Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
677 subscribers
4.98K photos
328 videos
37 files
1.25K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
Forwarded from Бейжанов.Р
#Qabul_boshlanmoqda

🗣Ixtisoslashtirilgan maktablarga o'quvchilarni qabul qilish bilan bog'liq juda ko'plab savollarga ushbu e'lon orqali javob olishingiz mumkin!

Qabul jarayonlari haqidagi ma'lumotlar ushbu kanalda:
@SpecializedschoolinYangiarik
Forwarded from Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Хоразм Янгиарик ИМ Бейжанов.Р)
#Qabul

🗣Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga qabul jarayoni 1-20-iyun kunlari
ariza.piima.uz sayti orqali online bo'lib o'tadi.

Zarur hujjatlar quyidagilar:

1.Baholar tabelining direktor tomonidan tasdiqlangan nusxasi.

2. O'quvchining oxirgi 2 oyda tushgan fotosurati.

3. O'quvchining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi, ota onasi(qonuniy vakil)ning pasport ma'lumotlari.


Qabul bo'yicha barcha ma'lumotlar ushbu kanallarda:
📱@SpecializedschoolinYangiarik
Forwarded from Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Хоразм Янгиарик ИМ Бейжанов.Р)
❗️DIQQAT E'LON!

📣📣YANGIARIQ TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 2024-2025-O'QUV YILI UCHUN 5-SINFGA QABUL E'LON QILADI!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUN dan 20-IYUNGACHA ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

⚡️ Qabul bo'yicha qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Murojaat uchun:
+998 97 452 88 86
+998 99 541 09 84

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:

🌐 Telegram | Facebook | You tube
Forwarded from Grantlar.uz
”IQtidorli” yoshlar oromgohi: STEM sohasidagi yoshlar va ustozlar uchun 1 haftalik yozgi dastur

Bu oromgohda ishtirok etuvchi (oʻquvchi) yoki bilim ulashuvchi (mentor) sifatida qatnashish mumkin.

Oʻquvchilar uchun yosh chegarasi – 15-25 yosh, mentorlar uchun esa 25-45 yosh.

Oromgoh mashgʻulotlari 2024-yil may-iyun oylarida Toshkentning Boʻstonliq tumanida boʻlib oʻtadi.

Manfaatli jihatlar:
– bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– STEM taʼlim yoʻnalishlari doirasidagi bilimlarini mustahkamlash va tanishlar orttirish imkoniyati

Arizalar 2024-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/iqtidorli-yoshlar-oromgohi/

@grantlar
I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi!

Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🙋 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin:

- Ta’lim
- Imkon
- Madaniyat va san’at
- Ekologiya
- Media
- Sport
- Liderlik va jamoani shakllantirish
- IT


📝 Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: forms.gle/emxSwZvY1tL3FJVAA

Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiariq_IM
#Giyohvandlikka_qarshimiz_

🔰Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida 13-may kuni Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yoshlar giyohvandlikka qarshi!" shiori ostida Yangiariq tuman Ichki Ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda davra suhbati o'tkazildi.
🔹Tadbirda Yangiariq tuman IIB birinchi o'rinbosari, mayor B. Avazmetov, Yangiariq tuman IIB XPB boshlig'i, mayor X. Jumaniyozov, TIIB TQX JQG tezkor vakili kapitan N. Sh. Matyaqubov o'quvchilarga giyohvand va psixotrop moddalar haqida ma'lumot berib, ular keltirib chiqaradigan muammolarni hayotiy misollar, videoroliklar va maxsus suratga olingan qisqa film asosida tushuntirishdi.
#Yangiariq_IM_
#CHSB_

🏢Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bugun, 14-may kuni 9.00 dan IV chorak CHSB jarayonlari 11-sinf o'quvchilari uchun onlayn tarzda boshlandi.

📎Eslatib o'tamiz, jarayonlar onlayn va oflayn tarzda 17-maygacha davom etadi. O'quvchilarimizga maksimal ball egallashlarini tilaymiz.
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi

Prezident maktablariga ikki sinfga 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari quyidagi hujjatlarni ariza.piima.uz veb-sayti orqali topshirishi kerak:

● baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
● o‘quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
● o‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari.

O‘quvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, Prezident maktabiga kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Agar kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
#Jarayon
#2_kun_
#CHSB

📌Bugun, Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-sinf o'quvchilariga IV chorak yakuni bo'yicha choraklik summativ baholash(CHSB) sinovlari bo'lib o'tmoqda.

🖥️O'quvchilar ushbu sinov  imtihonini onlayn tarzda topshirmoqda.