Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.58K photos
2.6K videos
98 files
7.44K links
Download Telegram
#bilimlar_kuni

Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi!


Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Termiz tumanidagi 3-umumta’lim maktabida ham Bilimlar kuni katta xursandchilik bilan qarshi olindi.

“Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov hamda Termiz tumani hokimi o‘rinbosari Shuxrat Qalandarov so‘zga chiqib, ustoz-murabbiylar va o‘quvchilarni navbatdagi o‘quv yilining boshlanishi va Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi bilan muborakbod etdi.

Ta’lim sohasini rivojlantirish va o‘quvchilarning puxta bilim olishlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar, eng avvalo istiqlol bergan keng imkoniyatlar samarasi ekanligi ta’kidlanib, mustaqillikning qadriga yetish, ona diyorimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish shu yurtda kamol topayotgan har bir o‘g‘il-qizning ezgu maqsadlari qatoridan joy olishi lozimligi qayd etildi.

Viloyat 4-sektor rahbari maktab ostonasiga endigina qadam qo‘ygan jajji o‘g‘il-qizlarni ilm-ma’rifat maskaniga tashrifi bilan qutlab, Prezident sovg‘asini topshirdi.

👉 Telegram
👍6