Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
839 subscribers
7.2K photos
442 videos
40 files
1.63K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Yangi O‘zbekiston” universiteti rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

🎙Matbuot anjumanida universitetga 2024/2025 o'quv yili uchun o'qishga arizalar qabuli, imtihonlar va qabul shartlari bo'yicha ma'lumot berildi.

📚 Unga ko'ra Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi, Dasturiy ta’minot muhandisligi, Kiber xavfsizlik, Sun’iy intellekt va robototexnika, Amaliy matematika, Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili, Pedagogika va Sanoat boshqaruvi kabi 9 ta ta'lim yo'nalishining bakalavriat bosqichiga o'qishga arizalar qabul qilinadi.

🌐 Qabul shartlariga ko‘ra o‘qishga ariza topshiruvchi talabgorlardan ingliz tilini eng kamida B2 darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Bunda talabgorlar minimum IELTS 5.5, CEFR B2 va TOEFL iBT 46 kabi natijalarga ega bo‘lishi kerak.

❗️Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikati bo‘lmagan abituriyentlarning ham arizalari qabul qilinadi. Ammo ular 26-avgustga qadar talab etilgan minimum darajaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi sertifikatni qabul bo‘limiga taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

❗️Akademik litsey, kollej va maktablarning oxirgi sinf o‘quvchilari ham hozirdan o‘qishga ariza topshirishlari mumkin va ulardan 26-avgustga qadar bitiruv attestatini qabul bo‘limiga topshirishlari talab etiladi.

Universitetda qabul imtihonlarida yuqori natija qayd etgan talabgorlarga turli miqdordagi grantlar ajratiladi.

🔁 English

#matbuot_anjumani #qabul_2024

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitet prezidenti: “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qishga hujjatlar qabuli boshlandi!

Universitet prezidenti sifatida sizni ishontirib aytamanki, biz dunyo miqyosidagi universitet quryapmiz va siz xorijda yuqori reytinglarda turuvchi universitetlarda olishingiz mumkin bo‘lgan bilimni o‘z ona yurtingizda olishingizni ta’minlay olamiz.

☑️ O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/en/admission/agreement?type=admission_form

👉 Ariza topshirish bo'yicha video yo'riqnoma: https://youtu.be/DawnouY_dtM

⁉️Savol va murojaatlar uchun:
☎️ Koll-markazi: +998712024111
✈️ Telegram bot: @newuucontact_bot

🔁 English

#qabul2024 #admission2024

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👏1🎉1
#malaka_toifasi

📣📣 Pedagoglar uchun muhim eslatma!

2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-bandiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

⚡️ Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida ekanligini ma’lum qilamiz.

❗️ Bu haqida vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham o‘z vaqtida rasmiy munosabat berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍1
Forwarded from .
#Yangiariq IM
#Xushxabar

🌎 Yangiariq tuman  ixtisoslashtirilgan maktabi Ingliz tili fani o'qituvchisi, oliy toifali pedagog Shoxista Qurbanova dunyoning top universitetlaridan biri bo'lgan AQShning Webster universitetiga magistratura bosqichiga qabul qilindi.

✴️ Ustozimizni jamoamiz nomidan muborakbod etib, ilmiy ish va faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

📱Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari
:

🌐 Telegram  |   Facebook  | You tube
👍2612🔥4🎉3🤩2🥰1👏1
Forwarded from Gulzoda Jumaniyazova
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

MAKTABIMIZ O'QUVCHILARI  IELTS SERTIFIKATLARINI QO'LGA KIRITISHDA DAVOM ETMOQDALAR!

📌Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi Ulug'bekova Mohira IELTS 6  sertifikatini qo‘lga kiritdi.

📚 Eslatib o'tish joizki, bu sertifikat o'quvchimizning oliygohga kirish imtihonida chet tilidan maksimal ball olishini ta'minlaydi.


📱Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari
:

🌐 Telegram  |   Facebook  | You tube
👍15🤣76🔥3😍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

30 yanvar - O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni.

Islom Karimov 86 yoshni qarshi olgan bo'lar edi...

Eslatib o'tamiz, Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvar kuni Samarqandda tavallud topgan, 2016-yilning 2 sentabr kuni Toshkentda vafot etgan.

🇺🇿 Islom Karimovning bolalik va o'smirlik yillari haqida film

🌐Telegram | Facebook
7👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍71
Forwarded from Yoshlar ovozi
#tezkor

⚡️Abituryentlar uchun test topshiriqlar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

📌Unga ko‘ra, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

▪️Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
▪️Matematika x 10 ta;
▪️O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

📌Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

▪️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
▪️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy
2024/2025-o‘quv yili qabulida 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i berilib, maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

👋 Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
👍21