Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
681 subscribers
5.17K photos
336 videos
37 files
1.28K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
#Расман
⚡️Тарих ва география фанларидан ҳам миллий сертификат имтиҳонлари ўтказилади

Умумтаълим фанларидан миллий сертификат имтиҳонларини ўтказиш графиги:

📆 Маълумки, 2023 йил 19 февраль куни барча ҳудудларда математика ва биология фанларидан миллий сертификат имтиҳонлари ўтказилди.

📌 2023 йилнинг 1-ярмида кимё, физика, она тили ва адабиёт, тарих ҳамда география фанларидан миллий сертификат имтиҳонларини ўтказиш режалаштирилган.

Талабгорларнинг мурожаатларидан келиб чиққан ҳолда 2023 йилнинг 1-ярми учун миллий сертификат имтиҳонларини ўтказиш графиги ишлаб чиқилди.

👉 Унга кўра кимё ва физика фанларидан:

🔹 рўйхатга олиш — 23 февралдан 8 мартгача;
🔹 тест синовлари — 2 апрель куни;

👉 она (ўзбек, рус, қорақалпоқ) тили ва адабиёт фанидан:

🔹 рўйхатга олиш — 3 апрелдан 16 апрелгача;
🔹 тест синовлари — 30 апрель куни;

👉 тарих ва география фанларидан:

🔹 рўйхатга олиш — 24 апрелдан 7 майгача;
🔹 тест синовлари — 21 май куни ўтказилади.

🖥 Талабгорларни рўйхатга олиш my.dtm.uz сайтининг “Миллий сертификат” бўлими орқали амалга оширилади.

👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот.

Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇

https://t.iss.one/+jdDEcMOPTegwNTc6
https://t.iss.one/+jdDEcMOPTegwNTc6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_turniri

🌐  Bugun Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi"  Rajabboy aka Qurbonov tavalludining 90-yilligiga bag‘ishlangan matematika fanidan xotira turniri bo‘lib o‘tdi.

Xotira turnirida maktabning 5-10 sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir so‘ngida Rajabboy aka Qurbonovning shogirdlari va yaqinlari tomonidan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
🌐 Telegram  |   Facebook
🔗 Bugun  Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida  Britaniya Menejment Universiteti  bilan hamkorlikda umumiy o'rta ta'lim maktablari, Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi  hamda "YANGIARIK EDUCATION CENTRE" nodavlat maktabining 11-sinfida ta'lim olayotgan, iqtidorli, ingliz tilidan xalqaro sertifikatga ega bitiruvchi o'quvchilari bilan amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitet xodimlari va universitet rektori  Conrad Ozóg, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi metodisti G.Nazarova,  tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri Sh.Asqarova, Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Sh.Qo'chqorov, maktab maslahatchisi T. Otajonovlar ishtirok etdilar.
 
Uchrashuv juda gʻizgʻin va samimiy ruhda oʻtdi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
🌐 Telegram  |   Facebook