Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
684 subscribers
5.25K photos
342 videos
37 files
1.29K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
#yangi_yil 🏢 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi YANGI YIL tadbiri.
🎉🎉🎉 O'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bayramga o'zgacha shukuh baxsh etdi. O'quvchilar bayroma bezatilgan zalda turli raqs va qo'shiqlar, viktorina o'yinlar orqali qorbobodan turli sovg'alar oldilar. I va II chorak davomida yaxshi natija ko'rsatgan o'quvchilarga bayram sovg'alari berildi.
Kelayotgan yangi 2024-yil barchaga sog'lik, omad va muvaffaqiyat olib kelsin!

🌐 Telegram  |   Facebook  | You tube
#Sarhisob

HILOLA UMAROVA: “O'TGAN YIL DAVOMIDA ERISHGAN BARCHA YUTUQLARIMIZDA SOHA FIDOYILARINING O'RNI BEQIYOS”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida vazirlikning joriy yil faoliyati sarhisobi hamda kelgusi yildagi istiqboldagi rejalarni amalga oshirishga doir kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❗️Vazir Hilola Umarova rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik hamda tizim tashkilotlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi va kelgusi faoliyat rejalari belgilab olindi.

Vazir vazirlik muassisligidagi nashrlarga noutbuk va fotoapparat jamlanmalarini topshirdi


🖥 Tadbir doirasida vazirlik muassisligidagi bosma nashrlar — “Ma’rifat” – “Учитель Узбекистана”, “Tong yulduzi”, “Класс!” gazetalari, “Xalq ta’limi”, "Til va adabiyot ta'limi" – " Преподавание языка и литературы " – "Language and literature teaching”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallari tahririyatlariga noutbuk va fotoapparat jamlanmalari taqdim etildi.

👏 Shuningdek, joriy yilda faol va samarali mehnat qilgan vazirlik hamda tizim xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xavfsiz_yangiyil

Xavfsiz yangi yil uchun nimalarni yodda tutish va rioya qilish lozim?

👉 Batafsil infografikada.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🔴 “Prezident archasi” tadbirining birinchi seans dasturi bo‘lib o‘tdi

Yangi yil bayrami munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Prezident archasi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

  “Yangi yil ertaklari” mavzusida o‘tkazilgan bayram tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda bolajonlarni Yangi yil shodiyonasi bilan tabrikladi.

👨‍👧‍👧 Poytaxtimizdagi “Tomosha” bolalar teatr studiyasida tashkil etilgan bayram dasturida Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uylari tarbiyalanuvchilari, yetim bolalar va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalari qatnashdi.

👏 Tadbir davomida bir guruh bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” berildi.

❗️“Prezident archasi” tadbirining takroriy seanslari joriy yilning 29-30-dekabr kunlari soat 10:00 va 14:00 larda bo‘lib o‘tadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1415

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram