Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
702 subscribers
5.57K photos
348 videos
37 files
1.31K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
#Yangiariq_IM_
#yangi_baholash_tizimi

🏢Maktabgacha va maktab ta'limi vazirlikining 2023-yil 16-avgustdagi 248-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi tumandagi yangi baholash tizimiga o’tgan maktablarda bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish, BSB larning olinishi, 2-chorak CHSB tahlillari, hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, loyiha ishlari, laboratoriya mashgʻulotlari, baholarning elektron jurnalda qayd etilishi, bu borada bajarilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish va amaliy ko'mak berish maqsadida 1-mart kuni hududdagi maktablarda bo'lishdi. 

📍Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish bo’yicha maktab pedagogik xodimlariga kerakli tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ramazon
#muftiy_minbari

🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

"Мактаб ўқувчилари масжидга келмасин".
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiariq_IM_
#challenge_

📢📢📢Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2025-yilning 3-10-mart kunlari
“Ayolga ehtirom” haftaligi doirasida o'quvchilar o'rtasida ijtimoiy tarmoqlarda “Ayolni e’zozlash-ezgulik va adolat mezoni” mavzusida chellenj e'lon qiladi. Chellenjda o'z videoroliklaringiz bilan faol ishtirok eting.
#Yangiariq_IM_
#Bahor_

🌸Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangilanish fasli bo'lmish Bahor kirib kelishi munosabati bilan rus tili fani o'qituvchilari 6-A sinf o'quvchilari ishtirokida "Здравствуй Весна" nomli tadbir o'tkazishdi.

🌱Tadbir davomida o'quvchilar bahoriy kuy-qo'shiqlar kuylab, turli qiziqarli mashg'ulotlar bajarishdi, ko'zlari bog'langan holda rasmlar chizishdi.
#live
#Xorazm

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablari “Turon” maktab teatr jamoalari oʻrtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostidagi teatr tanlovining Xorazm viloyat bosqichi boshlandi.

Ushbu tanlovda 13 ta jamoalarning sahna asarlari namoyish qilinadi.

Jarayonlar Xorazm viloyati Qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda agentlikning Xorazm viloyatida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Yangiariq_IM
#Maktab_maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmonining 3-bandiga asosan  10- va 11-sinf o‘quvchilariga yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibi bo’yicha topshiriq berilgan.                                                                                         
Shu munosabat bilan Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Maktab maslahatchisi  G. Jumaniyazova va ChQBT rahbari S. Ibodullayev boshchiligida  10-11-sinf o’quvchilari Agrobank Yangiariq filialiga tashrif buyurib, bankdagi ish jarayonlari, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib amaliyot o’tashdi.