#dars_jarayoni📚
🏢2023-yil 13-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Gulbadan Avezova tomonidan 5-A sinf o'quvchilari bilan adabiyot fanidan "Nido" dostoni matni bilan ishlash mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Darsda interfaol metodlardan
1. Moslikni top (Uyga vazifani so'rash).
2. Eydos konspekt (Rasm va uning izohdan iborat konspekt) foydalanildi.
📌Maqsad o'quvchilarning dars jarayonidaki fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

👍12🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiya_barchamizniki
"Men kimman oʻzi: dehqonmanmi, bankirmanmi, duradgor yoki obodonlashtirishda ishlaymanmi?” — oʻqituvchingizni esladingizmi?

👍5😢2
Forwarded from XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
#Yangiliklar
Mohir sarkarda va ijodkor, boburiylar sulolasi asoschisi, Amir Temur avlodi — Zahiriddin Muhammad Boburning xotiralarini sun’iy intellekt yordamida tasvirlaydigan “Boburnoma” loyihasi yoʻlga qoʻyildi.
“Boburnoma” loyihasi tariximizda o'cmas iz qoldirgan Amir Temur, Alisher Navoiy, Bibxonim, Husayn Boyqoro kabi shaxslarning suratlarini yaratmoqda. Bu tarixni o'rganishda ham yangi yo'nalishlarni ochib beradi.
Zamon bilan hamnafas yashayotgan yoshlarga Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzodek buyuk ajdodimiz haqida ko‘proq eslatish va o‘rgatish uchun mana shunday zamonaviy usullardan keng foydalanish juda ham samarali bo‘ladi, nazarimizda.
♦️Albatta obuna bo’ling va do’stlaringizga ulashing:👇👇👇
https://t.iss.one/boburnama

👍5
#dars_jarayoni
🏫2023-yil 14-aprel sanasida Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 7-A sinf o‘quvchilari bilan "Oliy majlis" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
🎞 Dars jarayonida bir nechta interfaol metodlardan foydalaniladi:
1.Muammoni hal qilish
2.Meni to‘g‘ri tanla
3.Lug‘at diktant kabilar shular jumlasidan.

Dars 👩💻 oliy toifali ona-tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Feruza Madiyorova tomonidan tashkil qilindi.
👏10👍4❤3
Forwarded from Hilola Umarova
Namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi?
So‘nggi kunlarda maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq turli holatlarni kuzata turib, yurtimizdagi barcha ota-onalarga bir savol bilan murojaat qilishni istadim: bugun biz namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi? Namunali ota-ona kim o‘zi?
Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarimiz tarbiyasi, aniqrog‘i tarbiyasizligi bilan bog‘liq ko‘plab videolar tarqalmoqda. Birida o‘g‘il bola o‘quvchi hech tap tortmay ustozi va qiz bola sinfdoshlari oldida kurakda turmaydigan mavzuda gapirishga haddi sig‘ayotgan bo‘lsa, boshqasida bir-bir bilan mushtlashayotgan o‘g‘il-qizlarga guvoh bo‘lish mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas.
Kelajagimizni ta’minlashda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, ezgu fazilatlarga ega yoshlarni voyaga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.
Xo‘sh, bunda bugungi ota-onalarning o‘rni va xizmatlari qanday bo‘lyapti? Bugungi namunali ota-onalarning hayotiy mezonlari nimalardan iborat?
Qayd etish joizki Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Namunali ota-ona” mezonlarida bu haqida quyidagicha muhim ta’riflar keltirib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, o‘z farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanadigan, uni tinglash uchun doim vaqt topa oladigan, farzandida o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirib, unga motivatsiya beradigan ota-onalar bu borada yetakchilik qiladi.
Farzandi ongida ma’naviy qadriyatlarni shakllantira oladigan, uni umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda jamiyatdagi qonun va qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan, bu borada o‘zi shaxsiy namuna bo‘la oladigan ota-onalar ham ushbu mezonga to‘la mosdir.
Farzandining bo‘sh vaqtini kimlar bilan va qanday o‘tkazayotganini doimiy nazorat qilib boradigan, uni ta’lim oladigan maktab jamoasiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalayotgan insonlar namunali ota-onalardir.
Sababi, yuqorida keltirib o‘tilgan o‘quvchilar ishtirokidagi salbiy holatlarning tag zamirida ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasi, kelajak taqdiriga befarqligi va uning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqmasligi yotibdi.
Istardimki, ota-onalarimiz, mahalla-ko‘y va bobo-buvilarimiz bolalarimiz bilan ko‘proq suhbat olib borishsa, ularning hayot, odob-axloq, kelajak orzulari, qiziqishlari haqida bolaning o‘zi bilan muloqot olib borsa.
Farzand tarbiyasidagi muvaffaqiyat kaliti bu albatta unga bo‘lgan muhabbat, g‘amxo‘rlik va hurmatdir. Farzand har jihatda namunani ota-onasidan oladi. Namunali ota-ona bo‘lishning shartlari esa juda oddiy va shu bilan birga juda murakkabdir. Ammo uning mevasi shirin, bu – farzand kamoloti va baxtidir.
Shunday ekan, aziz ota-onalar! Zimmangizga yuksak va ma’suliyatli vazifa yuklatilgan, oilangizda o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy muhit nafaqat farzandingiz tarbiyasiga, balki sizning kelajagingizga bevosita ta’sir etishini unutmasligingizni so‘rab qolaman.
Suratda bugungi kunda ikki nafar farzandi Prezident maktabida tahsil olayotgan, ularning ta’lim-tarbiyasida barchaga namuna bo‘la oladigan ota-onalardan biri Abdulhay va Nargiza Jo‘raevlar oilasi.