Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
414 subscribers
6.16K photos
409 videos
53 files
1.3K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Seminar_trening
#Matematika

🔴SEMINAR TRENINGLARGA START BERILDI

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Trening jarayonlari Xiva shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tmoqda. Mazkur treninglar 23-24-mart kunlari umumta'lim maktablarining matematika va ingliz tili fanlari o'qituvchilari uchun tashkil qilinadi.

⬇️Bizni kuzatishda davom eting
telegram | instagram
facebook | you tube
👍1
🏛"Ichan qal'a" davlat muzey-qo‘riqxonasi

⚡️21-31-mart "Yoshlar turizm haftaligi" doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 52-moddasida Davlat o‘qituvchilarning kasbi, sha’ni, qadr-qimmatini ulug‘lash, ularni har tomonlama mehnatini himoya qilish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi deyilgan. Men buni juda quvonib qabul qildim. Albatta, bu orqali o‘qituvchining obro‘si yanada ortadi. O‘qituvchi qadrlangan yurtda yoshlar to‘g‘ri ta’lim-tarbiya oladi. Ilm-fan rivojlanadi. Bu esa mamlakamizning baxtli kelajagi demakdir.

Anora Mahmudova,
O‘zbekiston Qahramoni


Siz ham befarq bo'lmang!
👍3
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Sirdaryo viloyatining 300 dan ortiq maktab direktorlari bilan uchrashib, zamonaviy maktab rahbari oldidagi vazifalar haqida gaplashdik.

Direktorlar meni eng koʼp oʼylantiradigan, taʼlimdagi ogʼriqli nuqtalardan biri. Koʼp yillar maktabda direktor boʼlganim uchun bu lavozimning mashaqqatini bilaman. Taʼlimda faqat sizlar bilan oʼzgarish qila olishimiz mumkin.

Har biringizdan birinchi navbatda halollik talab qilaman. Halol boʼlmagan insonga taʼlimda oʼrin boʼlishi mumkin emas. Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymayman. Direktor halol boʼlsa, uning yonida men turaman!

Siz bilan biz oʼqituvchilarning jamiyatdagi obroʼ va nufuzini yuksaltirishimiz kerak. Bugun nima uchun istagan ota-ona maktabga kelib, oʼqituvchiga gapirishga haddi sigʼyapti? Oʼz hurmatini, qadr-qimmatini bilgan oʼqituvchiga hech kim ortiqcha gapirishga haddi sigʼmaydi. Oʼqituvchilarning nufuzini koʼtarish esa siz-u bizning vazifamiz. Maktabga zamonaviy direktor rahbarlik qilsa, buni ota-ona ham sezadi. Shu bois lavozimingizni suiisteʼmol qilmagan holda maktabingizda taʼlim sifatini koʼtarishga oʼzingiz harakat qiling.

Viloyatda 325 ta maktab bor. Bu degani, shuncha rahbar va bir-biridan farq qiluvchi shuncha muhit degani. Shunday maktablar borki, infratuzilmasi yaxshi emas, lekin u yerdagi muhitni birorta zamonaviy maktabdan topa olmaysiz.

Yangilikni oʼzimizdan boshlashimiz kerak. Biz esa vazirlik jamoasi bilan birgalikda sizlar bilan yelkama-elka ishlaymiz.

Biz bir kemadamiz - ziyolilar kemasida. Bu tizimda muammo boʼlmasligi uchun oʼz ustimizda tinimsiz ishlashimiz lozim.

Ishimiz ham, jamoamiz ham oilamiz, har ikkisi tinch boʼlsa, koʼnglimiz xotirjam boʼladi. Shunday ekan, barchamizga doimo oiladan oilaga yorugʼ yuz bilan borish nasib qilsin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Ўқитувчилар учун семинар-тренинг
#25mar #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
👍1
#Tanlov
#Qushlarni_asraylik

❗️Tabiat resurslari vazirligi 1-aprel — "Xalqaro qushlar kuni" munosabati bilan ''Qushlarni asraylik'' Respublika tanlovini e'lon qildi.

⚡️ 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan ushbu tanlov shartlari juda ham oddiy. Shinam va chiroyli qush uyasini yasang hamda g'olib bo'ling. Ishtirok etish uchun @uzecoilm_bot orqali ro'yxatdan o'ting.

📝 Ro'yxatdan o'tish 30-mart kuni yakunlanadi. Tanlov 1-aprel kuni Respublikamizning barcha hududlaridagi istirohat bog'lari va jamoat parklarida o'tkaziladi. Toshkent shahri bosqichi Botanika bog'ida bo'lib o'tadi.

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
+998996339942 va https://teletype.in/@uzecoilm/qushlarkuni

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
😢1
#Xotin_qizlar_sport_musobaqasi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha Davlat siyosatining 2023-yilda amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar dasturining 85-bandida mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan ayollar o'rtasida sport musobaqalari tashkil etish ko'zda tutilgan.

👩🏻‍💼Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan bugun ta'lim muassasamizda ayollar o'rtasida sport musobaqalari o'tkazildi.Sportning shaxmat turi bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur musobaqa qizg'in tusda bo'lib o‘tdi.
Musobaqada quyidagicha hisob: 1-o‘rinni Xajixonova Kumush
2-o‘rinni Ahmedova Shoira
3-o‘rinni Allaberganoba Gulbahor egalladi .
🏆Musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlandi.
👍142💘1
Forwarded from Saboxat Saparova
#amaliy mashg'ulot
Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 5-A sinf o'quvchilari bilan matematika darsida "Omadli kubik " mavzusida qiziqarli mashg‘ulot o'tkazildi.
🔰 Maqsad: o‘quvchilardagi yaratuvchanlik qobiliyatini shakillantirish, ranglarni ajrata olish ko'nikmalarini rivojlantirish hamda do'stona munosabatlarni mustahkamlash.
👨‍🏫 o‘qituvchi: Matchanov Temur
👍6👏2