib tarbiyalash, ularni shu yurt koriga yaraydigan mustaqil shaxs qilib kamolga yetkazish borasidagi kasbiy faoliyatimizda mustahkam huquqiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Ayniqsa, joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumi asosida qabul qilingan davlatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi jamiyatimiz rivoji va ta’lim tizimidagi islohotlarni jadal suratlarda amalga oshirishda katta ko‘makchi ekanligi bizga katta g‘urur bag‘ishlaydi.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌝Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar va ota-onalar!

🎯Bugun o'quvchilarimiz oliy toifali ustoz Quvondiq Matmurotov boshchiligida Robototexnika bo'yicha Xiva shahrida o'tkazilayotgan olimpiadada munosib ishtirok qilmoqdalar.

FAQAT VA FAQAT MUVAFFAQIYATLAR YOR BO'LSIN!

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
#jarayon
#robocoding

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda.

🔺 Xorazm viloyatidagi jarayonlar Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tmoqda. Unda jami 22 ta jamoa o‘zaro bellashmoqda.

📸 Jarayondan fotoreportaj

🚀 Jamoalarga omad tilab qolamiz!

🌐Telegram | Facebook
🔥🔥🔥AJOYIB YANGILIK!

🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Robo-coding olimpiadasida faxrli 🥇-oʻrinni egalladi.

🏆Yutuq bilan ustozimiz oliy toifali fizika fani o'qituvchisi Matmurotov Quvondiq ustozni va 8 Green sinf o'quvchilari
Ibragimov Asadbek va Komiljonov Sulaymon
ni chin dildan tabriklaymiz!!!


🎁Muvaffaqiyat bilan o'quvchilarimizning ota-onalarini samimiy muborakbod qilamiz va farzandlariga yuksak parvozlar tilab qolamiz!!!

🎊🎉🎊🎉🎊🎉🎊🎉🎊🎉🎊🎉
Forwarded from IMA Urganch shahar 1-son IMI (Iroda_Seyitnazarovna Urganch shahar 1-son IMI)
#Madhiya_31_yilligi

10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kundir.

Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etadi.

Davlat madhiyasining matni muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov bastalagan.

Davlat madhiyasi qabul kun barchamizga muborak bo'lsin!

Madhiyamiz hamisha mag’rur jaranglasin!
_____
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor

🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

📝 Qonunga koʻra, madhiya Davlat suverenitetining ramzidir. Madhiyaga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarida oʻzining yorqin ifodasini topdi. Chunonchi, Vatanimiz madhiyasi ham uning oʻzi kabi aziz va muqaddasdir.

🎼Ona yurtimiz madhiyasi hamisha gʻurur va faxrimiz, shonu shuhratimiz ramzi boʻlib, jahon arenalari va yuksak minbarlarda, dillarda va tillarda baralla jarang sochsin!

🗺Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"ROBO-CODING" OLIMPIADASINING XORAZM VILOYATI BOSQICHI NATIJALARI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident, ijod ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining o‘quvchilari o‘rtasida sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil qilingan olimpiadaning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiada ikki bosqichli bo‘lib, birinchi bosqichi 9-dekabr kuni hududlarda bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati bo‘yicha yakuniy natijalarga ko‘ra:

5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida g‘olib jamoalar:

🥇Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
🥈Yangibozor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi
🥉Yangiariq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi

9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida g‘olib jamoalar:

🥇Yangibozor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi
🥈 Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati
🥉Bog‘ot tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi

⚡️G'olib jamoalarga Olimpiadaning 2024-yil 5-6-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan Agentlik bosqichida omad tilaymiz
.

🌐Telegram | Facebook