Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal
4.24K subscribers
9.75K photos
3.32K videos
1 file
6.42K links
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz

Telegramda 👉https://bit.ly/3bc0rpc
Facebookda 👉https://bit.ly/3YY3wfD
Youtubeda 👉 https://bit.ly/3mZwiMu
Instagramda 👉 https://bit.ly/3Qxjt9N
OK 👉 https://ok.ru/profile/586847883184
VK 👉 http
Download Telegram
Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burch!

Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB PPX
saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan "Dolzarb 50 kun" profilaktik tadbiri doirasida ko‘cha va jamoat joylarida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, hududlarda faoliyat olib boruvchi korxona, tashkilot va o‘quv muassasalari qorovullarining tungi xizmat faoliyati o‘rganilib, hamkorlikdagi ishlar qizg‘in davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga, ko‘cha va jamoat joylarida ayni sovuq va noqulay ob-havo kunlarida ijtimoiy himoya yoki ko‘makka muhtoj bo‘lgan aholiga kunu-tun alohida eʼtibor qaratilib, amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
———
Сирдарё вилояти Ички ишлар бошқармасида вилоят ҳуқуқни муҳофаза қилувчи орган вакиллари иштирокида йиғилиш бўлиб ўтди.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok
Asosiy maqsad — yo‘llarda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash!

Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB masʼul xodimlari tomonidan hududlar bo‘ylab yo‘llarda haydovchi va piyodalar xavfsizligini taʼminlashga doir bir qator profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Guliston shahridagi 11-sonli umumta’lim maktabida yoʻllarda bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan targʻibot uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda oʻquvchilarning ota-onalari va oʻqituvchilar ishtirok etdi. Unda yosh avlod xavfsizligiga avvalo oiladagi tarbiya, kattalar o‘rnagi muhimligi va bu borada ota-onalar alohida masʼuliyatli bo‘lishi taʼkidlandi. Jarayonda harakat xavfsizligi bilan bogʻliq qonunchilikdagi oʻzgarish va yangiliklar, piyodalarga oid tartiblar batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, Mirzaobod tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida "Yo‘l harakati intizomi — bolalikdan boshlanadi" shiori ostidagi navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilib, o‘quvchi yoshlarga yo‘l harakat xavfsizligi qoidalari bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, yo‘l posbonlari tomonidan viloyat boʻylab shahar va tumanlar markazlarida bayram tadbirlari oʻtkaziladigan hududlardagi yoʻllarda tegishli toʻsiq hamda yoʻl belgilari oʻrnatilib, yotiq yoʻl chiziqlarini yangilash ishlari qizg‘in bajarilmoqda. Bu kabi chora-tadbirlardan piyodalar xavfsizligi hamda haydovchilarning tartib bilan harakatlanishini ta’minlash maqsad qilingan.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok