Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
767 subscribers
6.75K photos
404 videos
39 files
1.5K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
#Integratsion_dars

💤 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kimyo fani oʻqituvchisi Manzura Sodiqova va ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mavluda Rahmonova 6 B-sinf o'quvchilariga "Kimyoviy elementlar. Hisob-o'lchov so'zlari. Sonlarning imlosi". mavzusidagi integratsion dars mashg'ulotini tashkillashtirishdi.

🧪Kimyo fani o'qituvchisi Manzura Sodiqova o'quvchilarga kimyo fanining ahamiyati haqida tushunchalar berib o'tdi .

❗️ Darsda oʻquvchilar bir qancha tajribalar o'tkazib, turli qiziqarli topshiriqlarni bajardilar. Shu bilan birga, kimyo faniga oid atamalarning to'g'ri talaffuzi va imlosini o'rganib olishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat❗️
#A_level

⚡️A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN RO'YXATDAN O'TISH MUDDATI YAKUNLANMOQDA!

Shoshiling!

Xalqaro A-level imtihonlari uchun ariza topshirish muddati 10-fevralgacha (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Imtihonlar uchun onlayn arizalar https://alevel.piima.uz/ sayti orqali qabul qilinmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🟢#STEAM_olimpiada
#4_kun

🇸🇱 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida STEAM fanlari bo'yicha Agentlik olimpiadasining maktab bosqichidan lavhalar.

Bugun o‘quvchilar kimyo, biologiya, fizika fanlaridan laboratoriya topshiriqlarini bajardilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
🌐 Telegram  |   Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ota_onalar_diqqatiga
#diqqat_qilamiz
#ogohlikka_chaqiramiz

❗️Farzandingizga shubhali shaxslardan qanday himoyalanish kerakligini o'rgating.

👆🏻Yuqorida farzandingizga uqtirishingiz zarur bo'lgan bugungi davr talablari sanab o'tilgan.

⚠️Ogohlik ehtiyotkorlikdan boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Вазир Ҳилола Умарова билан илк интервью

🎬 Видеони кўриш

👉 Мақолани ўқиш
#Diqqat❗️
#A_level

⚡️A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN RO'YXATDAN O'TISH MUDDATI YAKUNLANMOQDA!

Shoshiling!

Xalqaro A-level imtihonlari uchun ariza topshirish muddati 10-fevralgacha (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Imtihonlar uchun onlayn arizalar https://alevel.piima.uz/ sayti orqali qabul qilinmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🟦🟦🟦🟦
🟢O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5188 sonli qarorida xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq o‘quvchilarning STEAM fanlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish ko'zda tutilgan.

Quyida mazkur sertifikat haqida asosiy ma'lumotlarni taqdim etmoqdamiz:

❗️A level nima?
Cambridge tashkiloti tomonidan o'tkazilayotgan A level sertifikati imtihonlarida A+(a+), A (a), B (b), C (c), D (d) yoki E (e) darajalarini olish mumkin. Bunda A+(a+) - eng yuqori, E (e) esa eng past ko'rsatgich hisoblanadi. Agar nomzodning yig'gan bali E(e) uchun ham yetarli bo'lmasa, unga "Ungraded", ya'ni darajaga loyiq topilmadi mazmunida hujjat taqdim qilinadi

🌚 Mazkur sertifikatlar qayerda tan olinadi?
A/AS level, shuningdek IGSCE sertifikatlari dunyoning 95 mamlakatidagi 1700 dan ortiq oliygohlar tomonidan tan olinadi. Bu ro‘yxatga "Top 30" talikdagi barcha universitetlar va Buyuk Britaniyada joylashgan oliygohlarning hammasi kiradi. Mazkur OTMlar orasidan Oksford Universiteti, Manchester Universiteti, Stendford Universiteti, Kembrij Universiteti Singapur Milliy Universiteti kabi nufuzli xorijiy ta’lim dargohlari ham o’rin olgan.

🏠A level imtihonlarini qayerda topshirish mumkin?
Endi A level sertifikatini olish uchun xorijga borishga hojat yo'q. 2021/2022-o'quv yilidagi imtihonlarni Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari o'tkazadi. 2022/2023-o'quv yilidan e'tiboran Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni o‘tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Imtihonlar qachon bo'lib o'tadi?
AS/A level va IGCSE sertifikatlari uchun imtihonlar an’anaviy tarzda yilda ikki marta oktabr-noyabr oylarida va may-iyun oylarida bo’lib o’tadi. Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentyabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa mart-aprel oylarida ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN!

Bolalar yomon niyatli odamlarni farqlay olishmaydi. Ular beg‘uborligi, kattalarga ishonuvchanligi sabab yovuz niyatlilarning qurboniga aylanib qolishlari mumkin.

Shu sabab, bolangizga:

Shubhali shaxslar bilan gaplashmaslikni,
ularning qo‘lidan sovg‘a olmaslikni,
tanimagan odamlarning mashinasiga o‘tirmaslikni tayinlashingiz lozim.

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun ogohlikni oshirish shart va zarurdir!

Mazkur video-rolikni farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va unga begonalar bilan qanday muomala qilishni o'rgating.

Zero, bu oddiy qoidalar bolangizni xavf va xatardan asrab qolishi mumkin!
#Alisher_Navoiy_582_yilligi

NAVOIY HAQIDA 7 TA QIZIQARLI FAKT

1️⃣ Navoiy ikki taxallus ostida ijod qilgan. U Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan bo‘lsa, forsiy tildagi ijodi Foniy taxallusi bilan tanilgan.

2️⃣ Alisher Navoiy ijodkor ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning tog'asi Abu Said shoir bo‘lgan. Ikkinchi tog'asi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan.

3️⃣ Alisher Navoiy turkiy tilni forsiy tili bilan birga ijodga olib kirgan.

4️⃣ Buyuk Sulaymon Navoiy ijodini yuqori baholagan va o‘z kutubxonasida uning qo‘lyozmalarini va asarlarini saqlagan.

5️⃣ 2009-yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan.

6️⃣ Dunyoda Alisher Navoiyga qo‘yilgan bir nechta yodgorlik mavjud: Moskva, Navoiy, O‘sh, Toshkent, Samarqand, Boku, Tokio, Shanxay. Vashingtonda ham Navoiyga yodgorlik o‘rnatish rejalashtirilgan.

7️⃣ Navoiy Naqshbandiyning so‘fiylik tariqatida bo‘lgan. Uning so‘fiylik falsafiy-estetik qarashlari “Lison ut-tayr” asarida aks etgan.


🌐 Telegram | Facebook
🟥🟥🟥 🟩🟩🟩

📣 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari o‘rtasida 9-fevral buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 582- yilligi munosabati bilan tanlov e'lon qilamiz

🏃‍♂️ Tanlov quyidagi yo'nalishlarda bo'lib o'tadi.

▶️ 1. Insholar tanlovi. "Buyuk zotga ta'zim" mavzusida insho yozish
▶️ 2. She'rlar tanlovi. Alisher Navoiyga bag'ishlangan she'r
▶️ 3. Rasmlar tanlovi. Alisher Navoiy yoki uning asarlari bo'yicha rasmlar chizish.

🟣 Har bir qatnashuvchi o'quvchi o'z ishini ona tili va adabiyot fani o'qituvchisiga topshiradi. G'olib o'quvchilar aniqlanib, 9- fevral sanasida tadbir so'ngida e'lon qilinadi va taqdirlanadi.

Aziz o'quvchilar tanlovda faol qatnashing!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM