Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
682 subscribers
5.17K photos
336 videos
37 files
1.28K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi.

Joriy yilning 24-mart kuni Xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi, 25-mart kuni umumta’lim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning hududiy bosqichi respublikamizning barcha hududlarida tashkil etiladi.

Hududlarda olimpiada tashkil etiladigan manzillar bilan tanishing:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 21-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Nukus shahri, Darbent MFY, 22-mikrorayon;

📍Andijon viloyati - 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Asaka tumani, Nurafshon MFY, Guliston ko‘chasi, 2 uy;

📍Buxoro viloyati - 12-sonli IDUM. Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasi 5-uy;

📍Jizzax viloyati - 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Jizzax shahar, Jizzaxlik mahallasi, 5-uy;

📍Navoiy viloyati - 3-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Navoiy shahar Xoncharbog‘ mahallasi, Orzu ko‘chasi, 3-uy;

📍Namangan viloyati - 48-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Davlatobod tumani, To‘quvchi MFY, 27-A-uy;

📍Qashqadaryo viloyati 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi. Qarshi shahar, “Bunyodkor” MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 1/8-50-uy;

📍Samarqand viloyati 20-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Samarqand shahar, Tadbirkorlar mah., K.Begzod ko‘chasi, 2-uy;

📍Sirdaryo viloyati Barkamol avlod bolalar maktabi. Guliston shahar, Navoiy ko‘chasi, 5-uy;

📍Surxondaryo viloyati 26-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Termiz shahar, Bog‘ishamol mahallasi, Farovon 2 mavze, 7-uy;

📍Toshkent viloyati 45-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Quyi Chirchiq tumani, Yilqichi MFY, Gulsaroy ko‘chasi;

📍Farg‘ona viloyati 4-sonli viloyat IDUMI. Farg‘ona shahar, Ibrat MFY, B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 117-uy;

📍Xorazm viloyati 24-sonli IDUM. Urganch shahar, Al-Beruniy ko‘chasi 2a-uy;

📍Toshkent shahar 273-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 15-daha;

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
🍀Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi topshiriqlarining baholanish tartibi.

Olimpiadaning hududiy bosqichi test sinovi shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi.

Test topshiriqlarining dastlabki 10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi, keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi, qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10* 1,5+10*2,6=50).

‼️Xalqaro iqtisod olimpiadasi saralash bosqichi topshiriqlari ishtirokchilarga bitta tilda yani ingliz tilida taqdim etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
#Jarayon
#Xotin_qizlar_sport_musobaqasi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo'llab quvvatlash bo'yicha Davlat siyosatining 2023-yilda amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar dasturining 85-bandida mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan ayollar o'rtasida sport musobaqalari tashkil etish ko'zda tutilgan.

Ana shu vazifalar ijrosi yuzasidan bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sportning shashka-shaxmat va stol tennisii turlari bo'yicha musobaqasi o'tkazildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
🌐 Telegram | Facebook
Bugun 23-mart 2023-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌙 Islom dunyosida Ramazon oyi ro‘zasi boshlanishi.
🇺🇳 BMT - Xalqaro meteorologiya kuni.
🌏 Erkaklar birdamligi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇴 Angola - Janubiy Afrika ozodligi kuni.
🇧🇴 Boliviya - Dengiz kuni.
🇮🇳 Hindiston - Vatanparvar va shahid Bhagat Singx xotirasi kuni.
🇲🇾 Malayziya - Sulton Johor kuni.
🇷🇺 Rossiya gidrometeorologiya xizmati xodimlari kuni.
🇵🇰 Pokiston - Pokiston kuni
🇵🇱 Polsha, 🇭🇺 Vengriya - Polsha-Vengriya do'stligi kuni.

👉 VOQEALAR:

- 625 - Arabistonda madinalik musulmonlar bilan makkalik quraysh mushrikilari o’rtasida Uhud jangi bo‘lib o‘tdi.
- 1324 - Rim papasi Ioann XXII Imperator Lyudovik Bavarskiyni cherkovdan xoli deb e’lon qildi.
- 1839 - "O.K." iborasining tug'ilgan kuni. (hozir mashhur "ok").
- 1841 - Londonda Rishard Bierd Yevropada birinchi fotoatelye ochdi.
- 1848 - Vengriya Avstriyadan mustaqil bo’lib chiqdi.
- 1876 - Pavel Yablochkov ixtiro qilgan "elektr o‘tkazgich" uchun patent oldi.
- 1891 - Birinchi marta futbol darvozasi to'ridan foydalanildi.
- 1900 - Arxeologlar Kritda afsonaviy Labirint - Minotavr saroyining qoldiqlarini topdilar.
- 1933 - Reyxstag Adolf Gitlerga diktatorlik vakolatlarini berdi.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang
- 1956 - Birinchi islom respublikasi - Pokiston e’lon qilindi.
- 1983 - Sovet ultrabinafshali kosmik teleskopi - “Astron” uchirildi.
- 1983 - AQSh Prezidenti Ronald Reygan Strategik mudofaa tashabbusi bilan chiqdi.
- 1998 - Rossiya Federatsiyasi hukumati rai­si Viktor Chernomirdin iste’foga chiqdi.
- 2001 - Tinch okeanida Mir orbital stantsiyasi suvga cho‘ktirildi.
- 2004 - Gelibolu (Turkiya) yarimorolidagi tarixiy milliy parkda ikki ming askar ko’milgan haqiqiy qabriston topildi.
- 2019 - Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomrat To‘qayev poytaxt nomini Nur-Sultanga o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
-2021 - Suvaysh kanalida Ever Given konteyner kemasining halokati.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1749 - Pyer-Simon Laplas (1827) - fransuz astronomi, matematigi va fizigi.
- 1826 - Lyudvig Minkus - avstriyalik bastakor, skripkachi va dirijyor
- 1881 - Shtaudinger German (1965) - nemis kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1953).
- 1881 - Roje Marten dyu Gar (1958) - fransuz yozuvchisi, dramaturg, Nobel mukofoti sohibi (1937).
- 1898 - Yuriy Skvorsov (1968) -
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, geolog va geomorfolog olim.
- 1900 - Erix Fromm (1980) - nemis-amerika faylasufi va sotsiologi, psixoanalitik.
- 1900 - Xassan Fathi - Misr me'mori.
- 1902 - Leonid Babushkin (1976) - geograf, agrometeorolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (I960).
- 1907 - Daniel Bovet (1992) - Italiya farmakologi, Nobel mukofoti sohibi (1957).
- 1908 - Anatoliy Lyapidevskiy - Sovet uchuvchisi, aviatsiyaning general-mayori, Sovet Ittifoqining birinchi Qahramoni
- 1910 - Akira Kurosava (1998) - yaponiyalik rejissyor, ssenariynavis, prodyuser.
- 1923 - Xassler Uitni (1989) - amerikalik matematik, Singularlik (oʻzgachalik) nazariyasi asoschilaridan biri.
- 1915 - Vasiliy Zaytsev (1991) - Stalingrad fronti 62-armiyasi mergani, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
- 1941 - Mukambar Rahimova - aktrisa, rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (2002).
- 1970 - Janni Infantino - Shveysariyalik sport va futbol mutaxassisi, 2016-yilning 26-fevralidan FIFAning 9-Prezidenti. Asl kasbi huquqshunoslik.
Sara kitoblar kanalidan olindi
- 1977 - Maksim Marinin - rossiyalik figurali uchish ustasi (juftlik uchish), Olimpiya chempioni (2006), ikki karra jahon chempioni, 5 karra Yevropa chempioni.
- 1978 - Nikol Tom - amerikalik kino va teatr aktrisasi.
- 1983 - Ser Mo Farah - asli somalilik britaniyalik uzoq masofaga yuguruvchi, 4 karra Olimpiya chempioni.
- 1985 - Maryana Spivak - rossiyalik kino, teatr va dublyaj aktrisasi, rejissyor.
- 1988 - Jeyson Kenni - britaniyalik velosportchi, 7 karra Olimpiada chempioni
- 1995 - Ester Ledecka - chexiyalik snoubordchi va tog' chang'isichi, ikki karra Olimpiya chempioni (2018).

BIZ BILAN QOLING!
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Faxrimiz

🌐 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6-sinf o'quvchisi Shavkatov Amirbek Ilhom o‘g‘li viloyatdagi umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida Yangibozor tumanida o'tkazilgan "Viloyat hokimi olimpiadasi" da faol ishtirok etib faxrli 2- o'rinni egalladi va 4 000 000 so'm pul mablag'i bilan taqdirlandi.      

Amirbekning ustozlari: Oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi Nazarov Jamshid Bahromovich va fidoyi pedagog Bobojonova Durposhsha Rustam qizi
                                                       
O'quvchimizni ushbu yutug'i bilan maktab jamoasi nomidan  chin qalbimizdan tabriklaymiz .                                                      
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
🌐 Telegram  |   Facebook
Assalomu alaykum!

Bugun 25-mart, Shanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog'liq bo'lgan voqealarni siz bilan bo'lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro qullik va qul savdosi qurbonlarini xotirlash kuni
🌏 Sloveniyada onalar kuni
🌏 Gretsiyada mustaqillik kuni
🌏 Eronda yoshlar kuni

🪩 VOQEALAR:

🔹 1655-yil — Kristian Hugens Saturnning yoʻldoshi — Titanni kashf qildi.
🔹 1843-yil — Londonda Temza ostida qurilgan piyodalar tunneli ochildi.
🔹 2002-yil — Epilepsiya geni topildi.
🔹 2003-yil — Fyodor Konyuxov ko‘p qirrali kemalar bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.

🎉 TAVALLUDLAR:

1538-yil — Kristofer Klaviy — Gregoriyan kalendari ishlab chiqqan nemis matematigi va astronomi.
1867-yil — Jon Gutzon Borglum — amerikalik haykaltarosh va me’mor, Rushmor yodgorligi muallifi.
1910-yil — Magda Olivero — italiyalik opera qoʻshiqchisi (soprano), tarixdagi eng uzoq karyeraga ega xonanda.
1926-yil — Laslo Papp — vengriyalik bokschi, boks tarixidagi birinchi uch karra Olimpiya chempioni.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
❗️❗️❗️ ❗️❗️❗️ Barcha Xorazm ahlini mutlaqa bepul bo’lgan konsert dasturiga chorlaymiz!

Ertaga 26-mart kuni soat 11:00da, Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi majmuasi oldida O’zbekiston xalq artislari Og’abek Sobirov, Ozodbek Nazarbekov hamda elimiz sevgan yosh san’atkorlar Jahongir Foziljanov, Bunyodbek Saidov va Anvar Sobirovlar ishtirokida katta konsert dasturi bo’lib o’tadi. Bundan tashqari viloyatimizdagi eng ko’zga ko’ringan hush ovoz san’atkorlarimiz ham ishtirok etishadi.

Eslatib o’tamiz konsert dasturi mutlaqa BEPUL!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 26-mart, Yakshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog'liq bo'lgan voqealarni siz bilan bo'lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:

👩‍⚕️ Xalqaro epilepsiyaga chalinganlar kuni
🕺 Vyetnamda yoshlar kuni
🎇 Bangladeshda mustaqillik kuni
📣 Malida demokratiya kuni

🌎 VOQEALAR:

1845-yil — AQShda tibbiy plaster patentlandi.
1973-yil — London fond birjasi zaliga birinchi ayollar qabul qilindi.
1995-yil — Yevropaning besh davlatida Shengen kelishuvi kuchga kirdi.

TAVALLUDLAR:

1698-yil — Prokop Divis — chexiyalik ilohiyotshunos va olim, chaqmoqdan himoyalovchi qurilma ixtirochisi.
1849-yil — Armand Pejo — fransiyalik avtomobil ishlab chiqaruvchisi, “Peugeot” asoschisi.
1874-yil — Robert Frost — amerikalik shoir, “Pulitser” mukofotining toʻrt karra sohibi.
1875-yil — Li Sin Man — siyosatchi, davlat arbobi va Koreya Respublikasining birinchi prezidenti.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Buyuk allomalar izidan” respublika fan olimpiadasida qatnashing!

📣📣Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan Buyuk allomalar izidan nomli fizika va kimyo fanlaridan olimpiada o‘tkazilmoqda.

☑️ Olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

2️⃣ Olimpiada saralash va final bosqichlaridan iborat. Har bir fan bo‘yicha final bosqichida g‘olib bo‘lgan bir nafardan mutloq g‘oliblarga 20 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

Shuningdek, eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafardan sovrindorlar 2 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

🗓 Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

👉Batafsil

#olimpiada #buyuk_allomalar_izidan #fizika #kimyo

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣DIQQAT

❗️SOVRIN JAMG‘ARMASI 1 MILLIARD SO‘M BO‘LGAN FAN OLIMPIADASIDA QATNASHING

🔴 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan "Buyuk allomalar izidan" nomli fizika va kimyo fanlaridan olimpiada o‘tkazilmoqda.

⚡️ Olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin.

👆 Olimpiada saralash va final bosqichlaridan iborat.

🏆 Mukofotlar:

🔹 Har bir fan bo‘yicha mutloq g‘olib bo'lgan bir nafardan ishtirokchiga 20 million so‘mdan pul mukofoti hamda “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

🫥 Shuningdek, har bir fan bo'yicha eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafardan sovrindorga 2 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!

📝 Ro‘yxatdan o‘tish

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Qushlarni_asraylik

❗️Tabiat resurslari vazirligi 1-aprel — "Xalqaro qushlar kuni" munosabati bilan ''Qushlarni asraylik'' Respublika tanlovini e'lon qildi.

⚡️ 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan ushbu tanlov shartlari juda ham oddiy. Shinam va chiroyli qush uyasini yasang hamda g'olib bo'ling. Ishtirok etish uchun @uzecoilm_bot orqali ro'yxatdan o'ting.

📝 Ro'yxatdan o'tish 30-mart kuni yakunlanadi. Tanlov 1-aprel kuni Respublikamizning barcha hududlaridagi istirohat bog'lari va jamoat parklarida o'tkaziladi. Toshkent shahri bosqichi Botanika bog'ida bo'lib o'tadi.

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
+998996339942 va https://teletype.in/@uzecoilm/qushlarkuni

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Referendum

“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki”

📒 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Sh.Qo'chqorov Konstitutsiyaviy islohotlar mamlakat hayotining barcha jabhalarida kechayotgan tub o‘zgarishlarning uzviy qismi bo‘lib, ularning mustahkam huquqiy asosini yaratish, inson shaʼni va qadr-qimmatini qonun darajasida taʼminlash muhim hodisa ekanligini alohida taʼkidladi.

Davra suhbati davomida Huquq fani o'qituvchisi U.Qariyev Qonun loyihasiga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, ayniqsa yangilanayotgan konstitutsiyada yoshlarga, taʼlimga berilayotgan eʼtibor va ajratilgan boblar haqida alohida toʼxtalib oʼtildi.

Referendum jarayonlarida barcha faol ishtirok etishi lozimligi taʼkidlandi.

🌐 Telegram | Facebook