Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
427 subscribers
6.17K photos
411 videos
53 files
1.32K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education ta'lim platformasi bosh direktori Jefri Alfonso boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida vazirlik faoliyati hamda Alef education haqida ikki tomonlama taqdimotlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o’zaro hamkorlik, xususan Alef ta'lim platformasini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.

✔️ Ta’kidlash joiz, Alef education ta’lim platformasi:

🔹 O‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹 аniq va tabiiy fanlar, shuningdek xorijiy tillar yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.

❗️ Uchrashuv doirasida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent shahridagi Prezident va Olmazor tuman 22-sonli umumta'lim maktablari bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

📆 Ma’lumot o’rnida, Alef ta'lim platformasi rahbariyati bilan uchrashuvlar 12-aprelga qadar davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Arxiv
#Onlayn_dars
#4_dars

5-SINFLAR UCHUN MANTIQIY FIKRLASH DARSI


A'zo boling:
🚀 https://t.iss.one/J_Jangirov

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Матназар Абдулҳаким

***
Минг бор ўлдик, минг бор тирилдик,
Раҳм этмади вақт оҳимизга.
Такрор – такрор кўмилавердик,
Ўзимизнинг тупроғимизга.

Ватан сақлар жимлигимиздир,
Ватан айтадиган сўзимиз.
Бахт – ватандир, кулфат – ватандир,
Демак, Ватан – бизнинг ўзимиз.

Ҳайқирганим қўшиқ – ватаним,
Дилга армон куйим ватандир.
Очқаб келсам, қазноқдаги нон,
Ўлан тўшак уйим ватандир.

Кўзларингнинг қораси – ватан,
Қошларингнинг ораси – ватан.
Мушкулларим бўлмай қолса ҳал,
Чорасизлик чораси ватан.

Кўзларимга қалққан қатра ёш,
Тортаётган нолам ватаним.
Ёт элларда қолганим болам,
Ўн саккиз минг олам ватаним.

Ватанимсан, севгилим, жоним,
Юрагимдир юрагинг – тошинг.
Ҳаётинг ҳар куни ватаним,
Ва айниқса, ўн саккиз ёшинг.

Жўн бир ғубор, оддий тупроғим,
Ҳар зарра, ҳар маъданим ватан.
Керак эмас ўзга ватанлар,
Чунки менинг ватаним ватан.

Лабимдаги кулгу шундандир,
Шундан кўзларимга ёш қалққан.
Лаҳза тинмас, уравергай чарх
Бу муборак илоҳий халқа.

© Матназар АБДУЛҲАКИМ

https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFMinnToJEu--B39wQ
👍2
#dars_jarayoni📚
🏢2023-yil 13-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Gulbadan Avezova tomonidan 5-A sinf o'quvchilari bilan adabiyot  fanidan "Nido" dostoni matni bilan ishlash mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Darsda interfaol metodlardan
1. Moslikni top (Uyga vazifani so'rash).
2. Eydos konspekt (Rasm va uning izohdan iborat konspekt) foydalanildi.

📌Maqsad o'quvchilarning dars jarayonidaki fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
👍12🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiya_barchamizniki

"Men kimman oʻzi: dehqonmanmi, bankirmanmi, duradgor yoki obodonlashtirishda ishlaymanmi?” — oʻqituvchingizni esladingizmi?
👍5😢2
#Yangiliklar

Mohir sarkarda va ijodkor, boburiylar sulolasi asoschisi, Amir Temur avlodi — Zahiriddin Muhammad Boburning xotiralarini sun’iy intellekt yordamida tasvirlaydigan “Boburnoma” loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

“Boburnoma” loyihasi tariximizda o'cmas iz qoldirgan Amir Temur, Alisher Navoiy, Bibxonim, Husayn Boyqoro kabi shaxslarning suratlarini yaratmoqda. Bu tarixni o'rganishda ham yangi yo'nalishlarni ochib beradi.

Zamon bilan hamnafas yashayotgan yoshlarga Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzodek buyuk ajdodimiz haqida ko‘proq eslatish va o‘rgatish uchun mana shunday zamonaviy usullardan keng foydalanish juda ham samarali bo‘ladi, nazarimizda.

♦️Albatta obuna bo’ling va do’stlaringizga ulashing:👇👇👇

https://t.iss.one/boburnama
👍5