Surxondaryo viloyati Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Rasmiy kanali
353 subscribers
8.6K photos
613 videos
14 files
1.68K links
Сурхондарё вилояти автомобиль йўллари Бош бошқармаси матбуот хизмати
Бизни ижтимоий тармоқлардан қидиринг.
Instagram
https://www.instagram.com/invites/contact/?i=1bq2lbu8vtqps&utm_content=mgsn4
Download Telegram
Уй-жой қуришда асосий эътиборни эскирган уйлар ўрнида реновация асосида замонавий кўп қаватли уйларни кўпайтиришга қаратиш зарурлиги таъкидланди.

Реновация ҳисобига ердан фойдаланиш самарадорлиги 4-5 карра ошади, коммуникация харажати 2 карра камаяди.

Асосийси, бу орқали шу ҳудуддаги одамларнинг дунёқараши ўзгаради, турмуш тарзи тубдан яхшиланади, савдо-сервис, иш ўрни кўпайиб, иқтисодиёт ривожланади.

Бу борада Жиззах, Марғилон, Қўқон, Шаҳрисабз, Қарши шаҳарлари, Дўстлик ва пойтахт туманларида ишлар яхши бошлангани қайд этилди. Уларнинг тажрибасини барча ҳудудда оммалаштириш кераклиги, авария ҳолатидаги эскирган уйларда яшаётган одамлар буни кутаётгани кўрсатиб ўтилди.

Реновация асосида бу йил 20 мин хонадон қурилишини ташкил қилиш зарурлиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X
Жорий йилда уй-жой дастурларини молиялаштиришга бюджетдан 15,5 триллион сўм ресурс берилмоқда.

Банклар бунга қўшимча 10 триллион сўм йўналтиришни мақсад қилган. “Ипотека компанияси” ҳам бу мақсадларга 2,3 триллион сўм ресурс йўналтиради.

Мутасаддиларга 2025 йилда камида 70 мингта хонадон учун ипотека кредити тақдим этиш, шундан 30 минги учун кредитни бошланғич бадал учун бюджетдан субсидия тўлаб, даромади юқори бўлмаган оилаларга бериш вазифаси қўйилди.

Соҳада яширин иқтисодиётни янада қисқартириш учун янги уй-жой оладиган фуқароларга ўзи тўлаган маблағининг бир қисмини кэшбек қилиб қайтариш бўйича таклифлар ишлаб чиқиш топширилди.

Йиғилиш давомида мутасаддилар ва ҳудудлар раҳбарларининг ахбороти тингланди.

Facebook|Instagram|X
#SURXONDARYO_VILOYATI

🌐 PIYODALAR YO‘LAKCHASI VA VELOYO‘LAK QURILMOQDA

Bugun Surxon vohasining shaharu qishloqlari, hatto, eng olis va chekka hududlarida ham bunyodkorlik ishlari avjida.
Ayni jarayonga Surxondaryo viloyati AYBB va uning tarkibidagi korxonalar o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelyapti.
◾️ Xususan, Uzun tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan shu kunlarda mahalliy ahamiyatidagi 75V050 (4N1585) “Uzun sh.-Guliston q.-Yangi kuch q.” avtomobil yo‘lining 0–1-kilometrlari oralig‘idagi qismida aholining piyoda va velosipedda yurishi uchun beton qorishmasi bilan maxsus yo‘lakchalar qurish ishlari olib borilyapti.
◾️ Shu vaqtga qadar mazkur avtomobil yo‘lining belgilangan qismida asos ishlari to‘liq bajarildi. Ayni kunlarda ushbu maydon chetiga kichik beton ariqchalarni yotqizish ishlar amalga oshirilmoqda.
📍 Jarayonlar jadallik bilan davom ettirilyapti.


Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛣SURXONDARYO VILOYATI
⚡️O‘QUV SEMINAR

✍️Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tomonidan boshqarma tarkibidagi korxona va tashkilotlari rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030 strategiyasi” ni Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan tadbirda barcha TYFKDMlari rahbar-xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda Surxondaryo viloyati hududidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari hamda ko‘priklarni 2025-yildagi ta’mirlash va saqlash obyektlari, hamda joriy yilda yangi boshlanadigan qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarida ishlarni tashkil qilish tartibi xususida o‘zaro fikr-mulohazalar almashindi.
Savol-javoblarga boy tarzda kechgan seminar davomida “Surxondaryoyo‘lko‘kalam” DM tomonidan bajarilgan ishlar holati bo‘yicha ham batafsil ma’lumot berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: Tadbirkorlik osonmas, uning uchun juda qattiq mehnat kerak, uyqudan voz kechish kerak, kecha-yu-kunduz yugurish kerak. Qo‘limizdan kelsa yordam beraylik, qo‘limizdan kelmasa unga xalaqit qilmaylik!

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi onlayn formatdagi qabulida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalarga, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan ayrim holatlarga to‘xtalib, yechimi borasida aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Videoni to‘liq formatda quyidagi havola orqali tomosha qiling:
https://youtu.be/r43yB5lZSD4

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
#Халқ_хизматчиси

Туляев Бахтиёр Куйлиевич, Автомобиль йўллари қўмитаси
Сурхондарё вилояти АЙББ бошлиғи ўринбосари

▫️Б.Туляев 1975 йил Сурхондарё вилоятида туғилган, оилали.

🔝 Мутахассислиги: Муҳандис-қурувчи

🔝Соҳадаги ташаббуслари: Йўл хўжалиги соҳасида автомобиль йўллари тармоғини хисобга олиш тизимини такомиллаштиришда, автомобиль йўлларини қуриш, қайта қуриш, таъмирлаш ва сақлаш ишлари таснифини ишлаб чиқишда, Сурхондарё вилоятини 2015-2019 ҳамда 2020-2024 йилларда йўл-транспорт инфратузилмасини ривожлантириш дастури лойиҳалари ишлаб чиқилишида иштирок этган.

«Ўзбекистон Конституциясининг 30 йиллиги» эсдалик нишони билан тақдирланган. Муҳим саналар ва касб байрами муносабати билан фидойилиги учун ташкилот раҳбариятининг Ташаккурномаларини қабул қилган.

🔝 Мақсади: Йўл хўжалиги тармоғидан замонавий талаблар асосида фойдаланишни ташкил қилиш, соҳани рақамлаштириш жараёнларида иштирок этиш.

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SURXONDARYO_VILOYATI

◾️JORIY TA’MIRLASH ISHLARI AVJIDA

✍️ Ma’lumki, tabiiy ofatlar avtomobil yo‘llari sifatiga salbiy ta’sir etuvchi eng asosiy omil sanaladi. Ayni shu kabi omillar davlat ahamiyatidagi D162 (4R104) “Qumqo‘rg‘on sh.-Kofurun q.-Boysun sh.” avtomobil yo‘lining ayrim qismlariga zarar yetkazib kelayotgan edi.
📍Ushbu nosozliklarni bartaraf etish maqsadida Qumqo‘rg‘on, Bandixon va Uzun TYFDMlari tomonidan D162 (4R104) avtomobil yo‘lining Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan 0–12-kilometrlari oraliqidagi qismida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
◾️ Obyektning umumiy uzunligi 8 kilometr bo‘lib, hozirda yo‘lning ushbu qismidagi mavjud eski asfalt qoplamasini buzib olish va chiqarib ketish ishlari amalga oshirilyapti.
⚡️ Keyingi bosqichlarda qum-shag‘al aralashmasidan asos qurish hamda asfalt qoplamasini yotqizish ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.
🗺 Joriy ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM