Forwarded from Avtomobil yo'llari qo'mitasi
#SURXONDARYO_VILOYATI
⚡️ TOPSHIRIQLAR IJROSI TA’MINLANMOQDA
✍️ Prezident topshirig‘iga asosan Surxon vohasining Muzrabot tumanidan kesib o‘tuvchi, davlat ahamiyatidagi D163 (4R110) “Sherobod sh.-Pashxurt q.-Oqtosh q.-Muzrabot q.” avtomobil yo‘lining 62–72-kilometr qismlarida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🔼 Mazkur tumanning “Sopollitepa”, “Xalq yo‘li”, “Mehrigiyoh” va “Tong yulduzi” mahallalaridan kesib o‘tuvchi hamda hududni Sherobod tumani bilan bog‘lovchi ushbu yo‘lning 10 km qismini ta’mirlash belgilangan.
◾️ Hozirda Muzrabot tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan maxsus texnikalar hamda mashina-mexanizmlar yordamida ushbu yo‘lning 62–72-kilometrlar oralig‘ida ta’mirlash ishlarining so‘nggi bosqichi, ya’ni, asfaltlash ishlari olib borilyapti.
📊 Bundan nafaqat mahalliy aholi, balki, yo‘lovchi va haydovchilar ham behad mamnun.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Avtomobil yo'llari qo'mitasi
#SURXONDARYO_VILOYATI
#JARAYON
📌 Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Angor tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan Muzrabot tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatydagi 75V068 (4N1603) “Mehnatobod q.-75V045 avtomobil yo‘li (19 km ga)” avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
◾️ Dastlabki bosqichda mazkur avtomobil yo‘lining 2–9-kilometrlari oralig‘idagi 7 kilometr qismining yaroqsiz qora qoplamasi buzib olinib, asos yotqizish ishlari bajarildi.
✍️ Kuni-kecha mahalliy ahamiyatydagi ushbu avtomobil yo‘lining 2–5-kilometrlari oralig‘idagi 2,5 kilometr qismida yakuniy bosqich, ya’ni, asfaltlash ishlari amalga oshirildi.
📈 Jarayonlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Avtomobil yo'llari qo'mitasi
#SURXONDARYO_VILOYATI
⭐️ AVTOMOBIL YO‘LLARIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
📢 Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Sariosiyo TYFDM tomonidan hududdan o‘tuvchi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
⚡️ Xususan, ayni kunlarda Xalqaro ahamiyatdagi M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining yog‘ingarchiliklar natijasida nosozliklar yuzaga kelgan 1462⸺1467-kilometr qismlarida belgilangan reja asosida, maxsus texnikalar yordamida tamirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
✔️ Buning uchun Sariosiyo TYFKDM tomonidan 6 ta maxsus texnika va mashina mexanizm (freza, samasval, katok) hamda 15 nafar ishchi-xodim jalb etilgan.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Avtomobil yo'llari qo'mitasi
#SURXONDARYO_VILOYATI
☄️ JARAYON
◾️ Ma’lumki, olis va chekka tumanlarda zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlari qurilishini jadallashtirish maqsadida hududlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilyapti. Ayni jarayonda Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llar Bosh boshqarmasi va uning tarkibidagi korxonalar faollik ko‘rsatishmoqda.
Xususan, belgilangan reja asosida Angor TYFDM tomonidan tumanning “Sharq guli” mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida ham ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonda dastlab, massivning belgilangan qismlari tekislandi. Hozirda tosh-shag‘al aralashmasidan asos yotqizish ishlari jadallik bilan olib borilyapti. Yakuniy bosqichda esa sement-beton qoplamasi to‘shalishi rejalashtirilgan.
Jarayonlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
Xususan, belgilangan reja asosida Angor TYFDM tomonidan tumanning “Sharq guli” mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida ham ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonda dastlab, massivning belgilangan qismlari tekislandi. Hozirda tosh-shag‘al aralashmasidan asos yotqizish ishlari jadallik bilan olib borilyapti. Yakuniy bosqichda esa sement-beton qoplamasi to‘shalishi rejalashtirilgan.
Jarayonlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Avtomobil yo'llari qo'mitasi
UzA | Prezident tashabbusi – amalda: Nosoz yo‘llar aholi murojaati bilan yangilanmoqda
Surxondaryo viloyatida yo‘llarning nosozligi uzoq yillar aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘ldi. O‘sha yillarda xalq dardini tinglab, bu masalani yechishga mutasaddilarda mas’uliyat hissi bo‘lmadi shekilli, murojaatlar hal etilmay qolaverdi. Xalq bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilgach, odamlarning haqli talab va takliflari e’tiborga olina boshlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 16 ming 170 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘li mavjud. Uning 2 ming 843 kilometr uzunlikdagi qismi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari bo‘lib, avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarruf etadi. 13 ming 327 kilometri mahalliy hokimliklar balansidagi xo‘jaliklararo qishloq, shahar va aholi punktlaridagi ko‘cha yo‘llaridir. Vohada 351 kilometr xalqaro, 990 kilometr davlat va 1 ming 502 kilometr mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘li bor.
Batafsil: https://uza.uz/posts/682378
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

RASMIY MUNOSBAT
“Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan mazkur murojaat yuzasidan Surxondaryo viloyati Avtomobli yo‘llari Bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Murojaatda keltirilgan yo‘l - Boysun TYFDMga qarashli 75D161b (4R105a) “Boysun shahriga” avtomobil yo‘lining davomi bo‘lib, korxona balansida emas.
VMning 774-F qaroriga asosan Boysun tumanining “Pasurxi” MFY hududidan o‘tuvchi 75D161b (4R105a) “Boysun shahriga” avtomobil yo‘lining 4–6-km qismlari loyiha-smeta hujjatlariga asosan loyihalashtirilib, 3 km qismi asfalt-beton qoplamasi bilan to‘liq qurib berildi.
Ushbu jarayonda murojaatda ko‘rsatilgan MTTga olib boruvchi avtomobil yo‘lining 50 metr qismi korxona homiyligi asosida qurib berildi.
Murojaatda ko‘rsatilgan joy Boysun TYFDM balansida bo‘lmagan va murojaat muallifiga bu haqda tushuntirilgan.
Murojaatchi holatni noto'g'ri talqin qilganini anglab yetgan va homiylik asosida qurilgan yo'l uchun tashakkurnoma ham yozib bergan.