Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
682 subscribers
5.26K photos
343 videos
37 files
1.3K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
🔗 Bugun  Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida  Britaniya Menejment Universiteti  bilan hamkorlikda umumiy o'rta ta'lim maktablari, Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi  hamda "YANGIARIK EDUCATION CENTRE" nodavlat maktabining 11-sinfida ta'lim olayotgan, iqtidorli, ingliz tilidan xalqaro sertifikatga ega bitiruvchi o'quvchilari bilan amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitet xodimlari va universitet rektori  Conrad Ozóg, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi metodisti G.Nazarova,  tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri Sh.Asqarova, Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Sh.Qo'chqorov, maktab maslahatchisi T. Otajonovlar ishtirok etdilar.
 
Uchrashuv juda gʻizgʻin va samimiy ruhda oʻtdi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
🌐 Telegram  |   Facebook
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Бугун Сенат ўқитувчиларни мажбурий меҳнатга жалб этганлик учун жиноий жавобгарликкача бўлган жазони назарда тутувчи қонунни маъқуллади.

Бу — ўқитувчилар ҳимояси йўлида ташланган катта қадам. Ишончим комилки, энди уларни вазифасига кирмайдиган ишларга мажбурламоқчи бўлганлар қонун олдида жавоб беришига тўғри келади.

Қонунни Президент имзолагач, ўқитувчилар, умуман, таълим соҳаси учун катта воқелик бўлади. Кутамиз.

___

Сегодня Сенат одобрил закон, предусматривающий наказание вплоть до уголовной ответственности за привлечение учителей к принудительным работам.
 
Это большой шаг в защите учителей. Уверена, что те, кто хочет заставить педагогов делать то, что не входит в их обязанности, будут отвечать перед законом.
 
Когда закон будет подписан Президентом, это станет неоспоримой реальностью для учителей и сектора образования в целом. Ждём
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi

🌹Bugun Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o'quvchilar ertalab ayol ustozlarni, qizlarimizni va maktab xodimlarini bayramona kutib oldilar.

🌺 Bayramingiz muborak bo'lsin aziz ayollar!!!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
🌐 Telegram | Facebook
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Bayram_tadbiri

🔰Bugun Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Ayolga ta'zim" nomli bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔸Bayramona tadbirda maktabimiz direktori Sher Qo'chqorov barcha ayol ustozlarni, o‘quvchi qizlar, onalarimizni bahoriy bayram gultoji bo‘lgan 8-mart bilan samimiy muborakbod etdi.

Shundab so'ng maktabimizning 8-v sinf o'quvchilar tomonidan tayyorlangan she’r va raqslar, badiiy-musiqiy chiqishlar taqdim qilindi.

🌹Ayol- nozik qalb egasi, go'zallik shaydosi, borliqning mo''jizakor hilqati, munavvar olamning chiroy ko'zgusi, sizlarni 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar ayyomingiz bilan muborakbod etamiz, doimo yuzingizdan kulgu, lablaringizdan tabassum, qalbingizdan bahorning chiroyi tark etmasin.

Bayrmingiz muborak bo'lsin!

Aziz va mo'tabar ayollar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
🌐 Telegram | Facebook