Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
683 subscribers
5.09K photos
334 videos
37 files
1.27K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
#Yangiariq_IM_
#Faxrimiz_

14-sentabr kuni Gurlan tumanida o'tkazilgan Xorazm viloyati hokimi olimpiadasida Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi matematika fanidan faol qatnashib, quyidagi natijalarni qo'lga kiritdi:

🥇Og'aboyev Shamsiddin - 6-sinf o'quvchisi, 1-o'rin;
🥇Bahodirov Akmal - 8-sinf o'quvchisi, 1-o'rin;
🥈Toirov Tohirjon - 8-sinf o'quvchisi, 2-o'rin;
🥉Sharipov Salohiddin -6-sinf o'quvchisi, 3-o'rin;
🥉Vaisov Elshod - 6-sinf o'quvchisi, 3-o'rin.

💫O'quvchilarimizni va ularning jonkuyar ustozlarini ushbu muvaffaqiyatli natijalar bilan tabriklaymiz!
Forwarded from Sardor Bazarbaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktablari

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sport vaziri Adham Ikramov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov, boks maktabi oʻquvchilari va ota-onalar, pedagog-murabbiylar ishtirok etdi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich imtihonlari 27-28-29-avgust kunlari o‘tkazildi.

Unda talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtishdi.

Ikkinchi bosqich imtihonlari 30-avgust kuni oʻtkazildi. Unda talabgorlar psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlaridan oʻtdi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlaridan oʻtgan 96 nafar oʻquvchi qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yangiariq_IM_
#ota_onalar_majlisi

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 16-sentabr sanasida 6 va 8-sinf o'quvchilari ota-onalari ishtirokida umumiy yig'ilish o'tkazildi.

Majlis davomida bugunga qadar yuqori natijalarga erishib kelayotgan o'quvchilarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirilib, yangi o'quv yili uchun rejalar, tartib-qoidalar rahbariyat va ustozlar tomonidan tanishtirildi. Ota-onalar ham o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, takliflarini aytishdi.