Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
785 subscribers
6.81K photos
408 videos
39 files
1.51K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan ma'lumotlar "Darakchi" gazetasining Sifatli ta'lim sahifasida chop etildi.

Unda 2023-2024 oʼquv yili uchun Ixtisoslashtirilgan maktablarga oʼquvchilarni qabul qilishga oid savollarga javob berilgan.


A'zo bo‘ling:
🚀 https://t.iss.one/J_Jangirov

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#Olimpiada
#Matematika

🥉 Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etayotgan o’quvchilar 4 ta bronza medalini qo'lga kiritdi

⚡️Joriy yilning 8-13-may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekiston o'quvchilari 4 ta bronza medali sohibi bo'ldi.

G'olib o‘quvchilar:

🥉Raxmatov Anvarbek - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
🥉Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;

Eslatib o'tamiz, O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 13-may, Shanba.

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🪩 Butunjahon kokteyl kuni
🪩 Butunjahon kelajak uchun texnologiya kuni
🪩 Germaniyada otalar kuni
🪩 Braziliyada qullikni bekor qilish kuni

🌎 VOQEALAR:

1991-yi — “Apple” korporatsiyasi “Macintosh System 7”ni sotuvga chiqardi.
1993-yil — Toshkentda “Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzuidi birinchi Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
1995-yil — Chirchiq shahrida shaharning 60 yillik yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi.
2003-yil — Atoqli o‘zbek yozuvchisi G‘afur G‘ulomning 100 yillik yubileyi keng nishonlandi va Toshkent shahrida shoir haykalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

1857-yil — Ronald Ross — ingliz shifokori va parazitolog, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1882-yil — Jorj Brak — fransuz rassomi, haykaltarosh, dekorativ, kubizm asoschilaridan biri.
1896-yil — Charlz Ferdinand Payu de Mortanj — gollandiyalik ot sporti ustasi, 4 karra Olimpiya chempioni.

🌐 Telegram | Facebook | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_10

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➡️ 00:13 Maktablarda o‘qituvchi lavozimida ishlayotgan 4-kurs talabalari ham malaka toifalarini oshirishi mumkinmi?

➡️ 01:39 Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida biologiya fanidan dars beraman. Bir yil oldin sobiq Davlat test markazi tomonidan olgan milliy sertifikatim hozirda ishlayotgan maktabimda ustamaga asos bo‘lmayapti...

➡️ 03:05 Oilaviy bog‘chaning manzilini o‘zgartirish va quvvatini oshirish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Xarajat va moliyaviy imtiyozlari haqida ma’lumot bersangiz.

➡️ 04:32 Qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi uchun xodimga oyligiga ta’sir qilmagan holda imtiyozli ish shartlari qo‘llanishi mumkinmi?

Bayonotlarimiz davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 15-may, Dushanba.

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🪩 Xalqaro oila kuni
🪩 Xalqaro astronomiya kuni
🪩 Xalqaro iqlim kuni
🪩 Hindistonda daraxtlar kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

1618-yil — nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralar harakati qonunlarini kashf etdi.
1836-yil — F. Baley “Beyli nuqtasi”ni kashf etdi.
1851-yil — Nyu-York va Buyuk ko‘lni bog‘laydigan birinchi temir yo‘l qurib bitkazildi.
1928-yil — “Plane Crazy” multfilmida ilk marotaba Mikki Mous obrazi paydo bo‘ldi.

TAVALLUDLAR:

1859-yil — Pyer Kyuri — fransiyalik fizik, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1926-yil — Muxtor Sultonov — Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri.
1932-yil — Jon Glen — ingliz kinorejissyori va montajchi, beshta “Jeyms Bond” filmining muallifi.
1989-yil — Syunnyove Sulemdal — norvegiyalik biatlonchi, estafetalarda 6 karra jahon chempioni.
Assalomu alaykum!

Bugun 16-may, Seshanba.

🎊 BAYRAMLAR:

🪩 Xalqaro tinchlikda birga yashash kuni
🪩 Xalqaro nur kuni
🪩 Qirg‘izistonda onalar kuni
🪩 Tongada otalar kuni
🪩 Malayziyada o‘qituvchilar kuni

🌎 VOQEALAR:

1881-yil — Germaniyada dunyodagi birinchi elektr tramvay harakati boshlandi.
1929-yil — AQShda birinchi “Oskar” mukofotlari topshirildi.
1996-yil — “O‘zbekiston Respublikasi va Venesuela Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida”gi Protokol imzolandi.
2007-yil — 60- Xalqaro Kann kinofestivali boshlandi.

TAVALLUDLAR:

1718-yil — Mariya Agnezi — italyan matematik-faylasufi, matematika sohasidagi birinchi ayol professor.
1804-yil — Elizabet Palmer Pibodi — Qo‘shma Shtatlardagi birinchi bolalar bog‘chasi asoschisi.
1831-yil — Edvard Xyuz — mikrafon ixtirochisi.
1904-yil — Botu — atoqli o‘zbek shoiri va jamoat arbobi.
1930-yil — Nuriddin Shukurov —O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, adabiyotshunos olim.
1963-yil — Fatxulla Ma'sudov — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor.
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Faxrimiz

🌐 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf o'quvchilari Chet tilini bilish darajasi CEFR Multi-level imtihoni B2 milliy sertifikatiga ega bo'ldilar.

☑️ Quranboyeva Diyora -CEFR B2 daraja
☑️ Ro'zmatova Nozima -CEFR B2 daraja
☑️ Ahmedova Sojida -CEFR B2 daraja
☑️ Quranboyeva Xovajon -CEFR B2 daraja
☑️ Shuhratov Izzat -CEFR B2 daraja

🎉 O'quvchilarimizning keyingi o'qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook | You tube
Assalomu alaykum!

Bugun 17-may, Chorshanba.

🪩 Xalqaro gomofobiyaga qarshi kurash kuni
🪩 Xalqaro telekommunikatsiya kuni
🪩 Xalqaro bolalar uchun ishonch telefonlari kuni

🌎 VOQEALAR:

1861-yil — Tomas Kukning dunyodagi birinchi sayyohlik agentligi dunyoda birinchi marta sayohat guruhini xalqaro sayohatga yubordi.
1861-yil — Londonda birinchi marta rangli fotosuratlar ommaviy ravishda namoyish etildi.
1865-yil — Xalqaro elektraloqa ittifoqiga asos solindi.
1996-yil — O‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilindi.

TAVALLUDLAR:

1749-yil — Eduard Jenner — ingliz shifokori, jarroh, chechakka qarshi vaksina yaratuvchisi.
1900-yil — Nikolay Karaxan — O‘zbekiston xalq rassomi.
1953-yil — Qosim Jo’mart To‘qayev — Qozog‘istonning amaldagi prezidenti.
1973-yil — Uchqun Tillayev — O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor.

🌐 Telegram | Facebook | You tube
#Bugun

17-may - Halima Xudoyberdiyeva (1947-2018) tug'ilgan kun

Halima Xudoyberdiyeva yigirmadan ortiq she'riy to'plamlar, dostonlar va publitsistik maqolalar yaratgan.
🎗1992-yilda "O'zbekiston xalq shoiri" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

SHUNCHAKI

Men shunchaki o’ylagim kelmas,
Xayol-sharob misol qilsin sarxush, mast.
Men shunchaki kuylagim kelmas,
Ovoz pardalarim chidab bersa bas.

Shunchaki sevilmoq-baxti qoralik,
To’la tole uchun bu kemtik, bu kam.
Mening qalbim shunday sevgiga molik,
Bir charsillab yonay, so’ngra so’nsam ham.

Shunchaki kulmoq ham istehzodek gap,
Birdan qah-qah uray, cho’chib ketsinlar.
Boshlariga osmon tushganday qulab,
G’aflat bandalari yoqa tutsinlar.

Shunchaki yig’lash ham yarashmas bizga,
Uni eplar faqat yuragi toshlar.
Shunday yig’lay, hojat qolmasdan so’zga,
Qurg’oq ko’zlardan ham to’kilsin yoshlar.

Shunchaki yozmoqchi, ko’ngil to’lmaydi,
Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo’lim.
Shunchaki yozganga chidab bo’lmaydi.
Shunchaki yozmoq bu – shoirga o’lim.
#Yangiliklar

✔️2023/2024-o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olingan hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlagan.

♦️Bungacha, koronavirus pandemiyasi sababli test imtihonlari
3 yil ketma-ket ochiq joylarda o‘tkazilgan edi.

⁉️Ma'lumot uchun: Test sinovlari oʻtkaziladigan 15 ta umumtaʼlim fanidan 26 ming 520 ta va qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman) tillardan 2 ming 400 ta test topshirigʻi shakllantirildi va ekspertizadan oʻtkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Halima Xudoyberdiyeva ijodiga ehtirom
#17may #uzbekiston24

📍 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida oʻzbek ayolining yorqin siymosi, atoqli shoira Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 76 yilligi nishonlanmoqda

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Amaliy_fanlar_haftaligi

🌐 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Аmaliy (Texnologiya, tasviriy san'at, musiqa) fanlari doirasida "Ko'rgazma tayyorlash ochik dars mashg'uloti" mavzusida 6-sinflar o'rtasida bellashuv o'tkazildi.

🔗 Bellashuv so'ngida o'quvchilarga diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook | You tube