Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
427 subscribers
6.17K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
Forwarded from .
Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitkazuvchisi  Ozodova Asalxon Zokir qizi OTM ga kirish imtihonida maksimal 189 ballni qo‘lga kiritdi.
👍14👏6🤣3🥰1
#Statistika

Xorazm viloyatida
543 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari,
10 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar,
363 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari,
14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari,
jami 930 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.
 
543 ta umumta’lim maktablaridan 343 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan, 169 tasiga 2018-2021-yillar davomida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan suv tozalovchi uskunalar o‘rnatilgan.
36 ta maktabni ulash uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan.

✔️10 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan.

363 ta maktabgacha ta’lim tashkilotidan 326 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan, 24 tasiga suv tozalovchi uskunalar o‘rnatilgan, 13 tasini ulash uchun tashkilotlarga murojaat qilingan.

14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabining 13 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan, 1 ta maktabni ulash uchun tashkilotlarga murojaat qilingan.
#Yangiliklar
#melonfestival2023

XORAZMDA ANʼANAVIY QOVUN SAYLI RESPUBLIKA FESTIVALI YAKUNLANDI

🍈 13-avgust kuni Xiva shahrida Anʼanaviy Qovun Sayli Respublika Festivalining taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

💥 Barcha g‘oliblarni taqdirlash marosimidan so‘ng mehmonlar hamda tashrif buyuruvchilarga sahnalashtirilgan chiqishlar va Ozarbayjonlik sanatkorlar hamda O‘zbek estradasining yulduzlari tomonidan gala konsert dasturi namoyish qilindi, bayram salyuti otildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#eslatma

🔔 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

❗️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.

📆 Shunga ko‘ra, ushbu maktablarning imtihon natijalari shu haftaning oxirlarida Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_kun

⚡️Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi 11 ta ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun barcha fanlardan:

Yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish
O’quvchilarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish

mavzularida o'quv seminarlari o'tkazildi.

💢 Pedagoglar o'quv jarayonini rejalashtirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchining ehtiyojini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda o‘zaro fikr almashdilar.

📸 Fotolavhalarda 2-smena dars jarayonlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
👍1