Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
428 subscribers
6.19K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#tanlov
#ikkinchi_bosqich

⚡️ Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant o‘rinlarga ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglar uchun tanlovning ikkinchi – test bosqichi bo‘lib o‘tdi.

❗️Maʼlumot uchun:
Test sinovlari Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida otkazildi.

📸 Test sinovlari bolib otgan Prezident maktablaridan fotolavhalar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
👍2🤣1
#Tanlov
#Test_sinovi

⚡️ Agentlik tizimidagi yangi tashkil qilingan maktablarga pedagoglar tanloviga, shuningdek, mavjud ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda mavud vakant o‘rinlarga job.piima.uz sayti orqali tanlov e'lon qilingan edi.

⚡️Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun test jarayonlarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin!

🌐 Telegram | Facebook
👍4🎉1🤣1
#qabul_2023
#10_iyun_10_iyul

⚡️Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📌 Ushbu arizalarning 4-iyul holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

🖇 Eslatib o‘tamiz, Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hamda Prezident maktablarining bo’sh o’rinlariga hujjatlar qabuli 10-iyulga qadar uzaytirildi.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3🤣1
“O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya davom etmoqda

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Event Hall tadbirlar zalida “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirdan asosiy maqsad, Yangi O‘zbekistonda inson kapitali, uning shakllanishi va rivojlanishida ta’lim-tarbiya hamda ilm-fanning o‘rni va rolini muhokama qilish, ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy tendensiyalari, jahon tajribasini o‘rgangan holda ularni amaliyotga tadbiq etish va buning samarasi borasida fikr almashish, keng jamoatchilikni Yangi O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirishdan iboratdir.

Konferensiya avvalida so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tadbir ishtirokchilarini bugungi tadbir bilan qutladi va mavzuga doir o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Bugungi O‘zbekiston davlati joylashgan zamin qadimda ikki buyuk uyg‘onish davriga beshik bo‘lgan. Bu qutlug‘ maskanda Farg‘oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Buxoriy, Termiziy, Ulug‘bek, Jomiy, Navoiy kabi buyuk daholar yetishib chiqqan.

Ushbu ulug‘ ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish uchun so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim sohasiga katta e’tibor berilmoqda. Aholisining 50 foizdan ortig‘i 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston uchun ta’lim katta strategik masala ekanligini aytsam mubolag‘a qilmagan bo‘laman.

2030-yilga qadar ta’lim tizimida qanday ishlar amalga oshirilishi xususida “Ta’lim — 2030” konsepsiyasida aniq belgilab olingan. Ushbu konsepsiya doirasida hozirga qadar sohada ko‘plab natijalar qayd etildi”.


Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
💯1🤣1