Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
747 subscribers
6.58K photos
395 videos
37 files
1.48K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
#Olimpiada_savollari

XX Xalqaro Jautikov Olimpiadasi (IZhO) savollari


🧠Xalqaro Jautikov Olimpiadasi (IZhO) – bu har yili o‘tkaziladigan nufuzli musobaqa bo‘lib, matematika, fizika va informatika fanlaridan o‘tkaziladi.

💠Eslatib oʻtamiz: 2024-yilgi olimpiada 8-13-yanvar kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida tashkil etilgan. Olimpiadada 15 mamlakatdan 85 ta jamoa va 600 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan.

❗️Quyida 2024-yildagi XX Xalqaro Jautikov Olimpiadasi materiallari bilan tanishing!

Matematika
1-kun;
2-kun.

Fizika
1-kun (nazariya);
2-kun (tajriba).

Informatika
1-2-kunlar.

⭕️⭕️⭕️
Mazkur olimpiada materiallarini yechimlari 12-yanvar kuni taqdim etiladi.

Ma'lumot uchun:
Joriy yil XXI Xalqaro Jautikov Olimpiadasi 13-17-yanvar kunlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur olimpiadada mamlakatimiz Terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzatishda davom eting!

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Olimpiada_savollari

IX Kavkaz matematika olimpiadasida materiallari

Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasi (CMO) 2014-yildan beri iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va ularni rag’batlantirish maqsadida tashkil etiladigan xalqaro musobaqa.

💠Olimpiada har yili Adigeya Respublikasida o’tkaziladi va unda mintaqa davlatlari, jumladan, mamlakatimiz o’quvchilari ham faol ishtirok etishadi.

❗️Quyida 2024-yildagi IX Kavkaz matematika olimpiadasi materiallari bilan tanishing!
1-kun;
2-kun;

⭕️⭕️⭕️
Mazkur olimpiada materiallarini yechimlari 12-yanvar kuni taqdim etiladi.

📌Ma'lumot uchun:
X Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasi joriy yilning mart oyida bo‘lib o‘tadi.

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qiziqarli

JAUTIKOV OLIMPIADASI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

⁉️Jautikov olimpiadasining kelib chiqish tarixi haqida bilasizmi?

⁉️Jautikov olimpiadasining bugungi kundagi nufuzi qanday?

⁉️Jautikov olimpiadasida bir jamoa nechi kishidan iborat bo‘lishi kerak?

Ushbu savollarga barchasiga batafsil videoda javob olishingiz mumkin.

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar, Vatanimiz posbonlari!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!


Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan samimiy qutlayman.

Yurtimizning tinchligi, sarhadlarimizning daxlsizligini ta’minlashda shubhasiz sizning ulkan hissangiz va mehnatingiz mujassam. Sizning mardonavor faoliyatingiz yosh avlod uchun ibrat maktabidir. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarimizni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida ko‘rsatayotgan jonbozligingiz tahsinga sazovor.

Vatanni sevish, u uchun fidokorona xizmat qilish hamda har doim yurt koriga yarash uchun shay bo‘lish — bu insondagi eng ulug‘ tuyg‘ulardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda sizning sharafli faoliyatingiz har qancha faxr va ehtiromga loyiqdir.

Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik ona Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Siz bizning iftixorimiz va ishonchimizsiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Yangiariq_IM_
#Vatan_himoyachilari_kuni_
#Vatan_tayanchi_

🔰2025-yilning 14-yanvar kuni  Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topganining 33 yilligi hamda "14-yanvar Vatan himoyachilari kunini nishonlash toʻgʻrisida" gi PF 62 farmoyishini oʻz vaqtida bajarilishini ta'minlash maqsadida "Yangi Oʻzbekiston Armiyasi - mamlakat tayanchi xalqimiz faxri" shiori ostida sport musobaqalari o'tkazildi.

🖼️Fotosuratlarda Vatan tayanchi otryadi a'zolarining harbiy qurol-aslahalarni sozlash, shaxmat, turnikda tortilish va arqon tortish musobaqalaridan lavhalarni ko'rish mumkin.
#Yangiariq_IM_
#OTM_
#Biz_siz_bilan_faxrlanamiz_

🔰Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Shonazarova Hulkaroy Amerika Qo'shma Shtatlaridagi yuqori reytinglarda turuvchi Caldwell University ga qabul qilindi.

📨O'quvchimizga yiliga $28.000 dan jami $112.000 lik grant ajratildi.


Hulkaroy bugunga qadar

💥IELTS 7.0 ballik sertifikat egasi,
💥Girls in Research loyihasi doirasida $1.100 lik Jacie Goudy Scholarship sovrindori,
💥"TOP 100 UNIVERSITIES CAMP loyihasi ishtirokchisi,
💥"Eng yaxshi yosh olim - 2023" tanlovida 1-o'rinni egallagan
💥Ayni kunlarda "Zulfiya" mukofoti viloyat bosqichi g'olibasi sifatida Respublika bosqichi ishtirokchisi hisoblanadi.


👏👏👏O'quvchimizni ushbu yutuqlari va muddatidan oldingi talabalik bilan tabriklab, kelgusi o'qishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!