Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
702 subscribers
5.57K photos
348 videos
37 files
1.31K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#vazir_jamgʻarmasi
#100_foizlik_natija

Bugun barcha hududlarimizda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan ustama olishga nomzod pedagoglar uchun dastlabki sinov jarayonlari boʻlib oʻtdi.

Sinovlar 4 bosqichda tashkil etildi, fan oʻqituvchilari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan test (40 ta) savollariga javob berdi. Sinovlarda maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar keyingi bosqichga yoʻl oldi.

Ahamiyatli jihati, bu yil imtihonlar ilk marotaba real vaqt rejimida onlayn tarzda tashkil etildi.

Ishtirokchi natijasini shu vaqtning oʻzida bila oladi (oldingi yillarda sinovlar anʼanaviy tarzda ya’ni qogʻozga yozilgan).

Rasmlardagi ustozlarimiz test sinovlarida eng yuqori 100 ballik natijani qo‘lga kiritdi.

Ushbu bilimdon ustozlarimiz va maktab jamoasini eng yuqori natija bilan samimiy tabriklayman.

@hilola_umarova
#Xushxabar
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

🏢  YANGIARIQ TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI O'QITUVCHISI VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASI 2-BOSQICHIDA ISHTIROK ETADI.

🔰   Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oliy toifali Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Raxmonova Mavluda G'ayratovna 90 ball to'plab Vazir jamg'armasi ustamasi uchun keyingi bosqichida ishtirok qilish huquqini qo'lga kiritdi.

🎗Jamoamiz nomidan Raxmonova Mavludani ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi ish faoliyatida bundan ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#Yangiariq_IM_
#ochiq_dars_

🔰Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 25-fevral kuni informatika va tarix fanlaridan ochiq dars mashg'ulotlari o'tkazildi.

6-A sinf - Informatika,  "Amaliy mashg'ulot", Sadullayev Shoxrux;

9-A sinf - O'zbekiston tarixi, "Qo'ng'irotlar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot", Xudoyberganov Faxriddin.

📌Dars mashg'ulotlari davomida o'quvchilar faol ishtirok etib, guruhlarda va individual ishlab, o'z bilimlarini namoyish qilishdi.
#Yangiariq_IM_
#ochiq_dars_

🔰Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Tarbiya fani o'qituvchisi Qariyev Usmonjon tomonidan 8-A sinf o'quvchilari ishtirokida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

📌Dars mavzusi: "Til bilgan-dunyo ko'radi"

🎯Dars mashg'uloti davomida o'quvchilar taqdimot ishlarini namoyish qilishdi va faol ishtirok qilishdi.