Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
682 subscribers
5.26K photos
343 videos
37 files
1.3K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayev 11-sinf o'quvchilari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Uchrashuv qiziqarli bahs-munozaralarga boy bo'ldi. Tadbir so'ngida o'quvchilarga estalik sovg‘alari topshirildi.
#yangiliklar

📣 Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 4-noyabrdan boshlanib, 10-noyabrgacha davom etadi.

❗️II chorak dars mashg‘ulotlari 2024-yil 11-noyabrdan boshlanadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM_
#IELTS

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi Nuraddinova Dilnura IELTS imtihonida 7.5 ball bilan C1 darajadagi sertifikatni qo'lga kiritdi.

O'quvchimizni, uning ota-onasi va ustozlarini jamoamiz nomidan ushbu muvaffaqiyatli natija bilan tabriklaymiz! Biz siz bilan faxrlanamiz!
👍👍👍👍👍
Forwarded from Iqtidorlar maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔸 Iqtidorlar Maktabida “Hamjihatlik formulasi” / “Uchinchi ming yillik” хalqaro matematika olimpiadasi o’tkazilmoqda!

Yakuniy bosqich g’oliblari hamda o’qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Ishtirok etadi: 5-11-sinflar
Olimpiadada ishtirok etish: Bepul

Olimpiada 2 bosqichda o’tkaziladi:
1-bosqich onlayn;
2-bosqich oflayn.

1-bosqich savollariga yechim yuborish muddati:
10-Noyabrgacha

1- bosqichdan qatnashish uchun pastdagi havola orqali saytdan ro’yhatdan o’ting!

Ro'yhatdan o'tish uchun havola!

Ro’yhatdan o’tish va yechimlarni yuborish bo’yicha video qo’llanma!


☎️ To’liq ma’lumot:
+998 94 324 10 50
+998 94 546 10 50

Manzil: Chilonzor tumani, Chilonzor dahasi, M-mavze, 28A
#Yangiariq_IM_
#Faxrimiz_

📚Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Shonazarova Hulkaroy xalqaro Girls in Research loyihasi ishtirokchilaridan biriga aylandi.

📎Shuningdek o'quvchimizga Jacie Goudy Scholarship granti ham taqdim etilib, 4 hafta davomida loyiha doirasida o'qishi va ilmiy ish olib borishi ta'minlangan.

O'quvchimizning kelgusi o'qish va ishlarida omad tilaymiz!
#Yangiariq_IM_
#Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor_

🔰Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o'qituvchisi Bobojonova Tojigul Fizika fanidan xalqaro GRE sertifikati imtihonida 720 ballni qo'lga kiritdi.

💠Ustozimizda bugunga qadar fizika fanidan milliy sertifikat ham mavjud.

💫Ustozni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi ishlarida rivoj tilaymiz!
#Yangiariq_IM_
#YOSH_AKADEMIKLAR

🏢 8-noyabr kuni Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent davlat texnika universiteti  Texnika fanlari doktori, professor, xalqaro elektrotexnika fanlari akademigi  Allayev Qahramon Rahimovich  va maktab "Yosh akademiklar" klubi a'zolari ishtirokida zoom platformasi orqali uchrashuv tashkil qilindi.

📚 Zoom uchrashuvi davomida professor Q.R.Allayev o'quvchilarga ózining ilmiy faoliyati to’g’risida ma'lumotlar berdi va o’z hayotiy tajribasi bilan o’rtoqlashdi.

🔹 Bo’lib o’tgan samimiy muloqotda o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga professordan yetarlicha javob va qimmatli maslahatlar olishdi.

📜 Ma'lumot o’rnida,akademik Q.R.Allayev yoshlarni tarbiyalashda ko’rsatgan xizmati uchun "O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoniga sazovor bo’lgan.