Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.57K photos
2.6K videos
98 files
7.44K links
Download Telegram
#savol_javob

- I guruh nogironiman. Umumiy yer maydoni 15 sotixdan iborat 2 ta uyim bor. Bittasi shahar markazida, ikkinchisi qoʻshni tumanda joylashgan. I va II guruh nogironlari yer soligʻidan ozod ekan. Savolim, mazkur imtiyoz 2 ta yer uchastkamga ham qoʻllaniladimi?

🔰 Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻidan ozod etilgan va ushbu soliq imtiyozi soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.

❗️Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumonomasi asosida, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq kodeksi 436-modda

👉 Telegram
#savol_javob

–Men I guruh nogironiman. O‘tgan yili 3 xonali uy sotib oldim. 2025-yil uchun 378 ming so‘m mol-mulk solig‘i hisoblanganligi to‘g‘risida xabarnoma keldi. Nogironligi bor shaxslarga mol-mulk va yer solig‘idan imtiyozlar bor deyishgandi. Hech qanday imtiyoz qo‘llanilmadi. Shu haqda ma’lumot bersangiz.


▫️Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq I va II guruh nogironligi bo‘lgan jismoniy shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.
(Ya’ni uyingiz 85 kvadrat metr bo‘lsa, shundan 60 kvadrat metriga mol-mulk solig‘i hisoblanmaydi. Qolgan 25 kvadrat metriga belgilangan tartibda soliq hisoblanadi.)

▫️Shuningdek, Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ham ozod etilgan.

🔗 Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etishi lozim.

❗️Siz soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqingizni tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etmaganingiz tufayli soliq imtiyozi qo‘llanilmagan.

👉 Telegram
#savol_javob

- 5-toifadagi hududlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod etilganmi?

🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini hudud uchun belgilangan eng kam stavkaning to‘rtdan bir qismi miqdorida to‘laydi.

⬆️ Yuqorida keltirilgan Prezident Farmoniga o‘zgartirish kiritilgunga qadar 5-toifada faoliyat yuritayotgan YATTlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilingan edi.

Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq va Oltinsoy tumanlari 5-toifadagi hududlar tarkibiga kiritilgan.

👉 Telegram
#savol_javob

- O'tgan yili xarid qilgan uyimni sotsam daromad solig'i to'laymanmi?

Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi:
▫️noturar joylar;
▫️36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylar.

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qatʼiy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig'i to‘lashi lozim.

Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan ko‘p muddatda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va uch yillik muddat soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan har bir obyekti bo‘yicha alohida hisoblanadi.

Jismoniy shaxs mulkida 3 yildan kam muddatda turar joyni sotishdan olgan daromadlari to‘g‘risida doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay, jami daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi va daromad solig‘i summasini 1-iyunga qadar to‘lashi lozim.

Shuningdek, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar bo‘yicha sotib olish va sotish qiymati o‘rtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Ko‘chmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.

👉 Telegram
#savol_javob

🔴 Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari uchun suv solig‘i to‘lanadimi?

Soliq kodeksining 442-moddasiga muvofiq sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari (bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

⚪️ Eslatib o‘tamiz quyidagilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti hisoblanmaydi:

▫️ notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari;

▫️ sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari, bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

▫️atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

▫️ shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga qayta quyiladigan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

▫️ gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari;

▫️ issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv resurslari;

▫️ qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sho‘rlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslari;

▫️kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari.

👉 Telegram
#savol_javob

- Jismoniy shaxs noturar joyni yuridik shaxsga ijaraga berganda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JSHDS) qanday tartibda to‘lanadi?

✔️ Mazkur holatda jismoniy shaxsning noturar joyni ijaraga bergan daromadidan olinadigan soliq ijaraga oluvchi soliq agenti, ya’ni yuridik shaxs tomonidan to‘lov manbaidan to‘lab beriladi.
Soliq kodeksining 386-moddasiga muvofiq, soliqni to‘lov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va budjetga o‘tkazish majburiyati soliq to‘lovchiga daromad to‘laydigan yuridik shaxs zimmasiga yuklatiladi.
🔻 Soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, yuridik shaxs ushlab qolinmagan summani va u bilan bog‘liq penyani Soliq kodeksiga muvofiq budjetga o‘tkazib beradi.

👉 Telegram
#savol_javob

– Sanoat korxonasida suvdan foydalanish uchun belgilangan limitdan ortiqcha suv ishlatilganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qanday tartibda hisoblanadi?

Soliq kodeksining 445-moddasiga muvofiq, sanoat korxonalari tomonidan belgilangan limit doirasida foydalanilgan yer usti suv resurslari manbalarining 1 kub metri uchun 700 so‘m, yer osti manbalarining 1kub metri uchun 850 so‘m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoblanadi.

⚠️ Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.

👉 Telegram
#savol_javob

- Qanday hollarda soliq organlarining qarorlari asosida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi?

🔴 Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organi tomonidan mazkur soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:

🔻 ushbu soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda;

🔻 soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;

🔻soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda. Soliq organi mansabdor shaxsining kirishiga to‘sqinlik qilinishi uning o‘zi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turadi;

🔻 soliq to‘lovchining (soliq agentining) o‘zi ko‘rsatgan manzilda yo‘qligida.

👉 Telegram
#savol_javob

Pensionerlarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilingan. Mazkur imtiyoz pensionerning mulkida bo‘lgan noturar obyektga nisbatan qo‘llanilishi mumkinmi?

🟢 Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq pensionerlarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan.

❗️Soliq imtiyozi pensionerning tanloviga ko‘ra faqat 1 yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.

⚪️ Jismoniy shaxslarning, shu jumladan pensionerlarning noturar obyektlari uchun mol-mulk solig‘i quyidagi tartibda hisoblanadi.

◽️2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:

📍Toshkent shahrida – 3 mln 300 ming soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln 200 ming soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 mln 300 ming soʻm.

⚠️ Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan 2 yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.

👉 Telegram
#savol_javob

– Men o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganman. To‘ylar va turli marosimlarni foto va video tasvirlarga olaman. O‘zimga yordamchi xodim yollashim mumkinmi?

📌 “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qilish huquqiga ega emas.

👉 Telegram