SURXONDARYO FVB
4.24K subscribers
8.76K photos
1.13K videos
3.08K links
Surxondaryo favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot kanali
🚨 Favqulodda vaziyatlar haqida xabardor bo‘ling
📞 Telefon: 101 | 1050
Download Telegram
#Xavfsiz_bayram

⚡️Pirotexnika vositalaridan ogoh bo‘ling❗️
🔰Bayramlar ichida “Yangi yil” o‘z shukuhi, o‘z tarovati bilan ajralib turadi. Biroq shunisi achinarliki, ushbu bayram arafasida dilni xira qiladigan pirotexnika vositalari ko‘pchilikning tinchini buzadi. Hatto ba'zi hollarda atrof muhit hamda insonlar salomatligi, hatto hayotlariga xavf soladi. Shuningdek, kuchli yong‘in holatlariga ham sabab bo‘lishi mumkin.

🔘Pirotexnika vositalaridan foydalanish quyidagicha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:

🔹 tananing yuz, ko‘z, qo‘l sohalarida og‘ir chuqur kuyish jarohatlarining yuzaga kelishi;
🔹 ko‘zlarning shikastlanishi natijasida ko‘rish faoliyatining qisman yoki butunlay buzilishi;
🔹 olingan kuyish jarohatidan keyin plastik operatsiyalar o‘tkazishga muhtojlik;
🔹 kuygan sohalarida dag‘al chandiqlar, qo‘l barmoqlari sohalarida kontrakturalar hosil bo‘lishi;
🔹 asoratlar bemorlarning ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi;
🔹 kuchli yong‘in holatlarini keltirib chiqarishi va boshqalar

💢Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan bayramni osuda o‘tkazish maqsadida barcha xavfsizlik qoidalariga rioya etishni so‘raydi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
#kun_tavsiyasi

⚠️Isitish uskunalaridan foydalanish bo‘yicha
kun tavsiyasi

⭕️ Isitish pechini ishlatishdan oldin uning sozligiga e‘tibor qarating.

⭕️ Isitish pechi ishlatilayotganda uning mo‘risi va dudburoni vaqti-vaqti bilan tozalanib turishi kerak.

⭕️ Nosoz pech yong‘inga olib kelishi va is gazidan zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.

Xavfsizlik o‘z qo‘lingizda!


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Tungi nazorat profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi boshchiligida ishchi guruhi tomonidan Termiz shahrida tunda insonlar qoladigan obyektlarda oʻrganish ishlari amalga oshirildi
.

Oʻrganish davomida mutasaddilar tomonidan Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida boʻlishib isitish qozonxonalari koʻzdan kechirilib masʼul xodimlarga qoʻshimcha yoʻriqnomalar berildi.

Shu bilan birgalikda Oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi Termiz muhandislik-texnologiya instituti talabalar turar joyida ham boʻlishib oʻquvchi talabalarga is gazi, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yongʻinlarni oldini olish boʻyicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Aziz hamyurtlar! Yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling
Unitmang, xavfsizligingiz oʻz qoʻlingizda!

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati

https://t.iss.one/Surxondaryo_FVB
⚡️Is gazidan saqlanish uchun nima qilish kerak?

👆Yuqoridagi infografika orqali barchsini bilib olishingiz mumkin.

Boshqa
yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar❗️

🔹Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.

☝️Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishni so‘rab qoladi.


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Hurmatli fuqarolar❗️ Is gazidan ogoh bo‘ling⚠️

Is gazi – rangsiz, hidsiz, tamsiz zaharli gazdir⚠️

⚡️Is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qiling:
🔹 qo‘lbola va nosoz isitish moslamalaridan foydalanmang;
🔹 tungi vaqt o‘rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang;
🔹 oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
🔹 isitish pechlari va ularning dudburonlarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering;
🔹 gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;
🔹 xonani isitish maqsadida ochiq olovdan aslo foydalanmang.

💢Oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi hamda salomatligini asrash oʻz qoʻlingizda!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 12 декабрь куни қиш мавсумини беталафот ўтказиш бўйича вазифаларнинг бажарилиш ҳолати муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева 12 декабря состоялось видеоселекторное совещание, на котором обсужден ход выполнения задач по устойчивому проведению зимнего сезона.

#Mirziyoyev #videoselektor #qish #energetika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi fuqaro muhofazasi boshligʻi Ulugʻbek Qosimov: “Aholi xavfsiz va tinch boʻlib, issiq uylarida yashashini taʼminlash uchun biz masʼulmiz”

https://t.iss.one/Surxondaryo_FVB