Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
410 subscribers
6.5K photos
436 videos
53 files
1.42K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#imtihon_2023
#prezident_maktablari
#Xorazm

➡️ Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlari boshlanmoqda.

📸 Jarayondan fotolavhalar.

🕰Test sinovlari 10:00 da boshlanadi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#imtihon_2023
#prezident_maktablari
#Xorazm

🔴 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabining 2-bosqich imtihonlari bo'ib o'tmoqda. Talabgor o'quvchilar uchun

matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

♦️ Xiva sharidagi Prezident maktabining 2-bosqich imtihonlari Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari Lee Sang Hyuk va Donovan Benedict Solomanslar tomonidan nazorat qilinmoqda.

📸 Jarayondan fotolavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Davlat bayrog'i to'g'risida qonun.pdf
2.8 MB
🇺🇿 Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Qonun bilan bayroqdan foydalanish mumkin bo‘lgan holatlar kengaytirildi.

Jumladan:

bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida;

sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;

xalqaro sport musobaqalari hamda O‘zbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlash uchun bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish mumkin.

Bayroqqa nisbatan hurmatsizlik qilish holatlari aniq belgilandi. Xususan:

bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi oqargan holda va boshqa nomaqbul tarzda foydalanish;

biror bir narsa uchun ustki yoping‘ich sifatida foydalanish;

stollarga, o‘rindiqlarga, stullarga to‘shash yoki tasvirlash, undan qoplama sifatida foydalanish, o‘tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to‘shash yoki tasvirlash;

kiyim-kechak, dastro‘mol yoki ko‘rpa-to‘shak sifatida, buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanish;

bayroq tasviri tushirilgan belgilarni poyabzal, dastro‘mol, ko‘rpa-to‘shak, ichki kiyim-kechakka, sochiqlarga, qutilarga (o‘rovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun mo‘ljallangan buyumlarga bosib chiqarish yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirish;

bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-axloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish mumkin emas.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Аnons
#Ikkinchi_ustozlar_forumi

📣📣Aziz ustozlar!

Sohangizda yangi marralarni egallashingiz uchun ajoyib imkoniyat!

Joriy yilning 8-9-avgust kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda "Ikkinchi ustozlar forumi" tashkil etilmoqda.

Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad:

✔️o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda
✔️ yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olishdan iborat.

❗️Bu hali hammasi emas! Tez orada forum sizning maktabingizga qadar yetib boradi:

📆 15-17- avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda,

📍22-24- avgust kunlari tuman va shaharlarda,

🏢 28-29 - avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

⚡️ Ta’lim sohasining rivojiga birgalikda hissa qo‘shaylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📣📣 DIQQAT DIQQAT📣📣

“Design award” (Dizayn mukofoti) respublika onlayn ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Design award” (Dizayn mukofoti) respublika onlayn ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda!

Ko‘rik-tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
🔹Yosh dasturchi (python);
🔹Kompyuter dizayn va grafikasi.

🎥Koʻrik-tanlov 31-avgustgacha davom etadi.

📌Ko'rik-tanlov nizomi bilan batafsil quyidagi havola tanishing!

🎗Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan maxsus diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

➡️Ko‘rik-tanlovda 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi ta’til mobaynida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.

🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar!
Ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!


Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBEe
#eslatma

🔔 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning yakuniy imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Ijod maktablarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.

🗣Imtihon natijalari Agentligimiz rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

5-avgust - O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun

✔️Oʻtkir Hoshimov - Oʻzbekiston xalq yozuvchisi

KUN HIKMATI:

Sodda va buyuk

Qadimgi musavvirlar farishtani g’odak qiyofasida tasvirlagani bejiz emas. Bola shu qadar soddaki, biz uning darajasiga tusha olmaymiz. Bola shu qadar buyukki, biz uning darajasiga yetolmaymiz!

© "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" O’tkir Hoshimov (1941-2013)
👍2
#ishga_taklif

📣 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi:

✔️ Musiqa to‘garagi rahbari;
✔️ San’at, dizayn va tasviriy san’at to‘garagi rahbari;
✔️ Informatika va dasturlash to‘garagi rahbari;
✔️ Robototexnika to‘garagi rahbari.

🔹Talablar:
oliy ma'lumotli bo‘lishi;
3 yillik ish tajribasiga egaligi;
chet tillarini bilishi;
IT savodxonligi yuqori bo‘lishi zarur.

📞 Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
+998997130870
@KhivaPMBot

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube