Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
427 subscribers
6.17K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#biz_siz_bilan_faxrlanamiz

🚥Bugun "Yashil chiroq" musobaqasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7- va 8-sinfning faol o‘quvchilari faxrli 🏆1-o‘rinni egallashdi.

G'oliblarga viloyat bosqichida ham yuksak o'rinlar nasib qilsin!
👏16
Forwarded from Tuproqqal'a.uz (Furqat Masharipov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli va muhtaram Tuproqqal’a tumani aholisi!

Sizlarni, tumanimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Bu qutlug‘ bayramda hammamiz avvalo shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.

Ayni vaqtda muqaddas islom dinining buyuk insonparvarlik tamoyillarini asrash, targ‘ib etish hozirgi shiddatli zamonda o‘ta dolzarb vazifaga aylanib borayotganini barchamiz yaxshi tushunamiz.

Muhtaram yurtdoshlar!

Muborak hadislarda aytilganidek, ikki dunyo saodatini o‘ylab yashagan inson, xalq hech qachon kam bo‘lmaydi.

Barchangizni muqaddas Ramazon hayiti bilan muborakbod etaman.

El-yurtimizning shu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!

Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayz-u baraka bardavom bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Tuproqqal'a tumani hokimi Shuxrat Axmedov
🥰3
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar,
Aziz o‘qituvchilar, ta’lim sohasi fidoyilari!

 
Avvalo, barchangizni mehr-oqibat va ezgulik ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Barchamiz shu kunlarda Ramazon hayiti ayyomini katta xursandchilik bilan o‘tkazmoqdamiz. Cheksiz shukronalik bilan dildagi yaxshi niyatlarimizning amalga oshishini Yaratgandan so‘rab, yurtimiz ravnaqi va farzandlarimiz baxtu kamoli uchun bir-birimizga ezgu tilaklar bildiryapmiz.

O‘tgan Ramazon oyi bir-birimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish, beg‘araz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlari bilan ham qadrlidir.
 
Qadrli ustozlar hamda jonkuyar hamkasblar!
 
Barchangizni yana bir bor Ramazon hayiti ayyomi bilan qutlagan holda, ona yurtimizga tinchlik, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka va xotirjamlik tilab qolaman.
🥰1
#musobaqa

2023 yil 20-aprel kuni Urganch shahrida joylashgan 53008-harbiy qismda "Yosh chegarachilar" harbiy -vatanparvarlik musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada maktabimiz "Vatan tayanchi" otryadi 10-sinf a'zolaridan tuzilgan "Xorazmiylar" jamoasi tumanimiz sharafini himoya qilib, o‘z mahoratlarini oshirib qaytishdi.

Musobaqada ishtirok etgan barcha o‘quvchilarga o‘z nomimdan, shuningdek maktab rahbariyati nomidan samimiy minnatdorchilik bildirib, ota-onalariga katta rahmat aytaman hamda
ezgu niyatlari amalga oshishini tilayman ! 🤲
👏8👍7
Dunyoni yaxshilik qutqarishiga ishontiruvchi 3 ta surat

Atrofda boʻlayotgan baʼzi salbiy voqea-hodisalar umidsizlikka tushish uchun sabab boʻlolmaydi. Sizga taqdim qilinayotgan quyidagi fotosuratlar esa insoniyatga boʻlgan ishonchingizni tiklashga xizmat qilsa ajab emas.
😢10👍1
#Rasmiy_manbaa

Savol: Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o'quvchilar nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

Javob: Ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yo'nalishiga o'quvchilar 4-sinfni tugatib 5-sinfdan qabul qilinadi. Bunda o'quvchilarga matematika, ingliz tili va mantiqiy fikrlashga oid savollar beriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarning tabiiy fanlar yo'nalishiga o'quvchilar 6-sinfni tugatib 7-sinfdan qabul qilinadi. Bunda o'quvchilarga tabiiy fanlar, ingliz tili va mantiqiy fikrlashga oid savollar beriladi.
👍12
Odamlar nima deydi?

Tan olavering, ko'pchiligimizga shunday o'y doim hamroh bo'ladi. Biron ishni boshida turganda, kiyim tanlayotganda va boshqa mayda-chuydalarda...

🔹 Aslida bu "Odamlar men haqimda nima deb o'ylaydi" deb o'ylash tanamizdan katta energiyani chiqarib yuborar ekan.

🔸 Bilsangiz, ayollar hissiyotga boy bo'lgani uchun ham erkaklarga nisbatan energiyali bo'ladi. Biz esa shunday kuch-quvvatimizni shu kabi uncha muhim bo'lmagan narsalarni o'ylashga sarflab yuborar ekanmiz...

Unutmang, odamlar yaxshi bo'lsangiz ham, yomon bo'lsangiz ham nimalarnidir gapiradi. Shunday ekan, energiyangizni oilangizni yanada go'zal va farovon qilishga, ishingizni rivojlantirishga hamda atrofdagilarga yaxshilik ulashishga sarflang!
💯5👍3
#Ochiq_dars

25.04.2023-yil sanasida
🏢Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 7-A sinf o‘quvchilari bilan navbatdagi ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Dars o‘quvchilar 2 jamoaga bo‘lib musobaqa tarzida o'tkazildi. Natijada do‘stlik g‘alaba qozondi.
🏆Arximed jamoasi 🤝 Evrika jamoasi.
🔰Mavzu: Elastiklik kuchi. Guk qonuni.
👨‍💻 O‘qituvchi : oliy toifali fizika fani o‘qituvchisi Jabborov Vohidjon.
👏9👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o‘tolmagan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan ma’lumot berdi:

📑Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5 – 11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7 –11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi.

📈 Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.

📺 Kirish imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e’lon qilinadi.

👩🏻‍🏫 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

‼️Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

➡️ Boshqa qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi havolada batafsil tanishing
✍️✍️✍️✍️✍️

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidagi brifingda berilgan savollarga javoblar:

👉 00:18 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida qanaqa yoʻnalishlar tashkil etiladi va qaysi sinflarga necha nafar oʻquvchilar qabul qilinadi?

👉 00:48 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qachon va qanaqa hujjatlar topshiriladi?

👉 01:18 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshirish uchun oʻquvchining baholariga qanaqa talab qoʻyiladi?

👉 01:33 Oʻquvchi Respublikadagi xohlagan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshira oladimi?

👉 02:12 Kirish imtihonalarining natijalari qachon eʼlon qilinadi? 

👉 02:37 Qanday holatlarda hujjatlarni qabul qilish rad etiladi?

👉 03:10 Kirish imtihonlari takroran o‘tkaziladimi?

Agentlik axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bormi?

Yangilanayotgan Konstitutsiyada ta’lim olish huquqlarga oid 9 ta eng muhim yangiliklar belgilanmoqda

1. Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

2. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

3. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

4. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.

5. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

6. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

7. Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.

8. Oliy ta’lim tashkilotlari akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.

9. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1