SURXONDARYO FVB
3.98K subscribers
6.45K photos
897 videos
2.43K links
Surxondaryo favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot kanali
🚨 Favqulodda vaziyatlar haqida xabardor bo‘ling
📞 Telefon: 101 | 1050
Download Telegram
#тадбир #ўрганиш

Бош прокурор ўринбосари — Ўзбекистон Республикаси Ҳарбий прокурори Б.Кудратходжаев томонидан Сурхондарё вилояти фавқулодда вазиятлар бошқармаси фаолияти ўрганилди.

Шу аснода ходимлар билан мулоқотлар ўтказилиб, мавжуд шароитлар, шунингдек, қиш мавсумига доир тадбирларга асосий эътибор қаратилди.

Термиз ҳарбий госпиталида эса олиб борилаётган қурилиш-таъмирлаш ва хоналарни пардозлаш ишлари аҳволи ўрганилиб, иншоотларни замонавий тиббий анжомлар билан жиҳозлаш масалаларида тегишли тавсиялар берилди.

https://t.iss.one/Surxondaryo_FVB
Қиш мавсумни толафатларсиз ўтказиш мақсадида

Вилоят Фавқулодда вазиятлар бошқармаси бошлиғи ўринбосари томонидан хамда ҳамкорликдаги ташкилотлар билан биргаликда Ангор туманида жойлашган ижтимоий соҳа объектларнинг қиш мавсумига тайергарлиги ва мавсумни толафатларсиз ўтказиш бўйича тушунтириш ишлари амалга оширилиб ис гази, газ ва ҳаво аралашмасининг чақнаши, ёнғинларни олдини олиш бўйича профилактик тадбирлар амалга оширилди.

https://t.iss.one/Surxondaryo_FVB
Yongʻin xavfsizligi oyligi doirasida profilaktik oʻrganishlar olib borildi.

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari hamda Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi tumandagi olis hududlardan biri Bogʻcha qishlogʻidagi 44-maktab va 31-maktabgacha taʼlim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda yongʻin xavfsizligi holatini oʻrgandi.

Oʻrganish davomida maʼsullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Shuningdek tuman markazida oʻrnatilayotgan Yangi yil bayrami archasining mustahkamlik va yongʻin xavfsizligi holatini koʻzdan kechirilib mavjud holat boʻyicha maʼsullariga koʻrsatmalar berdi.

https://t.iss.one/Surxondaryo_FVB
Boshqarma rahbariyati va Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari birgalikda Shargʻun shaharchasining markaziy shifoxonasi isitish tizimini oʻrgandi, xodimlarga yongʻin xavfsizligi qoidalari boʻyicha yoʻriqnoma berildi.

Shuningdek maʼsullar tomonidan Sariosiyo tumanidagi tibbiyot texnikumining talabalar turar joyi isitish tizimi koʻzdan kechirilib oʻqituvchi va oʻquvchi yoshlarga yongʻin xavfsizligi qoidalari boʻyicha tushunchalar berildi.

https://t.iss.one/Surxondaryo_FVB
Qiziriq tumanida tungi profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan Qiziriq tumanida tunda insonlar qoladigan obyektlarda oʻrganish ishlari davom etmoqda

Boshqarma boshligʻi tomonidan Qiziriq tumanida joylashgan Qiziriq pedogogika kollejida boʻlishib isitish tizimi koʻzdan kechirildi hamda masʼul xodimlarga qoʻshimcha yoʻriqnomalar berilib is gazi, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yongʻinlarni oldini olish boʻyicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Aziz hamyurtlar! Yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling
Unitmang, xavfsizligingiz oʻz qoʻlingizda!

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish; 👉👉
https://t.iss.one/Surxondaryo_FVB